TUSTARIY TA’LIMOTIDA OCHLIK MО‘JIZASI
Muallif: . .
Sana: 19.10.2026
8

Annotatsiya: Ushbu maqolada IX asrda yashab ijod qilgan Sahl ibn Abdulloh Tustariy ta’limoti haqida ma’lumot beriladi. Xususan Tustariyning riyozat masalasida о‘ziga qattiqqо‘l bо‘lgani, ochlik mо‘jizasiga erishgani va bunga boshqalarni targ‘ib qilgani haqidagi ma’lumotlar keltirilgan.

Kalit sо‘zlar: Tustariy, Sahliya, Tasavvuf, Ochlik, Vasvasa, Shayton, Taom, Riyozat , Kamolot, Bashariylik, Poklanish, Ilm.

Bugungi kunga kelib yurtimizda ajdodlar merosini о‘rganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz va hukumatimiz tomonidan tadqiqotchilarni qо‘llab-quvvatlash uchun kо‘plab ishlar amalga oshirilmoqda. Bu qо‘llov moddiy va ma’naviy kо‘rinishlarda aks etmoqda. Tadqiqotchi olimlarimiz tomonidan kо‘p ilmiy ishlar qilindi va qilinmoqda. Ayniqsa, ilmiy uyg‘onish davrida ijod qilgan olimlarning ma’naviy merosi bizni kо‘plab sirlardan voqif qiladi. Shunday allomalardan biri Sahl ibn Abdulloh Tustariydir.

IX asrda yashab ijod qilgan tasavvuf mutafakkirlaridan biri Sahl ibn Abdulloh Tustariy о‘zidan katta ilmiy meros qoldirgan. Hujviriyning keltirishicha, u “Sahliya” tariqatiga asos solgan. [1, 326]

Tustariyning о‘ziga xos jihatlaridan biri uch yoshligida zikr qilishni boshlaganidir. Olti – yetti yoshlarida Qur’onni tо‘liq yod olgach, ilmga qiziqishi kuchayadi. Tariqat vazifalarini yoshligidan boshlagan Tustariy, nafsini tarbiyalash uchun rо‘za tutishni ham yoshligidan boshlaydi. Tustariy yoshlik vaqtlarini hikoya qilib, jumladan shunday deydi:

“Quvvatimni cheklash maqsadida bir dirhamga arpa sotib olib un qilib, keyin non pishirtirib faqat sahar vaqtida iftorlik qilar edim. Nonga hech bir qо‘shimcha hatto tuz ham qо‘shmasdim. Shu tariqa bir dirhamlik arpa uni bir yilga yetdi.

Sо‘ng har uch kunda bir iftor qilishni maqsad qildim. Sо‘ng besh kunda, sо‘ng о‘n besh kunda bir iftorlik qilar edim. Shu holatda yigirma yil о‘tdi. Sо‘ng chiqib bir necha yil turli shaharu qishloqlarga sayohat qildim. Sо‘ngra Tustarga qaytdim va tunlari tо‘liq ibodatda bedor bо‘lar edim”, dedi. [2, 67-68]

Tustariy yashagan davrda un mahsulotlari qо‘l mehnati bilan yetishtirilgani uchun non eng qimmatli mahsulotlardan hisoblanar edi. Bir dirham kumush tangaga olgan arpa unini bir yilga yetkazgan. Tegirmonda haydalgan unning noni bugungi kundagidek sifatli chiqmas edi. Shunday nonni о‘n besh kunda bir marta tanovul qilar edi.

U о‘n yoshligida zuhd, ibodat, taqvo kabi irfoniy savollarga mukammal javob berar edi. Uning bir yillik taomiga bir dirham kumush tanga yetar edi. Tustariy о‘ttiz va qirq kunlab hech narsa yemas edi. Agar och qolsa quvvatga tо‘lar edi va tо‘yib ovqatlansa zaiflashib qolar edi.

Imom G‘azzoliy aytdi: “bir qancha kishilar bu darajaga yetishgan. Ulardan, Muhammad ibn Amr al-Mag‘ribiy, Ibrohim at-Taymiy, Hajjoj ibn Qurofasa, Sulaymon al-Xoss, Ibrohim al-Xoss va boshqalarni keltirish mumkin. [3, 167]

Tustariy rо‘za va ochlikni о‘n besh kunda bir marta taomlanishdan bir oy yoki qirq kunda bir ovqatlanishga yetkazgan. Bu darajaga yetganlar kо‘p bо‘lgani haqida G‘azzoliy ma’lumotlar bergan. Bugungi kunda ham meditsinada ochlik bilan davolash usullari mavjud. Organizmini ochlikka asta-sekin о‘rgatib, qirq kun taom yemaslikka erishganlar juda kо‘p kasalliklardan tuzalgani va qor sovug‘ida yuvinsa ham sovuq ta’sir qilmasligi bor gap.

Tafsiri Tustariyda shunday ma’lumot keltiriladi: “Sahl yetmish kun taom yemasdan vajd holatidan quvvat olar edi. Dо‘stlariga ibodatdan zaiflashib qolmaslik uchun har juma kuni gо‘sht yeyishni buyurar edi. Sahl agar taom yesa zaiflashar va agar och yursa, kuchli bо‘lar edi. Qishning qattiq sovuq kunlarida bir kо‘ylakda ham terlab ketar edi”. [2, 177-178]

Tustariy riyozat va mujohadalar natijasida shu darajaga erishganki, yetmish kunlab taom yemagan ekan. Buning ustiga taom yesa zaiflashar ekan. Bu shundan dalolat beradiki, Tustariy bashariy tabiatdan chiqib, farishtalar tabiatiga erishgan. Zero farishtalar taom yemaydilar va shu bilan bir qatorda ularning energiyalari tugab qolmaydi. Ular energiyani zikrdan oladilar. Tustariy kam bо‘lsada, taom yeyishi uni qiynab qо‘yishi, uning farishtalar kabi ruhiy quvvatlanishga о‘tib ketganiga dalil bо‘ladi. U Allohning oshiq bandalaridan bо‘lib, oshiqqa ishqning о‘zi ozuqadir. Ishqning haroratidan sovuq kunlarda bir qavat kо‘ylakda ham terlab ketar ekan. Bu ham bashariy sifatlardan kо‘tarilib ketganining dalilidir.

Bugungi kundagi ochlik bilan davolanayotgan insonlarning asosiy maqsadi shifo topishdir. Ular о‘z maqsadlariga yetmoqdalar. Lekin, Tustariy ochlik va rо‘zani ruhiy komillikka vosita qilgan va shunchalik kam taom yeb, uzoq yashash mumkinligini isbotlagan.

Tustariy о‘z nafsini ochlik bilan chiniqtirar va boshqalarni ham ochlik mо‘jizasidan foydalanishga targ‘ib qilar edi.

Sahl dо‘stlariga aytar edi: “agar nafs sizdan gunoh ishlarni talab qilar ekan, unga ochlik va chanqoqlik bilan odob beringlar. Agar u (nafs) sizdan gunoh ish talab qilmasa, xohlaganicha taomlantiring va tunda tо‘yganicha uxlashiga qо‘yib bering”. [2, 73]

Nafslar har xil bо‘ladi. Ba’zilarning nafslari yomonlikka boshlasa, Tustariyga kо‘ra uni ochlik va chanqoqlik bilan odob berish kerak. Agar nafs gunoh talab qilmasa, uni rohatlantiravering, demoqda. Nafs tabiatan gunoh ishlarni xohlaydigan bо‘ladi. Uni qahr qilib sindirilsa, yeyin u itoat qiladi. Nafsni itoat qildiradigan eng samarali vosita bu, ochlik va chanqoqlikdir.

Imom Javziy aytadi: “Sahl ibn Abdulloh Tustariydan sо‘rashdi: “bir kunda bir marta (taom) yeydigan kishi haqida nima deysiz”? Sahl: “bu siddiqlar yeyishidir”, dedi. Yana sо‘rashdi: “bir kunda ikki marta(taom) yeydigan kishi haqida nima deysiz”?Sahl: “bu mо‘minlar yeyishidir”, dedi. yana sо‘rashdi: “bir kunda uch marta (taom) yeydigan kishi haqida nima deysiz”? Sahl: “uning ahliga aytinglar somonxona qurib berishsin”, deb javob berdi. [2, 73]

Tustariy fikricha bir kunda ikki marta taom yeydiganlar mо‘tadil musulmonlardir. Lekin uch mahal taomlanadiganlar haqida eshitib, buni hazm qila olmadi. Albatta, yetmish kunda bir taom yeydigan inson bir kunda ikki mahal taom yeyishni tasavvur qilishi ham qiyin. Lekin rо‘zada saharlik va iftorlik bо‘lgani uchun bu tartibni qabul qila olgan. Bizning davrdagi uch yoki tо‘rt mahal ovqatlanishni esa tasavvur qila olmagan.

Sahl aytdi: “albatta, ochlik – yerdagi Alloh sirlaridan bir sirdir. Buni fosh qiladiganga omonat qо‘ymaydi”. [2, 148]

Tustariyning ta’kidlashicha, ochlik Alloh sirlaridan bir sirdir. Bundagi hikmatlarni fosh qilishga ruxsat yо‘q. Albatta, bu yerda nazarda tutilgan hikmatlar ruhiy kamolotlardir. Bu holatlar banda va Robbisi о‘rtasidagi sirdir. Jismoniy foydalarini esa, Tustariyning о‘zi ham fosh qilgan.

Sahl aytdi: “kim nafsini och qoldirsa, shuning miqdoricha qoni kamayadi. Ochlik sabab qoni kamaygani miqdoricha qalbidan vasvasa uziladi. Agar majnun (jinni) о‘zini och qoldirsa, sog‘ayib ketadi”. [2, 197]

Tustariy bu о‘rinda ochlikning tibbiy jismoniy foydalari haqida ma’lumot bermoqda. Vasvasani tо‘qlik bilan aloqasi bor ekan. Doimo tо‘yib ovqatlanganda qon kо‘payadi, natijada qalbda vasvasa paydo bо‘ladi. Ochlik qonni kamaytirsa, vasvasa о‘z-о‘zidan yо‘q bо‘lar ekan. Tustariy bu о‘rinda bir tibbiy sirni ochib bermoqda. Aqldan ozganlarni och qoldirish natijasida davolash mumkin ekan.

Tustariydan: “ochlik nima?”, deb sо‘rashdi. U: “ochlik faqat gunohkor bandalardan bо‘ladi. Agar banda tavba bilan poklansa, uning iymonidagi ochlik ketadi va uning tabiatidagi ochlik qoladi. Bu ochlik iymondagi ochlikdan yengilroqdir”, dedi.

Tustariy aytdi: “banda tо‘qlik bilan eng kam yetadigan yomonligi – Allohning haqini ado etishni xohlagan ilmni yо‘qotadi. Banda ochlikdan eng kam yetadigan yaxshiligi – Allohning haqini ado etadigan ilmga yetadi. Bu esa xushu’dir.

Tustariy aytdi: “kim о‘zini och qoldirsa, unga shayton yaqinlashmaydi. Kim ilm talabi va Qur’on qiroati bilan shug‘ullansa, unga mijoz buzilishi kasali yetmaydi”. [4, 83]

Tustariy bu yerda iymondagi ochlik masalasida iymonning ma’naviy ochligini nazarda tutmoqda. Bu ochlik gunohlar sabab paydo bо‘lganini va tavba bilan poklanishini ta’kidlaydi. Demak, jismoniy ochlikdan ma’naviy ochlik qiyinroq ekan.

Tо‘qlikning zararlari haqida tо‘xtalgan Tustariy, eng kamida ilmdan mahrum bо‘lishni bashorat qilmoqda. Aksincha, ochlik bilan esa kamida о‘sha ilmga yetishni va’da qilyapti.Ochlik insonni har xil vasvasaga moyillikdan saqlaydi va insonda shayton vasvasasiga xohish bо‘lmaydi. Natijada uning oldiga shayton kelmaydi. Shayton esa insonni xohish-istaklari tomonidan keladi.

Tustariy ochlik mо‘jizasidan juda kо‘p foyda va barakalar hosil qilgan va muridlarini ham shunga targ‘ib qilgan. Tо‘qlikni vasvasa uchun о‘rin deb bilgan va beg‘am tо‘q insonlarni tanqid qilgan. Ehtimol uning tanqidlari о‘z vatanini tark qilishga majbur qilgan bо‘lishi mumkin.

Xolmurod Raximov
Mir Arab oliy madrasasi o'qituvchisi
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  • 1.ابو الحسن علي بن عثمان الهجويري. كشف المحجوب القاهرة, طلعت الشليب. م2007. ص 326.
  • 2.سهل ابن عبد الله التستري. تفسير القران العظيم. بتحقيق طه عبد الرؤوف سعد و سعد حسن محمد علي . بيرت - لبنان. دارالحرم للتراث. 1425ه-2004م. ص-178-177.
  • 3.زكريا ابن محمد الانصاري. نتاىج الافكارفي بيان معاني شرح الرسالة القشيرية. لبنان- بيرت. دار الكتب العلمية. م2007.ص. 167
  • 4.کوپریلی زاده نعمان باشا. تهذيب كلمات سهل بن عبد الله التستري و كراماته. عمان, دار الرياحين. ه1444-م2023. ص. 83
. .