VATAN TUSHUNCHASI
Muallif: . .
Sana: 14.01.2022
1153

Vatan tushunchasi, uni sevish demakdir shundan kelib chiqib,Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shish, obodligi yo'lida xizmat qilish, himoya qilish, Vatan oldida burchlariborligini anglab yashash ezgulik namunasidir.

Vatan so'zining ikki tushunchasi bor. Birinchisi, o'zining ma'lum chegarasiga ega hudud, ya'ni, vatanning jismiy, hissiy tushunchasi. Ikkinchisi, shu vatanda istiqomat qiladigan fuqarolarning ma'naviy ongi, ilmu-ma'rifatini belgilab beradigan ma'naviy tushuncha.

Birinchi tushunchaga ko'ra, vatan sarhadi ma'lum chegaraga cheklansa, ikkinchi tushunchaga ko'ra u sarhadsizdir.

Demak, vatanning jismiy va ruhiy sarhadlari mavjud.

Vatanini sevuchi inson ikki sarhadni ham himoya qilishi zarur.

Bugungi kunda bizning Vatanimiz O'zbekistonda ham bu ikki sarhadning himoyasiga yurtboshimiz tomonidan katta e'tibor qaratilmoqda.

Jismiy sarhadlarimizda chegarachilarimiz, harbiylarimiz, shu sohaning mas'ullari fidokorona xizmat qilyaptilar. Shu bilan birga ma'naviy sarhadlarimizda ham shu yurtda yashovchi barcha, xususan, olimlarimiz ustoz-o'qituvchilarimiz, imom-domlalrimiz vatanimiz himoyasida bel bog'lab turibdilar.

Alloh taolo tinchligimizniabadiy qilsin, osoyishtaligimiz yo'lida harakat qilayotgan barchaga oilaviy sihhat-salomatlik ato qilsin.

Mir Arab oliy madrasasi o`qituvchisi

AHMADJONOV ABDULAZIZ

. .