
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan brifingda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi axborot xizmati rahbari Sherzod Mamatov sohaga tegishli maʼlumotlarni taqdim etdi.
Qayd etilishicha, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan oʻtgan 2022-yil davomida buyuk allomalarimiz merosini oʻrganish, keng targʻib etish, nufuzli xalqaro markazlar va universitetlar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, Imom Buxoriyning “Al-Jomiʼ as-sahih” asari qoʻlyozmalarining 220 ta elektron nusxasi toʻplangan. Markaz qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan 69 ta kitob skaner qilinib, elektron nusxalari tayyorlangan.
Shuningdek, Imom Buxoriy nomidagi xalqaro stipendiyasi sohiblari (xorijiy tadqiqotchilar)ning markazda ilmiy stajirovkalari yoʻlga qoʻyilgan. Malayziya Islom ilmiy universiteti va Turkiyaning Pamukkale universiteti bilan Anglashuv memorandumlari imzolangan. OʻzA bildirishicha, xorijiy davlatlarning qoʻlyozma fondlarida saqlanayotgan Imom Buxoriy qalamiga mansub 2 ming 838 ta qoʻlyozma asarning roʻyxati shakllantirilgan.
Markaz ilmiy xodimlari tomonidan yurtimizdan yetishib chiqqan 10 nafar buyuk alloma va mutafakkirlar hayoti va faoliyatiga doir alohida “10 haqiqat” ruknida kichik risolalar va infografik maʼlumotlar hamda 15 ta kitob nashr etilgan.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Manba muslimuzEng ko'p o'qilgan Yangiliklar
