Odob – millat ko'rki
Muallif: . .
Sana: 13.01.2018
66847

Inson odobininig eng muhim ko'rinishlaridan biri bu ilmni hurmat qilishidir, ilmni hurmat qilgan kishi esa, albatta, ustozini hurmat qiladi. Odob-boylik, uni hayotda qo'llash-komillikdir. Chiroyli odob, kishi xulqi insonga berilgan eng katta ne'matlardan biridir. Chiroyli odobga ega bo'lgan odam o'sha xulqidan ishlata bilishi, ya'ni odamlar bilan yaxshi muomala qilishi, ochiq ko'ngil, mehribon o'z navbatida, aqlli, uddaburon bo'lishi va boshqa sifatlarni ko'rsata bilishi komillik, yetuklik belgisi hisoblanadi.

"Sizlar odamlarni mol-dunyolaringiz bilan mamnun qila olmaysizlar, balki ochiq yuz va yaxshi xulqlaringiz bilan minnatdor qilishlaringiz mumkin", deyiladi hadisda. Zero, ilmni va ilm ahlini hurmat qilish odobli kishilarning fazilatlaridandir. Shu bilan birga bir-biriga nisbatan yaxshi muomalada bo'lmoq, har qanday holatda ham o'zini tuta bilmoq, o'zgalarni ham o'zidek ho'rmat qilmoq inson odobininig asoslari hisoblanadi.

Rizoiddin ibn Faxriddin "Ahli ayol" kitobida yozadi: "Odam bolasining bahosi, qadru hurmati axloqiga qarab bilunur. Go'zal axloqli kimsalar eng mo'tabar bo'lib, axloqsizlar esa xalq qoshida qadrsiz bo'lurlar. Odam bolasinining yosh chog'ida o'rgangan odobi qabriga qadar birga yo'ldosh bo'lib boradir. Shuning uchun go'zal axloqni yosh vaqtida o'rgatish kerak. Go'zal axloq har bir kishi uchun ham zarur, biroq? qizlar uchun ko'proq zarurdir. Axloqsiz qizlar xalq orasida yaxshi ism chiqara olmaslar, e'tiborlari ham bo'lmas. Go'zal xulqlarning onasi hayo ila iffatdir. Bir qizda agar hayo ila iffat bo'lsa, unda barcha yaxshi xulqlar jam bo'ladi".

Abdulloh ibn Umar raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh s.a.v ansorlari oldidan o'tayotgan edilar, bir ansoriy birodariga uyalishdan qaytarib nasihat qilib turgan edi. (Ya'ni juda qattiq hayoli bo'lma! O'zingga qiyin bo'ladi, deb). Rasululloh s.a.v "Buni o'z holiga qo'ygin. Chunki hayo iymondandir", dedilar. (Imom Buxoriy Muslim rivoyatlar, "Riyozus solihin").

Umar ibn Xattob (r.a): "Avval odob, so'ng ta'lim beringlar", dedilar. Abu Abdulloh Balxiy: "Nafsning odobi ilmning odobidan ko'proq, ilmning odobi ilmninig o'zidan kattaroq", deganlar. Abdulloh ibn Muborak aytadilar: "Agar menga, bir kishida avvalgilaru oxirgilarninig ilmi bor, deb sifatlashsayu, unda odob bo'lmasa, u bilan uchrashmaganimga afsuslanmayman, agar bir kishi haqida nafs odobi bor deb eshitsam, unga yo'liqishni orzu qilaman, uchrashmasam afsuslanaman". ("Bo'stonul orifin", Abu Lays Samarqandiy). Ibn Sino inson hayo to'g'risida shunday degan: "Insonda doim turadurg'on husn ila latofat hayo ila ibodur. Hayosiz yuz jonsiz jasad kabidir". Abu Nasr Farobiy esa inson o'zining yaxshi odobi bilan baxt-saodatga erishishi mumkin, deydi. O'tgan asrimizning yirik ma'rifatparvarlaridan bo'lmish Abdulla Avloniy inson barkamolligi uning aqli, jismoniy sog'lomligida hamda odob va xush xulqida, deb biladi. Abdulla Avloniy axloq – bu xulqlar majmuasidir, ammo yaxshi xulq o'z o’zidan paydo bo'lmaydi. Uning shakllanishi uchun ma'lum bir sharoit, tarbiya kerakligini aytadi. Tarbiyaninig bola kamolоtida tutgan o'rni to'g'risida shunday deydi.

Temirchining bolasi tarbiya topsa bo'lar olim,

Buzilsa xulqi, Luqmon o'g'li bo'lsa ham, bo'lg'usi zolim!

Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, odob – millatimiz ko'rki, hayotimizninig mag'zidir, degan xulosaga kelish mumkin.

Boboqulov Imomiddin,

Mir Arab oliy madrasasi 1-kurs talabasi
. .