SIZ AQIQ VODIYSI (MADINADAGI VODIY ) HAQIDA BILASIZMI???
Muallif: . .
Sana: 01.12.2022
267

Aqiq vodiysi Madinaning eng mashhur vodiylaridan biridir. Bu muborak vodiy Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning siyratlari bilan aloqadorligi tufayli shuhrat qozongan va u vodiy “Muborak vodiy” deb atalgan. Turli manbalarda Aqiq vodiysi borasidaRasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak so’zlari mavjud: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu muborak vodiy borasida: “Bu kecha mening oldimga Robbimning huzuridan bir keluvchi keldi va: “Mana shu muborak vodiyda namoz o‘qing”, dedi degan so’zlari ham mavjud. Aqiq vodiysi Madina tarixi bilan chambarchas bog'liq bo'lib, Masjidi Nabaviy yeriga Umar ibn Xattob davrida Aqiq vodiysining mayda shag'allari (toshchalar) yotqizilgan.

Endi Muborak Aqiq vodiysi geografik joylashishiga kelsak:

O'tmishdagi ba'zi davrlarda Aqiq vodiysi doimiy oqadigan daryoga o'xshagan. Uning yonida ekinzorlar paydo boʻlib,qirgʻoqlarida, ayniqsa, Umaviylar va Abbosiylar davrida qasrlar qurildi. Aqiq vodiysining suvlari Madinadan janubga qarab yuz kilometrdan ko'proq masofagacha cho’zilgan bo’lib, Aqiq mintaqasida to'planib, to Iyr togʻiga yetib borguncha Madinaning ostonasiga qarab oqib toki Iyrning eng oxiriga yetib borgan. So’ngra Iyr togʻining gʻarbiy tomoniga qarab oqadi vaZul Hulayfadan oʻtadi. Aqiqning bu qismi Haso vodiysi deb ataladi. Keyin sharq tomonga buriladi. Madinadan yigirma kilometrdan ko'proq oldinda Naqeʼ vodiysi deb ataladigan bir vodiy bor. Daryoning Iyr tog‘idan keyingi joylari Urva ibn Zubayr (rohimahulloh)ga nisbat berilib Urva anhori deyiladi. Keyinchalik ikki qiblali masjid hududi yaqinidagi Buthon vodiysiga yetib keladi. So‘ngra bir oz shimoli-sharqqa, so'ngra shimolga qarab yuradi va Madinaning sellar toʻplanadigan joyi boʻlmish Zugʻoba hududi boʻlgan sharq tomonidan keluvchi Qanot vodiysiga yoʻliqadi. Qishda Aqiq vodiysida sel katta daryo kabi oqadi va yomg'ir ko'p bo'lgan yillarda suv bir necha oy davomida unda oqadi.Tarixiy maktublar shuni ko'rsatadiki, Aqiq vodiysi ba'zi davrlarda ko'proq doimiy oqayotgan daryoga o'xshardi, shuning uchun Umaviylar davrida va Abbosiylar davrining yarmida uning qirg'oqlarida ko'plab saroylar qad ko'targan.

Tuzuvchi: Mir Arab oliy madrasasi talabasi

Ro’zmuhammedov Sardorbek

. .