TASAVVUF SHAYXI KIM?
Muallif: . .
Sana: 28.06.2021
662

Aslida murshid qanday bo’lishi kerak, uning o’ziga yarasha shartlari mavjudmi?

Albatta, murshidlik darajasiga yetgan insonda go’zal sifatlar topilishi shart. Bunday kimsaning bir qo’lida shariat kosasi, ikkinchisida Allohga bo’lgan muhabbat ko’zasi bo’lsin. Shunda shariatga xilof ishlardan uzoq va komil murshid bo’ladi.

Ba’zi ulamolar aytadi: komil shayxda quyidagi sifatlar mujassam bo’lishi kerak:

kibru g’ururdan uzoqda bo’lsin;

barcha ishda Haqqa qaytuvchi bo’lsin;

– o’limga doimo tayyorgarlik ko’rsin.

Haqiqat shuki, molu davlat ortidan yuguradigan kimsa tariqat shayxi bo’lishga munosib emasdir.

Ayrim ulamolar quyidagi shartlar piri komilning alomatlaridir deganlar:

nisbat sohibi bo’lsin. Ya’ni: biror shayxdan ushbu tariqat silsilasini yoyishga ijozat olgan bo’lsin;

ilm sohibi bo’lsin. Zero, ilmsiz ko’zi ojiz ko’r kabidir. Kim ko’rdan dalil olsa, jarlikka qular;

sohibi tasarruf bo’lsin. Ya’ni: samimiy, mustaqim inson bo’lsin;

irshod sohibi bo’lsin. Bu lozim bo’lgan shartlardan emas, balki, bo’lishi yaxshi bo’lgan sifatdir.

Kim ushbu to’rt sifat bilan sifatlanmas ekan, aslo tasavvuf shayxi bo’lolmaydi.

“At-tasavvuf vas suluk” kitobi, 50-51-betlar.

Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Muhammad Yunus Muhammad Muso o’g’li tarjimasi.

. .