
Abul Oliya rahimahullohdan Alloh taoloning “...ular namozlarini “unutib” qoʻyadilar” (Moʼun surasi, 5-oyat) oyatining tafsiri haqida soʻrashganda, uning huzurida Hasan Basriy rahmatullohi alayhi ham bor edi. Abul Oliya: “U namozida xato qilib, unda boshqa narsalar toʻgʻrisida oʻylaydigan kishi”, dedi. Hasan Basriy: “Toʻxta, balki bu namozini unutib, vaqtini chiqarib yuboradigan kishidir. Chunki Alloh taolo “namozlarini” degan, “namozlarida”, demagan. Agar sen aytganingdek boʻlganida, “ular namozlarida unutib qoʻyardilar”, degan boʻlardi”, dedi.
Bu qusur faqat yetarlicha yaqiyni va taqvosi bor kishilarnigina chetlab oʻtgan. Ular Allohni tanigan, chin sevgan kishilardir. Ular nafsning boʻynini uzganlar. Allohning eshigiga yetib borganlar. Eshikdan kirib, Uning huzurida turganlar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilinadi: “Oqillarning uyqusi va ogʻzi ochiq yurishlari qanday yaxshi. Ular ahmoqlarning bedorligi va ijtihodiga nechun havas qilsinlar? Axir taqvo va yaqiyn egasining bir zarra misqoli Yer yuzi toʻla aldanganlardan afzaldir”.
Manba muslimuz