BIR OYAT TAFSIRI
Muallif: . .
Sana: 14.02.2022
559

بسم الله الرحمن الرحيم

Muhammad Ali Sobuniyning “Sofvatut tafosir” asarlarida kelgan bir oyat tafsirining tarjimasi

قال الله تعالى:

لَّقَدۡ كَانَ لَكُمۡ فِي رَسُولِ ٱللَّهِ أُسۡوَةٌ حَسَنَةٞ لِّمَن كَانَ يَرۡجُواْ ٱللَّهَ وَٱلۡيَوۡمَ ٱلۡأٓخِرَ وَذَكَرَ ٱللَّهَ كَثِيرٗا

Batahqiq, sizlar uchun–Allohdan va oxirat kunidan umidvor bo'lganlar uchun va Allohni ko'p zikr qilganlar uchun Rasulullohda go'zal o'rnak bor edi.

(Ahzob surasi 21 oyat)

Sofvatut tafosir:

اللغة: الأسوة : القدوة وفيها لغتان كسر الهمزة وضمها يقال انتسى فلان بفلان أي اقتدى به

الأسوة (Usva) : O’rnak, peshqadam. Ikki xil oq’ilishi mumkin: Isva yoki Usva. Lug’atda aytiladi: انتسى فلان بفلان أي اقتدى به falonchi falonchiga ergashdi.

[ لقد كان لكم في رسول الله أسوة حسنة ] أي لقد كان لكم أيها المؤمنون في هذا الرسول العظيم قدوة حسنة ، تقتدون بهفى إخلاصه ، وجهاده ، وصبره ، فهو المثل الأعلى الذي يجب أن يقتدى به ، في جميع أقواله ، وأفعاله ، وأحواله ، لأنه لا ينطق ولا يفعل عن هوى ، بل عن وحي وتنزيل ، فلذلك وجب عليكم تتبع نهجه ، وسلوك طريقه


Batahqiq sizlar uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamda go’zal o’rnak bor.

Ya’ni sizlarga, ey mo’minlar buyuk Rasulga ixlosiga, sabriga, Allohning roziligi uchun qilayotgan jiddu jahdiga ergashishingiz kerak bo’lgango’zal o’rnak bor. U Muhammad sollallohu alayhi vasallamning barcha so’zlari, ishlari va holatlari ergashilishi kerak bo’lgan buyuk namunadir. Chunki, Muhammad sollallohu alayhi vasallam havodan olib gapirmaydi, havoyi nafsiga ergashib biror ish qilmaydi. Balki, biz nozil qilgan narsa va vahiydan olib gapiradi. Shuning sizlarga uning yo’liga ergashishingiz lozimdir.

[ لمن كان يرجوا الله واليوم الآخر ] أي لمن كان مؤمنا مخلصا ، يرجو ثواب الله ، ويخاف عقابه

Sizlardan Allohga va oxirat kuniga ishonganlar uchun.

Ya’ni, sizlardan xolis ishonganlar, Allohning mag’firatidan umid qilgan va uning azobidan qo’rqganlar uchun.

[ وذكر الله كثيرا ] أي وأكثر من ذكر ربه ، بلسانه وقلبه

Va Allohni ko’p eslaydiganlar (uchun).

Ya’ni, Robbisini tili va qalbi bilan ko’p eslaganlar uchun.

Ushbu oyatlarni qilgan tafsirlaridan ko’rinib turibdiki Muhammad Ali Sobuniy tafsir yozishda avvalo o’zlaridan oldin o’tgan buyuk mufassirlarning asarlaridan foydalanib, hozirgi zamonga mos qilib juda yengil uslubda ta’lif etganlar. Tafsir qilishdan oldin o’sha oyatdagi ba’zi lug’atlarga izoh berib, so’ng sababi nuzuliga kirishganlar. Keyin o’quvchiga osonroq bo’lsin deb, oyatdagi har bir gapni alohida-alohidatafsir qilganlar.

Mir Arab oliy madrasasi 4 kurs talabasi

MUHSINOV ABDULMAJID

. .