O'zbek oilasining tashqaridan sezilmaydigan o'ziga xos ichki qonun qoidalari, axloqiy mezonlari bor. Oila odobiga ko'ra katta yoshlilar bolalarga, balog'atga yetgan farzandlar, kelinlar kattalarga ochiq-sochiq holda ko'rinmaydilar, hayosiz so'zlarni aytmaydilar, bachkana qiliq qilmaydilar, o‘zaro munosabatda sizlab gapiradilar. Sensirash esa hurmatsizlik belgisi hisoblanadi. Ammo oxirgi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda farzandlar ota-onasiga hurmatsizliklari, yosh yigit-qizlarning behayo qiliqlari, ochiq-sochiq kiyimdagi holatlari kuzatilmoqda. Bularning otasi, aka-ukasi, amaki-yu tog‘alari yo‘qmikan deb o'ylab qolasan.
Zayd ibn Aslam (roziyallohu anhu) Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning: "Rashk iymondandir, oilasidagi fahsh - yomon ishlarga rozi bo'lish esa, munofiqlik alomatidir", deganlarini rivoyat qilganlar.
Abdulloh ibn Mas`ud (roziyallohu anhu) deydilar: "Kishining malomatga loyiq eng yomon sifati - rashkchi bo'lmaganidir. Birortangizning onasi yoki ayoli bozor va majlislarda odamlar ko'p to'plangan joyga chiqishidan uyalmaydimi?"
Rashk - nima u? Rashk qilish qanday bo'ladi? Oxirgi vaqtlarda biz bu tushunchaning asl mohiyatiga bee`tibor bo'lib qolmadikmi? Sa'd ibn Uboda (roziyallohu anhu)ning: "Agar biror kishini xotinim bilan fahsh ishlarda birga ko'rsam, qilich bilan boshini kesib tashlar edim", degan gapiPayg'ambar sollallohu alayhi vasallamga yetganida: "Sa'dning rashkidan ajablanayapsizlarmi? Allohga qasamki, men undanda rashkchiroqman, Alloh taolo esa, mendanda rashkchiroqdir. Shuning uchun ham U zot fahsh ishlarni harom qilgan. Alloh taolodan ko'ra uzrni yaxshi ko'radigan biror zot yo'q, shu sababdan ogohlantiruvchi, xushxabar beruvchilarni ya`ni payg'ambarlarni yubordi. Alloh taolodan ko'ra maqtovni yaxshi ko'radigan biror kishi yo'q, shuning uchun ham jannatni va'da qildi", deganlarini eslang.
Alloh taolo Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga :"Ey Nabiy, juftlaringga, qizlaringga va mo'minlarning ayollariga ayting: jilboblarini* o'zlariga yaqin qilsinlar. Ana o'sha ularning tanilmoqlari va ozorga uchramasliklari uchun yaqinroqdir. Alloh o'ta mag'firatli va rahmli zotdir." (Ahzob surasi. 59-oyat) deya marhamat qiladi.
Ushbu oyatda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamgaavvalo o'z juftlari va qizlariga so'ngra mo'mina ayollarga begonalardan o'zlarini yashirishni amr qilishlik buyurilmoqda.Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning zavjai mutohharolari va qizlarining sharaflari ulug' bo'lgani uchun bu ishni hammadan oldin o'zlari boshlab berdilar. Shunga ko'ra har bir kishi o'z ahli ayoli, qizlari, opa-singillariga etiborli bo'lishi, ularni har qanday malomatlar-u begonalardan himoya qilishi, qizg'onishi lozim bo‘ladi.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu): "Menga ayollaringizning ba'zi bir hojatlari uchun bozorga chiqayotganlarining xabari yetib keldi. Rashkchi bo'lmagan kishini Alloh yomon ko'radi" – deb aytganlar.
Faqih Abu Lays Samarqandiy (rahmatullohi alayh): "Mo'min kishi rashkchi bo'lishi kerak. Biror erkak yoki biror ayolning fahsh ishlarini bilsa, hech rozi bo'lmasin. Agar qodir bo'lsa, qo'li bilan qaytarsin, bo'lmasa, tili bilan. Hech bo'lmasa, qalbi bilan yomon ko'rsin " -deganlar.
Hozirgi kunda yer yuzida 7 milliarddan ortiq aholi yashasa, shundan yarmidan ortig'i xotin-qizlardir. Demak ayollarerkaklardan anchagina ko'p. Millatning davomiyligi uchun mas'ul zot bo'lmish ayollarning ma'naviy qiyofasi qaysi tomonga qarab o'zgarmoqda - bu hayot mamot masalasidir. Ma'naviyatsiz esa moddiy farovonlikka ham, umumtaraqqiyotga ham erishib bo'lmaydi. Ma'naviy qashshoqlik, hayosizlikmilliy tanazzulga olib boradi. Nopok ayoldan solih farzand dunyoga kelmaydi. Umuman bunday ayolni "Ona" deya sharaflab bo'lmaydi.Xotin - qizlarning or-nomusini himoya qilish, ularni qizg'onib, asrash lozim, zeroki bu - iymondandir.
Ularga sof Islom dini va undagi ayollarning jamiyatdagi o'rnini eslatishimiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning "Jannat - Onalar oyog'i ostida " - degan hadislariga munosibyosh avlodni chiroyli tarbiyalab, voyaga yetkazadigan ayollarni ko’paytirishimiz har birimizning burchimizdir. Alloh taolo barchamizni o'z hidoyatidan adashtirmasin.
*Jilbob- ustdan kiyiladigan yoki yopiladigan keng kuylak yoki libosdir. Moʻmina ayolni boshqa ayollardan ajratib turadigan bu kiyim turli musulmon oʻlkalarda turlicha boʻlgan. Lekin hammasi ham moʻmina ayolni yomon koʻzdan saqlash, uni boshqa ayollardan ajratish kabi vazifalarni ado etgan. (Tafsir Hiloldan).
Mir Arab oliy madrasasi 4 kurs talabasi
QURBONOV XAYRULLA
