SAHOBALARNING LAQABLARI
Muallif: . .
Sana: 11.01.2023
5256

Bismillahir Rohmanir Rohiym.

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar boʻlsin.
Paygʻambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar boʻlsin.

– Abdulloh ibn Abu Quhofa – Abu Bakr Siddiq.

– Umar ibn Xattob – al-Foruq, (yaʼni, haq bilan botilning orasini ajratuvchi).

– Aliy ibn Abu Tolib – Abu Turob, tuproqning otasi.

– Usmon ibn Affon – Zinnurayn, yaʼni ikki nur sohibi. (Rasulullohning ikki muborak qizlariga uylanganlaridan).

– Xolid ibn Valid – Sayfulloh Maslul.

– Abu Ubayda Jarroh – Aminul umma (ummatning ishonchli kishisi).

– Jaʼfar ibn Abu Tolib ­– Abul masokin- Miskinlar otasi.

– Hamza ibn Abdulmuttolib – Asadulloh, Allohning sheri.

– Ammor ibn Yosir – Yaxshilarning yaxshisi.

–Zubayr ibn Avvom – Rasulullohning havoriysi.

– Musʼab ibn Umayr – Islom elchisi.

– Bilol ibn Raboh – Rasululloh muazzini.

– Huzayfa ibn Yamon – Rasulullohning sirdoshlari, sirlarining sohibi.

– Amr ibn Oss – Islom dohiysi.

–Muoviya ibn Abu Sufyon – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning vahiy kotibi.

– Zayd ibn Horisa – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yaqini, suyukli kishisi.

– Abdulloh ibn Abbos – Qurʼon tarjimoni.

– Hasson ibn Sobit – Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shoiri.

. .