Mir Arab oliy madrasasida 2018 - yilning 17-18 mart kunlari hashar o‘tkazildi.
Muallif: . .
Sana: 18.03.2018
2201

Mir Arab oliy madrasasida 2018 yilning 17-18 mart kunlari hashar o‘tkazildi.

2018 yil 17 mart kuni darsdan so‘ng hamda 18 mart kuni Mir Arab oliy madrasasida xodim va talabalar ishtirokida hashar o‘tkazildi.

Hasharga chiqishdan oldin barcha talabalar yig‘ilib, ularga hasharda hamma birdamlik bilan ishtirok etish, tashkillashtiriladigan hashar eng xayrli va savob amallardan ekanligi to‘g‘risdagi fikrlar bildirildi.

Hasharda Mir Arab oliy madrasasining binosi, oshxonasi, talabalar yotoqxonasi, shuningdek, Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi markazi hududidagi qabristonda tozalash, obodonlashtirish ishlari olib borildi.

Hashardan so‘ng dasturxon yozilib, hashar qatnashchilariga osh tarqatildi.

. .