IXTILOFDAN SAQLANAYLIK!
Muallif: . .
Sana: 09.01.2023
590

IXTILOFDAN SAQLANAYLIK!

Insonning oilasi tinch, yashab turgan manzil-makoni osoyishta ekan unga oilani ravnaqi, farzandlarining taʼlim-tarbiyasi, kelajagi va istiqboliga olib boruvchi barcha omillarga muyassar boʻlajak. Bundan tashqari jamiyatda hayot kechirayotgan odamlarning oʻzaro bir-birlariga boʻlgan ishonch va sadoqatlari, mexr-muruvvatlarining samimiy boʻlishi asosan xotirjam boʻlishlikka bogʻliqdir. Shu maʼnoda Paygʻambarimiz (sollallohu alayxi va sallam) hadislarining birida tinchlik xotirjamlik eng katta neʼmat ekanligini taʼkidlab: “Ikki neʼmat borki, koʻpchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar, u-xotirjamlik va sihat-salomatlikdir”-deganlar. Demak insonlar uchun xavodek zarur sihat-salomatlik va tinchlik-osoyishtalik neʼmatlarning qadr-qimmatiga oʻta axamiyat berish kerak ekanligini xadisi sharifda taʼkidlanmokda.

Ammo, besh panja bir boʻlmaganday, odamlarning baʼzilari qalb xastaligiga uchrab, Yurtimiz ravnaqini koʻra olmaslik illatiga chalinganlarni borligi kishining afsuslantiradi. Ular xar xil koʻrinishda boʻlishi, xususan diniy okimlarga mansub boʻlishi kishini xavotirga soladi. Vaxolangki, Alloh taolo oʻzining kalomida, “Oli Imron” surasining 103-oyatida “(Ey musulmonlar), Allohning arqoniga (diniga) bogʻlaningiz va boʻlinmangiz!” deb xitob qiladi. Demak, barcha moʻmin-musulmonlar sof aqida va eʼtiqodga ishonib bizlargacha joriy boʻlib kelgan toʻgʻri yoʻldan adashmasligimizni taʼkidlamoqda.

Zero, dinda adashish, notoʻgʻri aqidalarga ergashish mukaddas dinimizni koʻrsatmalarini inkor qilishlik boʻlib, natijada insonning oʻziga va oʻzgalarga zulm qilishligiga sabab boʻladi. Oli Imron surasi, 108-oyatda “Alloh olamda hech qanday zulmni boʻlishini xohlamaydi” –deyilgan.

Yuqoridagi ilohiy dalillardan zulm va yomonlik Alloh qaytargan va qilinishi mumkin boʻlmagan tuban amal ekani koʻrinib turibdi.

Haqiqatda islom dini xar qanday sharoitda ekstremistik xarakatlarning zulm keltiruvchi xarakatlarni amalga oshirishiga mutlako qarshi. Purmaʼno insonparvarlik talimotlari oʻzida ifoda qilgan dinimiz boʻla turib afsuski, Alloh taoloni ulugʻ neʼmati boʻlmish tinchlikdan xamma ham barobar bahramand emas. Chunki dunyoni turli burchaklarida qon tukilishlar sodir boʻlmokda. Bu xunrezliklarni dunyo boʻylab amalga oshirilishi terroristik kuchlarning mukaddas islom dini niqobi ostida sodir etishi sir emas.

Bunday buzgʻunchilikdan Kurʼoni karimda: “...Alloh bogʻlanishga buyurgan narsalarni buzadigan va yer yuzida buzgʻinchilik kilib yuradigan kimsalar xam borki, ular uchun (Allohdan) laʼnat boʻlur va ular uchun noxush diyor (jaxannam) bordir”- deb qaytarilgan. (Raʼd surasi, 25 oyat)

Achinarli tomoni shundaki, ular dinni niqob kilib olgan, uning mohiyatini oʻz manfaatlari yoʻlida buzib talqin qilayotgan jinoyatchi, qallob, adovat va nizo urugʻini sochayotgan kimsalarning buyruqlarini ijro qilayotganlarini oʻzlari xam bilmaydilar. Alloh boʻlinmanglar desa, nega musulmonlar boʻlinib ketyapti degan tashvishli savol maʼrifatli musulmon kishisida paydo boʻlishi tabiiydir. Shundan kelib chikib xar bir moʻmin musulmon kishi boʻlinish yomonligini anglab yetishi lozim. Zero, boʻlinmaslik ahli sunna val jamoa yoʻlini tanlash va unga ergashish imon amridir. Maʼlumki, keyingi davrda, paydo boʻlayotgan Islom nomi bilan bogʻliqligi aytiladigan, lekin aslida musulmonlarning oralariga tafriqa soladigan toifalar bizning yurtimizga begonadir.

Xozirgi kunda yurtimizga uzoq va yaqin ayrim mamlakatlarda boʻlayotgan notinchliklarni qoralaymiz, tez kunlarda tinchlik xotirjamlik va ofiyat neʼmatidan baxramand boʻlishliklarini Allox taolodan soʻraymiz.

Yurtimizdagi omonlik va ofiyat neʼmatlari bardavom boʻlsin.

Bahodir Sharipov,
Oʻzbekiston Musulmonlari idorasining Chust tuman vakili

Manba muslim.uz

. .