TILLAR LOL
Muallif: . .
Sana: 14.02.2023
161

Insonda shunday tuygʻular borki, uni til bilan ham ifoda qilib boʻlmaydi, yozib ham haqqini berolmaysiz. Ehhh, dunyoda boʻlayotgan ofatlardan ham koʻzimiz ochilmasa, insoniylik qolmagan hisoblanadi.

Koʻzingni och, hoy inson! Bu dunyo sanoqli kunlar xolos. Zilzila vayronalari ostidan tirik chiqayotganlar ham, yaqinda keladigan ajallarigacha yashaydilar xolos. Siz va biz ham, aynan oʻsha ajalni kutib yashayapmiz, oʻsha soatlarga qarab bormoqdamiz.

Aqllilik qilib hammadan xato topaverma, hammani yomonlayverma, dunyo qoʻlida boʻlgan insondek zahringni har kimga sochaverma! Ajal lashkari kelganda aqling shoshib qoladi, makkorliging foyda bermaydi, topgan molingni boshqalarga tashlab noiloj ketaverasan. Yoʻqlikka ketsangku mayli, qutularding. Ammo, unday emas. Qilgan ishlaringga yarasha javob berish uchun Robbing huzuriga, haqiqiy hayotga koʻchasan. Oʻsha kunga tayyorgarlik koʻraylik, azizlar! Bir millat, bir xalq oʻlaroq bir-birimizni yaxshi koʻraylik. Ogʻir kunlarda bu muhabbat oʻz samarasini albatta beradi. Bir-birimizga muhabbatimiz qaytishi uchun albatta boshimizga fojea tushishi kerakmas-ku.

Musulmon xalq oʻlaroq ming yildan beri eʼtiqod qilib kelinayotgan yoʻl, amal qilib kelinayotgan mazhabdan qaytarib odamlarni darbadar qilmanglar. Bu tafriqa faqat dushmanga qoʻl keladi.

Blogerman deya xalqni davlatga qarshi gijgijlayvermang. Xalq va davlat oʻrtasida mehr koʻprigi boʻling qoʻlingizdan kelsa. Yoʻqsa, aqlingiz yetmaydigan narsaga burningizni tiqmay, boshqa yoʻllar bilan qorin toʻydiring.

Bunaqa illatlar haqida gapirsak, gap koʻp. Azizlar, Alloh bizni fasod qilish uchunmas, balki isloh qilish uchun yubordi. Hammamiz birlashib, ahil-inoq boʻlsak, qadriyatlarimizni ushlab qolsak va Vatanimizni sevsak, bu moʻtabar Vatanni va buyuk xalqni hech kim yengolmaydi...

Yaqinda boʻlgan ofatlarni bir koʻringlar! Bizlar tortishib, bir-birimizdan nafrat qilishimizga sabab boʻlgan narsalar, aslida arzimas ekanini anglaysiz! Bir-birimizga gʻanimatmiz azizlar!

Yana taʼkidlayman: Farzandlarimizga Robbisini va dinini tanitib, albatta zamonaviy sohalarda mutaxassis qilaylik,

Baʼzida, bir-birimizni kechirishni ham oʻrganaylik, davlatimiz atrofida jipslashib muammolarni hal qilishga oʻtaylik. Inshaa Alloh, hammasi yaxshi boʻladi!

Ustoz Ulugʻbek Buxoriy
Mir Arab oliy madrasasi oʻqituvchisi

. .

Eng ko'p o'qilgan Nuqtai nazar