Har bir nihol katta daraxt bo'lib yetishishi uchun bir bog’bon kerak bo’lganidek, har bir insonni ham kamolotga erishishligi uchun bir ustoz lozim bo’ladi. Bu mavzu bugungi kundagi eng muhim mavzulardan biridir. Atrofimizga qaraydigan bo’lsak bugungi kundagi ko’pchilik yoshlar o'zlariga internetni ustoz, ilm olish mabai sifatida ko’rmoqda.
Bugungi hayotimizni internetsiz, zamonaviy texnalogiyalarsiz tasavvur qilish mumkin emas. Bulardan voz kechishni ham ilojisi yo’q. Bu gapim bilan internetni yomonlamoqchi emasman, balki undan tog’ri foydalanish,uni ilim olish vositasi sifatida ko’rish lozimligi haqida aytmoqchiman xolos. Bugungi kunda internet sahifalarida o’zlarini shayx deb elon qilgan bazi bir kishilar paydo bo’lib qoldi...
Albatta bu ilim nurdir, qalbdan qalbga ko'chadi. Ilm olishning asosiy sharti ham ustoz bilan yuzma yuz tahsil olishdir. Tarixga nazar tashlaydigan bo’lsak, har bir ahli ilim ham bir ustozni mahkam tutib dars olgan. Imom Abu Hanifa ustozlari Hammod ibn Abu Sulaymonni 15 yildan ziyod ilim olish uchun lozim tutganlar. Bunga yana bir yaqqol misol, Abu Huroyra (r.a) bo'lib o’zlari haqida shunday deydilar: muhojir sahobalar o’zlariga bozorlarni lozim tutganlarida, ansoriy sahobalar dehqonchiliklari bilan mashg’ul bo’lganlarida , men och yupun bo’lgan holimda Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni oldilarida hadis o'rgandim. Mana shuning uchun ham Abu Huroyra (r.a) eng ko’p hadis rivoyat qilgan sahoba sifatida tillarda doston bo’lib kelmoqda.
Bu soxta shayxlardan ustozlari haqida so’rasangiz hech bir tayinli ustozni ko’rsata olmaydi. Ularning ham o'zlari ustoz ko’rmasdan internet malumotlaridan o'qib olim bo'lganlar. O'zlari adashganlari yetmagandek o’ziga ergashganlarni ham adashtirib qo’ymoqda.
Shuning uchun bugungi kunda internetdan foydalanayotgan birodarlarimizga shuni eslatib o’tamizki, ilm olish uchun kitob do’konlarda Shayx Muhammadsodiq Muhammadyusuf hazratlari va boshqa ahli ilim ulamolarning kitoblari yetarli darajada. Ularni sotib olib mutoala qilish qolgan xolos.
Mir Arab oliy madrasasi 4 kurs talabasi
AHMADOV ODILXON
