QIROAT ILMINING TA'RIFI VA AHAMIYATI
Muallif: . .
Sana: 25.02.2022
329

O’zbekiston Respublikasi mustaqilikka erishgach, o’zbek xalqi milliy va diniy qadriyatlarini to’la o’rganish imkoniyatiga ega bo’ldi. Ma’lumki, “Sho’rolar zamonida tarixiy haqiqatni bilishning o’zi jinoyat edi, hukmron mafkura manfaatlariga hizmat qilmaydigan har qanday manbalar iloji boricha xalq ko’zidan yiroq saqlanardi. Ahvol shu darajaga yetib borgan ediki, o’z tariximizni o’zimiz yozish huquqidan mahrum bo’lib qolgan edik ”

Yaratganga ming shukurlar bo’lsinki, o’sha qaro kunlar ortidan bugungi kunimizdek, tinch va osoyishta kunlar ham yetib keldi. Bu istiqlol sharofati bilan barcha sohada yangilanish ishlari amalga oshirildi. Jumladan, ma’naviy sohada xalqimizdan yetishib chiqqan buyuk siymolar tarixini o’rganishdek buyuk baxt biz yoshlarga nasb qilib turibdi.

Shu ma’noda har bir millat va xalqning iftixori uning dunyoda ilm-fan madaniyat ravnaqiga o’z mehnatini ayamagan olimlari va jahon tamadduni rivojiga qo’shgan hissalari bilan ham o’lchanadi.

Mana shu me’zonga qarab aytadigan bo’lsak, bizning ushbu ko’hna zaminimiz ham hech bir mubolag’asiz, dunyoda eng ilg’or o’rinlardan birini egallaydi. Chunki bu o’lkadan yetishib chiqqan olimlar, fozillar ilmning deyarli har bir sohasi rivojiga o’zlarining beqiyos hissalarini qo’shganlar.

Imom al-Buxoriy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, Imom Moturudiy, Burhoniddin al-Marg’inoniy, Mahmud az-Zamaxshariy va shu kabi yuzlab, balki minglab siymolarni sanab o’tishimiz mumkin. Lekin ming afsuslar bo’lsinki XX asrning oxirgi o’n yilligiga qadar Sobiq ittifoq davrida asrlar davomida ota-bobolarimiz e’tiqod qilib kelgan muqaddas islom dinimiz, uning rivoji va ilmiga o’zining hissasini qo’shgan allomalarimiz nomlari yashirildi, hatto uylaridan arab yozuvidagi bir sahifa chiqib qolgan vaqtda dindor, jamiyatni orqaga suruvchi qoloq, degan ayblar bilan tamg’a bosildi.

Allohga ming shukurlar bo’lsinki, haqiqat bukilar ammo sinmas ekan, Allohning marhamati bilan bo’ynimizdagi barcha noto’g’ri qo’yilgan ayblar va mute’lik kishanlari olib tashlangandan so’ng, yurtimizda bebaho merosimizni o’rganish va undan xalqimizni bahramand qilishdek xayrli ishlarni bizlarga nasib etdi. Ya’ni 1990 yillardan boshlab xalqimiz ko’ziga turli mavzulardagi diniy adabiyotlarni yetkazib berish boshlab yuborildi.

Shu jumladan Islom dinining asosiy manbasi bo’lmish Qur’oni karim va Payg’ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamningmuborak hadislarini o‘zida jamlagan to’plamlar bir necha marta nashr qilindi. Qur’oni Karim dunyoning barcha tillariga qayta-qayta tarjima qilinsa ham, uning asl ma’nosiga yetib borishlik mushkul ekanligi hammaga ayon. Uning mo’jizaliligi ham shunda. Bu haqida ulamolar shunday deyishadi: “Qur’on Alloh taoloning Muhammad sollallohu alayhi va sallamga tushirgan, tilovati ibodat hisoblanadigan, ojiz qoldiruvchi kalomidir”.

Yurtimiz mustaqilikka erishgach, milliy o’zligini anglash yo’lida ko’plab xayrli ishlar amalga oshirildi. Jumladan, buyuk siymolarimizning nomini tiklash, ularning qadamjolarini obodonlashtirish eng asosiysi, ular bitib ketgan mo’tabar asarlarni jamiyat rivojida keng miqyosda foydalanishlik sharoiti yaratib berildi. Shunday ishlar qatori qiroat ilmi va uning tarixi xaqidagi ma’lumotlarni o’rganib, ularni tahlil qilib halqimizga yetkazib berish biz tolibi ilmlarning burchimiz hisoblanadi.

Shu ma’nolarni fikr mulohaza qilgan holda ota-bobolarimiz bosib o’tgan izlarini davom ettirish biz farzandlar uchun sharafdir.

Mir arab oliy madrasasi talabasi 4-kurs talabasi

AHMADOV ABDULAZIZ

. .