JIHODNING ASL MAʼNOSI
Muallif: . .
Sana: 11.01.2023
2836

Jihod - soʻzi arab tilidan tarjima qilinganda gʻayrat qilmoq, harakat qilmoq, intilmoq, zoʻr bermoq, bor kuchini sarflamoq, kurashmoq, mehnat qilmoq kabi maʼnolarni ifodalaydi. Uning istilohiy maʼnosi haqida imom Rogʻib: “Dushmandan himoyalanishda qoʻli, tili yoki kuchi bilan gʻayrat qilishidir”, – deydi. Ibn Rushd oʻzining “Muqaddamot” asarida jihodning turlarini toʻrt qismga ajratadi: qalb, til, qoʻl va qilich bilan kurashishdir. Qoʻl jihodi-qonunbuzarlikni toʻxtatishga qaratilgan harakat, qalb jihodi-oʻz nafsi bilan kurashish, til jihodi-amri maʼruf nahyi munkar, yaxshilikka chaqirish yomonlikdan qaytarish, soʻz yoki qalam jihodi diniy targʻibot va maʼrifat tarqatish harakati, dinni turli hujumlardan saqlash.Bosqinchilik va birovga hujum qilish islomda man qilingan. Tashqaridan hujum, bosqinchilik, qaroqchilik yuz berganda, oʻzini himoya qilish va mudofaa urushi – jihod, qilich jihodi deb aytiladi, yaʼni oʻzini himoya qilish, “muqaddas urush” butun jamiyatning, xalqning oʻzlarining diniy huquqlarini himoya qilish, oʻz Vatanini himoya qilish, qarindoshlarini, oilasini, mulkini himoya qilish huquqi- shaxsiy huquqdir.Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohmatullohi alayh: ““Jihod” soʻzi lugʻatda inson tomonidan jamiki imkoniyatni ishga solib harakat qilish maʼnosini anglatadi.Shundan kelib chiqadigan boʻlsak, musulmon odam jihod qilmoqchi boʻlsa, oʻzining barcha kuch-quvvat, aql-zakovati va moddiy imkoniyatlarini Alloh yoʻlida, Uning dini uchun sarflashi kerak boʻladi. Alohida taʼkidlab aytish lozimki, jihod soʻzi lugʻatda urush maʼnosini anglatmaydi. Urushni arab tilida boshqa soʻzlar bilan ifoda etiladi. Asosan, urush maʼnosini anglatish uchun arab tilida “qitol” soʻzi ishlatiladi” Bunga dalil Baqara surasining 216-oyatida: كُتِبَ عَلَيْكُمُ الْقِتَالُ وَهُوَ كُرْهٌ لَّكُمْ“Sizga yoqmasa ham, jang qilishingiz farz qilindi.”Arab tilida oʻldirish “qatl” bilan urushish “qitol” soʻzi bilan ifodalana-di. Salafi solihlarimiz ushbu oyatni sharhlaganlarida mazkur jihatiga eʼti-bor berganlar. Yaʼni, qitol bir tomonlama boʻlmaydi. Arab tilida “foala” vazni ikki tomonlama harakatni anglatadi.Barcha musulmonlar jihodda buyuk fazl borligini yaxshi biladilar. Alloh subhanahu va taolo Tavba surasida shunday deydi:يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ مَا لَكُمْ إِذَا قِيلَ لَكُمُ انفِرُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ اثَّاقَلْتُمْ إِلَى الأَرْضِ“Ey iymon keltirganlar! Sizga nima boʻldiki, «Allohning yoʻlida qoʻzgʻaling”, deyilsa, yerga yopishib oldingiz?!» (38-oyat)Yana Baqara surasida:وَقَاتِلُواْ فِي سَبِيلِ اللّهِ الَّذِينَ يُقَاتِلُونَكُمْ وَلاَ تَعْتَدُواْ إِنَّ اللّهَ لاَ يُحِبِّ الْمُعْتَدِينَ“Sizga urush qilayotganlarga qarshi Allohning yoʻlida urush qiling va tajo-vuzkorlik qilmang. Albatta, Alloh tajovuzkorlarni sevmas” deyilgan (190-oyat). Shunga oʻxshash boshqa bir qancha oyatlar bor.Imom Shofeʼiy va qolgan uch mazhabboshi imomlarimiz, shuningdek, jumhur ulamolarning barchasi jihodning farzi kifoya ekaniga ittifoq qilganlar. Jihod qilish farzi ayn emas. Alloh taoloning Niso surasidagi:وَكُـلاًّ وَعَدَ اللّهُ الْحُسْنَى وَفَضَّلَ اللّهُ الْمُجَاهِدِينَ عَلَى الْقَاعِدِينَ أَجْراً عَظِيماً “Alloh hammalariga yaxshilikni vaʼda qilgan. Alloh mujohidlarni oʻtirib oluvchilardan buyuk ajr ila afzal qilgan...” degan (95-oyat) soʻzidan jihodning farzi ayn emasligi kelib chiqadi.Jihod soʻzi diniy maʼnoda “Alloh xohishini bajarishda bor kuchini sarflash, harakat qilish” maʼnosini aytdik. Bundan kelib chiqib “mujohid” degani –Allohning hukmlarini amalga oshirishda bor imkoniyatdan foydalanib kuchini sarflaydigan kishiga aytiladi. Darsini oʻzlashtirish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solib harakat qilayotgan tolibi ilmni mujtahid talaba deb ataladi. Binobarin, uni ilmiy jihod qilmoqda desa boʻladi. Sharʼiy masalalarni yechishda bor imkonini ishga solib harakat qilgan ulkan olimlarni ham mujtahid deb atalgan. Undoq kishilar sharʼiy ilmlarda jihod qilganlar.“Jihod” soʻzi islomiy istiloh boʻlib, uni musulmonlardan birortasiga qarshi ishlatish toʻgʻri boʻlmaydi. Ulamolarning barchasi jihod qilish uchun ota-onaning izni shart ekaniga ittifoq qilishgan.Buning dalili shuki:عن عبد الله بن عمرو رضي الله عنهما قال : “ جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ-صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ-يَسْتَأْذِنُهُ فِي الْجِهَادِ ، فقال : أَحَيٌّ وَالِدَاكَ، قال : نعم ، قال : فَفِيهِمَا فَجَاهِدْ” ( رواه البخاري 4/18 )Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga bir kishi kelib, u zotdan jihodga chiqishga izn soʻragan. Shunda u zot: “Ota-onang tirikmi?” dedi-lar. U: “Ha”, dedi. U zot: “Ikkovlarida jihod qil”, dedilar. Demak, har bir musulmon bor imkoniyatini ota-onasining roziligiga qaratishiligi ham mujohidlik hisoblanadi.Islomda jihod ikki turli boʻladi.Birinchisi katta jihod boʻlib, insonning oʻz nafsiga qarshi jihodidir.Katta jihod haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam gʻazotdan qayta-yotib:عن جَابِرٍ ، وَقَالَ : قَدِمَ النَّبِيُّ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ مِنْ غَزَاةٍ لَهُمْ ، فَقَالَ عَلَيْهِ الصَّلَاةُ وَالسَّلَامُ : “ قَدِمْتُمْ خَيْرَ مَقْدَمٍ ، وَقَدِمْتُمْ مِنَ الْجِهَادِ الْأَصْغَرِ إِلَى الْجِهَادِ الْأَكْبَرِ ” ، قَالُوا : وَمَا الْجِهَادُ الْأَكْبَرُ ؟ ، قَالَ : “ مُجَاهَدَةُ الْعَبْدِ هَوَاهُ ” . رَوَى الْخَطِيبُ “Kichik jihoddan katta jihodga, bandaning havoi nafsiga qarshi qiladigan jihodiga xush keldingiz!”, deganlar. Agar sizlar bu hadisni zaif yoki mavzuʼ desangiz, javob shuki, bu maʼnoda oyati karima ham bor. Alloh taolo Furqon surasida (52-oyat):فَلَا تُطِعِ الْكَافِرِينَ وَجَاهِدْهُم بِهِ جِهَاداً كَبِيراً“Kofirlarga itoat etma! Ularga qarshi u (Qurʼon) bilan katta jihod qil!” degan.وجاهدهم به قال ابن عباس بالقرآن – التفسير القرطبيImom Qurtubiy tafsirlarida Ibn Abbos raziyallohu anhu: “Ularga qarshi u bilan katta jihod qil” undan murod Qurʼon deganlar. Alloh taoloning “u bi-lan” degan soʻzida Qurʼoni Karimga ishora bor. Qurʼoni Karim qalbdagi barcha dardlarning shifosidir. Bu maʼnoni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Sizlarga amalla-ringizning eng yaxshisini, eng pokizasini, Robbingizning nazdida darajangizni eng baland koʻtaradiganini aytib beraymi? U sizlar uchun tilla, kumush nafaqa qilishdan yaxshiroqdir, dushmanga borib yoʻliqib, ularning boʻyniga urishingiz ular sizning boʻyningizga urishidan koʻra yaxshiroqdir. Bu – Allohning zikri-dir”, degan soʻzlari ham taʼkidlaydi. Albatta, katta jihod nafsga qarshi jihod-dir. Uning silohi Allohning zikridir, nafsni poklashdir.Ikkinchisi esa kichik jihod boʻlib, dushmanga qarshi jihoddir. Musulmonga qarshi toʻgʻridan-toʻgʻri, oshkora tajovuzkorlik paytida oʻzini, oilasini himoyasi uchun zolimga qarshilik koʻrsatish farz hisoblanadi. Buning uchun maxsus jihod eʼlon qilish va butun dunyoga islom nomidan kurash eʼlon qilish shart emas – oʻzining shaxsiy hayotini saqlash uchun zolimga qarshi kurashning oʻzi Allohning irodasini bajarishdir. Agar himoya qiluvchining niyati xolis boʻlsa u - mujohid, agar halok boʻlsa shahiddir. Bunga Alloh taoloning Baqara surasidagi 194 - oyat dalil:فَمَنِ اعْتَدَى عَلَيْكُمْ فَاعْتَدُواْ عَلَيْهِ بِمِثْلِ مَا اعْتَدَى عَلَيْكُمْ“Bas kim sizlarga tajovuz qilsa sizlar ham ularga tajovuzlari muqobilida tajovuz qiling.”Shubhasiz, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshchiliklaridagi musulmonlarga Makka davrida qarshi turgan kuchlar ularni oʻz tanlagan eʼtiqodlaridan voz kechtirish maqsadida turli koʻrinishdagi azob, zulm va ozor yetkazish choralarini koʻrganlar. Musulmonlardan baʼzisini kaltaklab, qiynab, molu mulk va oilasidan ajratishgan, hatto oʻldirishgacha borganligi tarixiy haqiqatdir. Paygʻambarimiz alayhissalom esa, barcha sahobalarni sabr qilishga chorlab, urush qilishdan qaytargan. Qurʼon ilmlari bilan shugʻullangan ulamolarning taʼkidlashlaricha, 70 dan ortiq oyati-karimada musulmonlar kofirlarga qarshi jihoddan qaytarilgan. Hatto, himoya uchun ham kofirlarga qarshi jang qilishga ruxsat berilmagan. Qachonki, musulmonlar oʻz Vatanlaridan quvilib, dushman tomondan urush ochilgandan soʻng, ularga qarshi jihod qilishga ruxsat berilgan. Bu haqda nozil boʻlgan birinchi koʻrsatma “Haj” surasi 39-oyatidir: أُذِنَ لِلَّذِينَ يُقَاتَلُونَ بِأَنَّهُمْ ظُلِمُوا وَإِنَّ اللَّهَ عَلَى نَصْرِهِمْ لَقَدِيرٌ“Hujumga uchrayotgan (musulmon)larga, mazlum boʻlganligi sababli, (jang qilishga) izn berildi. Albatta, Alloh ularga yordam berishga qodirdir”.Demak, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning kofirlarga qarshi qilich bilan boʻlgan kurashi ularni soʻz bilan islomga targʻib qilganidan soʻng islom va musulmonlarni butunlay yoʻq qilishga qaratilgan harakatlari oqibatida amalga oshirilgan, yaʼni kofirlar avval musulmonlarga qarshi urush ochgan, musulmonlar esa urush va hujumga uchragan. Islomning dastlabki oʻn uch yili davomida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshliq sahobalar Makkai Mukarramada yuqorida zikr qilingan qitol-urush maʼnosi boʻlmagan jihodni olib bordilar. Oʻsha vaqtda Alloh taolo musulmonlarga mushriklarga qarshi kuch ishlatishni man qilgan edi. Shu bilan birga, ulardan yetgan azob uqubat va ozorlarga sabr qilishga amr qilgan ham edi.Faqatgina, hijratning ikkinchi sanasida Qurʼoni Karim taʼbiri bilan aytilganda “Oʻzlariga qarshi urush ochganlarga ularga zulm qilingani uchun (urushga) izn berildi”. Ana shundoq qilib, hijrati nabaviyaning ikkinchi sanasidagina Alloh taolo musulmonlarga oʻzlarining himoya qilish uchun qoʻllariga qurol olishga izn berdi. Jihod haqidagi oyatlarning barchasini oʻrganib chiqqandan soʻng maʼlum boʻladiki, Islomda jihod hukmi sharoitga qarab oʻzgarib turadi.Ikkinchi xil jihodning oʻzi ikki qismga boʻlinadi: talab va mudofaa.Talab jihodi hozir yoʻqligiga ulamolar ijmoʼ qilishgan. Chunki, hozirda hamma davlatlar urushmaslikka kelishganlar va oʻzaro aloqalar oʻrnatib elchixonalar ochganlar.Mudofaa jihodi dushmanlar musulmon yurtga urush qilib, bostirib kirsalar, himoya uchun boʻladi. Baʼzi bir holatlar boʻladiki, unda urush qilish bilan qilmaslik teng boʻlib qoladi. Yana bir holatlarda tinchlik uchun harakat qilish zarur boʻladi. Bularning hukmini katta ulamolar tomonidan sharʼiy manbalarda bayon qilinadi.Jihodning oʻziga yarasha qoidalari bor. Qurol ishlatish bugungi kunda mu-sulmonlarga foyda berish-bermasligini yaxshilab oʻylab koʻrish kerak. Har bir ishni qilishdan oldin musulmonlar ommasiga foyda keltiradimi, yoʻqmi, yaxshi-lab oʻylash kerak.Suriyalik mashhur olim Muhammad Saʼid Ramazon Butiy jihod haqida kitob yozib, bugungi kunda jihod chaqirigʻi bilan chiqayotganlarning gaplari ham, ishla-ri ham haqiqiy jihoddan yiroq, degan fikrni olgʻa surdilar. U kishi siz aytgan internet tarmogʻida jihod va hijrat haqida safsata sotayotganlarni qattiq tanqid qiladilar.Muhammad Saʼid Ramazon Butiy hazratlari kuch ishlatishni “jihod” deb daʼvo qiladiganlarga qarshi taʼlif qilgan “Al-Jihod fil Islom” nomli kito-bida quyidagilarni yozadi: “Men bu asrda baʼzi bir doiralar nazdida yangi is-lom tugʻilayotganini mulohaza qilmoqdaman. U, Allohning huzuridan vahiy boʻlib tushmaydi. Lekin baʼzi odamlarning fikrlari va mijozlaridan kelib chiqadi. Uning hukmlari sharʼiy dalillar hukmi ila birlashmaydi va ularning hujja-tiga boʻysunmaydi. U faqat baʼzi shaxs va jamoalarning taassubidan yoki shahvatu havoyi nafsning sultonidan kelib chiqadi.Bugungi kunda islom olami guvoh boʻlib turgan narsa oʻsha yangi islom «el-chi”larining tinimsiz harakatlaridan kelib chiqqan narsalardir. Biz uni avval bilmagan edik. Ular oʻzlarining islomini hozirgacha biz Allohdan vahiy boʻlib kelgan deb bilgan islomning oʻrniga qoʻymoqchilar.Biz bilgan islom Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hidoyatlari bayoni, qatʼiy sharʼiy dalillar, sobit fiqhiy qoidalar, musulmonlarning barcha avlodlari ilmlarining kengligiga va fahmlarining daqiqligiga guvohlik ber-gan salaf ulamolari jumhurining ijtihodlari taqozo qilgan narsalarni lozim tutishdan iboratdir».“Mazkur fikr, uni ixtiro qilganlarning daʼvosi boʻyicha, goʻyoki, Qurʼon, sunnat va salafi solihlarning hukmining fiqhi emish. Ammo, ular bir vaqtning oʻzida biror aybi yoʻq musulmonlarni kechasi boʻgʻizlab ketishni «shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular Islomiy mahkama zimmalariga biror aybni qoʻymagan muslima qizlarni soʻyib tashlashni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular Batna shahridagi sharʼiy ilmlar maʼhadi mudirini hech aybi boʻlmasa ham qatl qilib yuborishni “shariat ruxsat bergan ish” deydilar. Ular oddiy yoʻlovchilar toʻla uchqichni ichidagi beayb insonlar bilan qoʻshib portlatib yuborishni ham “shariatda bor ish” deydilar.Har birimiz koʻzlarini yumib olib, “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bugun ichimizda yuribdilar”, deb xayol qilsin. Ul zot mazkur mijoziy Islomga rozi boʻladilarmi?! Uni qabul qilib, boshliq boʻlib, unga daʼvat qiladilarmi?»Jihodga targʻib qiluvchilar toifasi oʻzlarining gʻarazli “jihod”lariga musulmonlarni yoʻnaltirish maqsadida ularni, ayniqsa, yosh avlodni ilm oʻrganish farzidan chalgʻitib, omilikni, bilim-saviyani oshirmaslikni targʻib qilib, ilm oʻrganishni qoralaydilar. “Takfir va hijrat jamoasi” deb atalgan jihodchi oqim vakillarining eng asosiy gʻoyalaridan biri ham shu. Ular diniy va dunyoviy ilmlarni birga jamlab boʻlmaydi, deb safsata toʻqiydilar. Aslida, oʻzlari na dunyoviy va na diniy bi-limlarni mukammal olmagan boʻladilar. Faqat diniy bilimini oshirayotgan to-libi ilmlarni ham qoralayveradilar.Ular bilimsizlikni, ilmiy saviyani oshirmaslikni targʻib qilishlarining sababi yoshlarni ilmdan chalgʻitib, jihodga chaqirishdir, jangu jadalga undashdir. Dunyoviy ilmlarni qoralashlari, taraqqiyotni yomonlashlarining saba-bi esa jihod orqasidan ozod va obod vatanlarni, oʻlka va diyorlarni xarobazorga, vayronaga aylantirishlarini oqlash uchundir.Shu yerda olim sahobalardan boʻlmish Abu Dardo roziyallohu anhuning mana bu gapini hech qachon unutmasak, anavi ilmsizlarning holini juda yaxshi bilib olgan boʻlamiz:من رأى الغدوّ و الرواح الى العلم ليس بجهاد فقد نقص عقله و رأيه“Kimki erta-yu kech ilmga borib kelishni jihod emas, deb bilsa, haqiqatdan ham uning aqli va fikri noqis ekan!” (Ibn Abdulbarr. Jomeʼ bayon al-ilm va fazlihi. – B. 1/129).Ana endi, ilmni va oʻqishni ham tashlab oʻzlaricha jihod qilaman, deb musul-monlarni oʻldirib, obod oʻlkalarni vayron qilishga ketganlarning va mana shun-ga odamlarni jalb qilayotganlarning aqllarida nuqson, fikru xayollarida fasod borligini bilib olavering!!!

Joʻybori Kalon OʻMITM oʻqituvchisi Mavlyanov Jamol

Manba muslim.uz

. .