FITNALARDAN OGOH BO’LAYLIK!
Muallif: . .
Sana: 21.06.2022
29

Alloh taolo Hujurot surasida marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar, agar bir fosiq sizlarga bir xabar keltirsa, aniqlab olinglar…”.


Darhaqiqat, ushbu oyati karima orqali Alloh taolo bandalar orasida

fitna-fasod tarqatmoqchi bo’lganlarning ishini kesish yo’lini ko’rsatadi.


Fitna tarqatadiganlarga esa qattiq azoblar borligining va’dasini berdi. Chunki, fitna jamiyat osoyishtaligiga katta xafvdir. Fitna sababli sodir bo’lgan voqealarni esa tarix mahzunlik bilan eslaydi. Hozirgi kunda ham fitna tarqalgan joylarning ahvoli kishining qalbini og’ritadi.


Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlarning keng tarqalganli jamiyatning xizmatini qilish bilan bir qatorda fitnachilar uchun ham yaxshigina xizmat vazifasini bajarmoqda. Oxirgi paytda yuqorida zikr qilingan oyati karimaga amal qilish jamiyat uchun qanchalik zarurligini yaxshigina anglandi. Shuning uchun bir xabarni eshitgandan so’ng uni yaxshilab tekshirish kerak. Bu - ilohiy ko’rsatma.


Kishi har bir eshitganini gapiraverishi yolg’onchiligiga kifoyadir. Yolg’onchilardan bo’lib qolmaylik. Jamiyatning parokanda bo’lishiga sabab bo’ladigan fitnalarning tarqalishiga sababchi bo’lmaylik.


Alloh taolo yurtimizni O’z panohida asrasin.


RAHMONQUL ALIQULOV


Mir Arab oliy madrasasi mudarrisi




. .