OILA VA UNING MUSTAHKAMLIGI
Muallif: . .
Sana: 18.02.2022
5994

Oila deb qon-qarindoshlik nikoh orqali yoki birga istiqomat qilish orqali bog’langan odamlardan iborat ijtimiy guruhdir. Oila- nikoh yoki tug’ilganlikka asoslangan kichik guruhdir. Uning a’zolari ro’zg’orining birligi, o’zaro yordami va ma’naviy mas’uliyati bilan bir-biriga bog’langan. Oilaviy munosabatlar nisbatan mustaqil hodisa sanalsada, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy munosabatlar belgilanadi va ular ta’sirida o’zgarib boradi. Shunga muvofiq, har bir jamiyat ozgarib mos oilaviy munosabatlarni o’rnatadi. Oila jamiyat tarixida azaldan mavjud bo’lmagan. Ibtidoiy jamoa tuzumining birinchi bosqichida, kishilar to’da-to’da bo’lib yashayotgan davrda jinslar orasidagi munosabatlar muayyan tartib qoidaga ega bo’lmay to’dadagi barcha erkaklar va ayollar bir-birlarga umumiy er-xotin hisoblangan. Tarixiy taraqqiyot jarayonida jinsiy munosabatlar asta sekin muayyan tartibga solinina boshlandi. Dastlab ota-ona bilan farzandlar, so’ngra aka-uka va opa-singillar orasidagi munosabatlar ta’qiqlanib guruhli oila paydo bo’lgan. O’zbekistonning davlat mustaqilligi tufayli xalqimizning azaliy milliy urf-odat va marosimlari qaytadan tiklana boshlandi. Bu udumlar oilani mustahkamlashda muhim orin egallaydi. O’zbekiston hukumati oila masalalariga davlat siyosati darajasida bajarilishi lozim bo’lgan ustuvor vazifa sifatidda qaraydi. Oila institutini mustahkamlash sohasidagi ilmiy tadqiqotlar ixtisosligi tor, hozirgi hayot voqealigidan uzilib qolgan, ilmiy tadqiqotlar natijalari amaliyotga sust joriy etilmoqda. Oilaning demografik rivojlanishida o’zgarishlar yuz bermoqda. Oila ajralishlari soni ortmoqda, mazkur sohada salbiy tendensiyalar va muammolar sabablarini asoslovchi tadqiqotlar yetishmayapti. Shu munosabat bilan O’zbekiston Respublikasida oila institutini mustahkamlash konsepsiyasini muvaffaqiyatli amalga oshirish orqali, birinchi navbatda ,,Farovon oila- jamiyat ravnaqining asosi’’ konseptual g’oyani hayotga tatbiq etishga qaratilgan yangi oila modelini shakllantirishning alohida mohiyatini hisobga olgan holda, davlat siyosatining ustuvor yonalishlari va vazifalari belgilab qoyilgan. Bunda amaliy va innovatsion tadqiqotlar natijalari asosida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda oilalardagi nizolar va ajralishlarning oldini olish bo’yicha ta’lim tizimini takomillashtirish. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, ajrashishlarning oldini olish sohasida, shuningdek jamiyatda tinchlik va barqarorlikni saqlashda, mustahkam oilalarni shakllantirishda sog’lom farzandlar tugʻilishida sog’lom turmush tarziga amal qilishda kerakli natijalarga erishish. Oila mustahkamligini ta'minlashga doir bir qancha markazlar tashkil etilgan bo’lib, ,,Oila’’ ilmiy-amaliy markazi bulardan biridir. Markazning asosiy vazifasi esa O’zbekiston oilalarini mustahkamlash Oʻzbekiston oilalarini mustahkamlash yagona g’oyasi atrofida birlashtirish, bu borada samarali davlat siyosatini yuritish, mamlakatda faqat sog’lom oila sog’lom jamiyat ustuni bo’lishi to’g’risidagi tushunchasini aholi ongiga singdirishdan iborat. Shu borada ta’kidlash joizki, 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi yig’ilishining bayoni bilan oilalar mustahkamligini ta'minlash, oilaning farzand tarbiyasi borasidagi mas’uliyatini oshirish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash, jamiyatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda, saqlashda oilaning tutgan o’rnini targ’ib qilish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilindi. Aytish joizki, barcha oilalar zo’ravonlikdan holi emas albatta, bu borada ham 24-noyabr dunyo bo’ylab ayollarga qarshi zo’ravonlikka barham berish kuni nishonlanadi. Oilada zo’ravonlik tushunchasi o’zbek tiliga huquqiy istiloh sifatida endi kirib kelayotgan yangi atama hisoblanadi. muammoning o’zi xalqimizga qadimdan tanish desak xato bo’lmaydi. U patriarxal tushuncha asosida jamiyat hayotiga va ayrim insonlar ongiga chuqur singib ketgan yashirin illatlardan hisoblanadi. Erkaklarning ayollardan ustun ekani haqidagi nosog’lom tushuncha asosiga qurilgan nuqtai nazarga ko’ra, xotin kishi har doim o’zini eridan past ko’rishi kerak hamda er kishining so’zini ikki qilmay, ursa ham, so’ksa ham jim boshini egib o’tirishi kerak. Bunday qarashlar hatto ayrimlarning hayot aqidasiga aylangan. Xotinini urmagan er erkakmi degan maqolning ham keng tarqalgani ham shundan. Oiladagi zo’ravonlik bu er-xotin yoki boshqa yaqin munosabatdagi kishilardan birining ikkinchisiga nisbatan jismoniy, ruhiy, jinsiy yoki moliyaviy zo’ravonlik ko’rsatishidir. Odatda bu zoravonlik ostida bir tomonning oiladagi boshqa a’zolar hayoti ustidan nazoratni ushlab turishga bo’lgan intilishi yotadi. Oilaviy zo’ravonlik qurboni ko’pchilik hollarda ayol kishi yoki bolalar bo’ladi. Ammo erkaklar hamda qariyalar orasida ham jabrlanuvchilar yo’q emas. Har bir inson ahil, urush-janjalsiz, araz va ginalarsiz oilani orzu qiladi. Biroq yer yuzida bunday oilalar judaham kam. Qadimdan xalqimizda ,,Er-xotinning urushi-doka romol qurishi’’ degan naql bor. Albatta bu bejizga aytilmagan. Mutaxassislar oila mustahkamligini buzishga olib keluvchi mojarolar muammolarni o’rganib, oilada 7 ta muammo tufayli nizolar va kelishmovchiliklar kelib chiqishini aniqladi. Albatta, muammoga asos bolishi mumkin bo’lgan sabablar ko’p. Ammo oilani buzishga arzimaydigan va katta mojaroga aylanib ketishiga yo’l qoyish lozim bolmagan 7 ta sabab bor. Bular;
1. Pul
2. Jinsiy hayot
3. Uy ishlari
4. Farzandlar
5. Vaqtni birga o’tkizish
6. G’ashni keltiruvchi odatlar
7. Stress.
Oilashunos olimlar tomonidan tadqiq etilgan ana shu 7omil oila buzilishiga olib keladi. Shunday ekan oila mustahkamligini oshirish borasida chora tadbirlar olib borilmoqda. Bulardan huquqbuzarlik, jinoyatchilik, oiladagi mojarolar va zo’ravonliklar oilalar ajrashishi hamda ularning ijtimoiy oqibatlarini kompleks tadqiq etish asosida ularning ularning oldini olish boyicha chora tadbirlar ishlab chiqish. Oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holatini ifodalovchi hamda ularning hayoti va faoliyatining asosiy tendensiyalarini aks ettiruvchi statistika ko’rsatkichlari tizimini takomillashtirish. Yosh avlodda ma’naviy-axloqiy, odob qadriyatlarini va ota-onaga hamda katta yoshdagi insonlarga hurmatni shakllantirish, oilaning tarbiyaviy va madaniy-ilmiy salohiyatini oshirirish. Oilaning birdamligini mustahkamlashga, oilada avlodlar o’rtasidagi o’zaro aloqani saqlash va qo’llab quvvatlashga qaratilgan oilaviy an’analarni rivojlantirishdir. Oila mustahkam qo’rg’on bo’lishi uchun oila a’zolarining barchasi birdek harakat qilinishi lozimdir. Oila bu muqaddas dargohdir. Uni asrab - avaylash har bir ongli insonning muqaddas burchidir.

Alloh taolo Qur’oni Karim orqali bandalarining hayotini nizomga, tartibga solib qo’ygan. Buning yo’l-yo’rig’ini ko’rsatish uchun muallim qilib Payg’ambar alayhissalomni yuborgan. Islomda oila ibodat darajasiga ko’tarilgan. Ibn Obidin rahmatullohi alayhi yozadilar: “Dunyoda ham, oxiratda ham inson bilan davom etadigan ikkita robita bor. Birinchisi – inson qalbidagi iymoni. Iymon salomat bo’lsa, bu dunyoda ham jannatda ham birga bo’ladi. Ikkinchisi- o’zining halol-pok oilasi. Bandaning bu dunyodagi halol-pok oilaviy hayoti jannatlarda ham davom etadi. Qolgan barcha narsasi joy-joyida qoladi”. Dinimizda, har bir jamiyat, tashkilot va korxonaning rahbari bor. U bo’lmasa, o’sha jamiyatning tartibi, faoliyati, intizomi bo’lmaydi. Shuningdek, oilaning ta’minoti masalasida ham Alloh subhanahu taolo O’z Kalomida ko’rsatma qilib, “Oilada erkaklar ayollarga rahbardirlar”, deydi. Rasuli akram alayhissalomning bir muborak hadislari bor: “Agar kim uylansa, yaxshi niyat bilan oila qursa, uning dinining yarmi mukammal bo’ldi, qolgan yarmida Allohga taqvo qilsin, Allohdan qo’rqsin”, deya marhamat qilganlar. Shu oilani yuritishda er va ayolning vazifalari, majburiyatlari, burch va huquqlari mavjud. Er va ayol bularni to’liq anglab yetishi va bilishi kerak. Qachon mo’min-musulmon banda Allohning shariatida ko’rsatgan odoblari, qoidalar va hadlariga amal qilsa, shunda oila mustahkam bo’ladi.

Ko’rinib turibdiki, oila mustahkamligi yo’lidagi ham diniy, ham dunyoviy qarashlar bir-biriga uyg’un, chambarchas bog’liq. Oila mustahkamligini saqlash esa, har bir shaxsning o’z qarashiga bog’liqdir.

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

ABDUNAZAROV BAXTIYOR

. .