INTERNET BIZ UCHUN ZARARMI YOKI FOYDA?
Muallif: . .
Sana: 18.08.2022
431

Bugungi kunda ba’zi yoshlarimiz turli axborot manbalarida,xususan internetda ko‘rgan, eshitgan narsalari tufayli turli yomon ta’sirlarga tushib qolayotgani hech kimga sir emas.Bugungi olimlarimiz aytganlaridek hududlar emas,qalblar zabt qilinmoqda. Harbiy yurishlardan ko’ra fikriy xurujlar orqali g’arazli maqsadlarga tezroq erishilmoqda.Sirti yaltiroq, ammo botini fasodga to’lgan g’oyalarni tarqatish uchun internetda turli sahifalar, turli kanallar,matnlar, ovozli va tasvirli lavhalar joylashtirilmoqda. O’zini g’arazli maqsadiga erishish uchun ichiga oyat hadisdan dalil isbotlar to’ldirilgan,ko’rgan odamning e’tiborini tortadigan qilib ishlangan.

SHuning uchun tavsiyamiz shuki,yoshlarimiz dinimiz ta’limotini albatta o’rgansin,diniy ilm olsin,ammo faqat rasmiy manbalardan, yurtimizda faoliyat ko’rsatib turgan masjidlarning yoki diniy ta’lim muasasalarning internet-sahifalaridan olsin.Alhamdullilah bunday marifiy sahifalarimiz,kanallarimiz ancha ko’payib qoldi.Yana shuni ta’kidlash kerakkidiniy idoramiz tomonidan fatvo bo’limi tashkil qilinib,ilmda peshqadam bo’lgan ustozlar xizmat qilib kelishmoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, internetda ilm olishga shuncha sharoit bo’la turib, norasmiy manbalardan egasi kimligini, maqsadi nima ekanligini, bilmay turib har xil ma’lumotlarni yozib olinsa, tarqatilsa yoshlarimiz diniy savodsizligi tufayli radikal g’oyalardan ta’sirlanib qolishi mumkin.

Alloh barchalarimizni to’g’ri yo’lidan adashtirmasin.

Mir Arab oliy madrasasi talabasi,

BUXORO SHAHAR MASJID KALON IMOM XATIBI AZIZBEK ASHUROV

. .