Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Hadicha roziyallohu anho onamizga uylanish fazilati
Muallif: . .
Sana: 10.01.2020
2033

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning Hadicha roziyallohu anho onamizga uylanishlaridan inson eng avvalo, Nabiy alayhissalom jasadiy va jismiy huzurlanish sabablariga beeʼtibor ekanini anglaydi. Agar boshqa yigitlar kabi jismoniy rohatlanishga eʼtoblik boʻlganida, albatta oʻzidan yoshi kichik ayolga uylanar, hech boʻlmaganida yoshi kattasiga uylanmas edilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam Hadicha roziyallohu anho bilan turmushlari asnosida boshqa biror ayolga uylanishni oʻylab ham koʻrmadilar. Hatto, yoshlari ellikka yetdi. Holbuki, insonning yigirma va ellik yosh orasidagi vaqtda shahvoniy turtkilar natijasida ayollarni bir nechtaga koʻpaytirish uchun qiziqish uygʻonadi. Lekin, Muhammad sollallohu alayhi va sallam umrining ayni shu onlarida Hadicha roziyallohu anhoning ustiga boshqa xotin olishni oʻylab ham koʻrmagan. Agar, boshqa ayolni xohlaganida, xohlaganicha ayol topishi mumkin edi. Bu ishi insonlar orasidagi urf- odatlarga ham zid kelmasdi. Mana shunga qaramasdan beva, salkam oʻzidan yoshi ikki barobar katta Hadicha roziyallohu anhoga uylandi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning bu ishlari, islomga qarshi qalblari kek- adovat ila toʻlgan insonlarning ogʻzini mahkamlab yumib qoʻyadi. Ular Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylanishlarida islom diniga qaqshatqich zarba beradigan hamda paygʻambar alayhissalomning shonu shavkatini yer bilan bitta qiladigan noziq nuqtani topdik deb oʻylaydilar. Shu bilan birga ular oʻz qobiliyatlari yordamida insonlar ongida Rasululloh sollallohu alayhi va sallamni jasadiy lazzatlarga gʻarq boʻlgan va shahvatparast kishining suratida tasvirlashni hayol qiladilar. Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning uylanishlari esa tamomila buning aksiga dalolat qiladi. Shahvatparast inson yigirma besh yoshida, buzuqlik yoʻllarida daydimasdan oʻz iffatini saqlab yashamaydi. Shu bilan, oʻziga yaqin ikki barobar katta ayolga uylanib, birga yashashni hech ham qabul qila olmaydi. Ammo, keyinchalik Oisha roziyallohu anho soʻngra boshqa ayollarga uylanishlarining barchasida oʻziga xos turli hikmat va sabablari bor. Bular esa musulmonlarning qalblaridagi Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning ulugʻligi, shaʼnlari oliy va xulqlari mukammal zot ekaniga boʻlgan iymonlarini ziyoda qiladi. Hikmat va sabab qanday boʻlmasin, istakni qondirish va jinsiy ragʻbatga labbay deb javob berishning yolgʻiz oʻzigina emas. Agar, shunday boʻlganida ham nafsiy ragʻbat va uning chaqiriqlarining oʻz tabiiy vaqtida istaklarni qondirish va jinsiy ragʻbatga labbay deb javob uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallam insonlarning eng munosib, loyigʻi boʻlar edilar. Xususan, oʻsha paytlarda u kishining fikrlari tabiiy hojatlardan boshqa tarafga buradigan daʼvat va uning mashgʻulotlaridan holi edilar.

“Fiqhus siyra An-nabaviya” kitobidan

Mir Arab oliy madrasasi talabasi Muhammadyunus Muhammadmuso oʻgʻli tarjimasi.

. .