IMOM AT-TERMIZIY
Muallif: . .
Sana: 02.12.2021
2127

Ibnul Asir Jomeul usul kitoblarida Imom Termiziyning to'liq ismini Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Musa ibn Zohhak al-Bug'iy as-Sulamiy at-Termiziy deb keltiradi. “Abu Iso” degan kunyasi bilan mashur bo'lgan. At-Termiziy deyilishining sababi Movarounnahrdagi ma'lum va mashhur shaharga nisbatan aytiladi. Al-Bug'iy deyilishining sababi o'zlari tug'ilgan Termiz qishloqlaridan biriga nisbatan aytiladi.

Tug'ilishi va vafoti: hijriy 209-yili tug'ilgan va 279-yilda dushanba kuni, rajab oyining 13-kuni Termizda vafot etgan. Ba'zilar ismlaridan keyin “zarir” deb ham qo'shib qo'yadi. Zarir degani ko'zi ojiz degan ma'noni anglatadi. Chunki umrlarining oxirida ko'zlari ko'rmay qolgan. Imom Hokim men Umar ibn Ilkdan eshitdim Imom Buxoriy vafot etdi. Endi Xurosonda ilmda, hifzda, taqvoda va zuhdda Abu Isoga o'xshashi qolmadi. Juda ko'p yig'laganidan ko'zlari ojiz bo'lib qoldi.

Ulamolarning maqtovlari: Samoniy Ansob kitobida Imom Termiziy hech qanday raqobatsiz zamonasining imomi edi. Zehn o'tkirligida, yodlash qobilyati kuchliligida zarbul masal edi.

Imom Buxoriy, ustozi bo'lsalar ham u kishiga qarata sen foida olganingdan ko'ra men ko'proq foida oldim degan.

Abul Fido Al-Muxtasar kitobida, Imom, Hofiz, ko'zi ojiz, hadis ilmida ergashilinadigan mashhur hadis olimlaridan edi.

Juda ko'p kitoblar ta'lif etgan. Yozgan kitoblari ham u kishini na qadar yetuk olim ekanligini, ilm doirasing ham kengligiga dalolat qiladi. Ular:

1. Kitabut tarix

2. Sunani termiziy

3. Kitabul ilal

4. Ash-Shamoil

5. Asmaus sahoba

6. Kitabul jarh va ta'dil

7. Kitabuz zuhd

8. Kitabul asma val kuna

9. Kitabut tafsir

10. Rubaiyat fil hadis

11. Al-Ilalus sag'ir

12. Kitabun fil asaril mavqufa

Imom Termiziy rohmatullohi alayh dastlabki ilmni tug'ilib o'sgan joyning shayxlaridan olgan. 235-yillar atrofida 25 yoshidaturli xil shaharlar Xuroson, Iroq, Hijoz va boshqa diyor olimlaridan ilm tahsil qilganlar. O'z o'rnida eng buyuk olimlardan dars olgan. Natijada zamonasining yetuk imomlaridan bo'lib yetishdi. Xususan mashhur ustozlaridan saxix to'plam sohibi Imom Muslim ibn Hajjoj Qushayriy, Sunani Abu Duvud sohibi Sulaymon ibn Ash’aslar bilan ko'rishib ilm olgan va hadis rivoyat qilgan. Hadislar va roviylaring holatini esa eng katta ustozi hadisda mo'minlarnig amiri deb atalganMuhammad ibn Ismoil Buxoriydan olgan. Ancha muddat ustozini etagini tutib juda ko'p ilmu fazlidan bahramand bo'lgan. Qolaversa Abdulloh ibn Abdurrahmon dorimiydan va Abu Zura Roziydanlardan hamilm olgan.

Ibrohimjon domla Temirov

Mir Arab oliy madrasasi o’qituvchisi

. .