
Islom ilm dini ekani hech kimga sir emas. Dunyoda Islom dinichalik ilmga e’tibor bergan boshqa biror-bir din yoki ta’limot yo‘q.
Voqeligimizdan kelib chiqib, ming afsuslar bo‘lsin-ki, ko‘pchiligimiz ilmga kerakli mas’ulyat bilan qaray olmayapmiz. Xususan diniy ta’limotlarni o‘rganishga bo‘lgan e’tiborimiz ham quvonarli ahvolda emas. Ko‘pchiligimiz diniy tushunchalarni o‘zlashtirish uchun tayyor kitoblarni yoki maqolalarni ham o‘qishga yalqovlik qilamiz. Biz o‘tgan ajdodlarimizga munosib bo‘lib, ular bosib o‘tgan izlardan ergashib bormog‘imiz lozimdir. Buyuklarimizni Islom shariatga qo‘shgan ulkan xizmatlari haqida ko‘p va ho‘p eshtganmiz. Lekin ularni dorishunoslikka qo‘shgan beqiyos xizmatlari haqida eshtganmizmi? Keling yaxshisi shu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsak.
Buyuk bobokalonlarimiz Islom dini ko’rsatmalariga og‘ishmay amal qilib yashagan paytlarida har sohada butun olamga ustoz bo’lishgan. Yuqorida aytganimiz Islom diniga qo‘shgan xizmatlarini soni yo‘q, sanog‘i yo‘q, haddi yo‘q hisobi yo‘q. Shu bilan bir qatorda boshqa ilmlarda ham peshqadam bo‘lganlar. Kimyo ilmi, Falakiyot, Matematika, Tibbiyot, Fizika va hakzo. Xususan dorishunslik sohasiga ham salmoqli hissa qo‘shganlar.
Albatta, tibbiyot bor joyda dorishunoslik ham bo’ladi.. Tibbiyotning rivojiga qarab, dorishunoslik ham rivojlanadi. Chunki bu ikki narsa bir-biriga chambarchas bog‘likdir. Musulmon xalqlar o‘z dinlarini mahkam tutib, uning ko‘rsatmalriga amal qilib yashab, ilmning hech kim chiqa olmagan cho‘qqilariga chiqqan paytlarida, tib ilmida olamshumul kashfiyotlar qilgan vaqtlarida dorishunoslik bo‘yicha ham shu kabi muvaffaqiyatlarga erishganlar.
Bu soha bo‘yicha hamma xalqlar musulmonlarga shogird bo‘ldilar. Ularning kashfiyotlaridan foydalandilar. Hatto ba’zi istilohlarini ham o‘z tillariga qabul qildilar. Dorishunoslikning bosh istilohlaridan biri “dorixona” ajnabiy tillarda “apteka” deyiladi. Biz bu so‘zni ajnabiycha deb o‘ylab, ishlatishdan tortinamiz. Ammo ajnabiylardan ushbu so‘z nima ma’noni anglatishi so‘ralsa, ularning biladiganlari bu so‘z aslida arabcha ekanligini aytadilar. Ha, “apteka” so‘zi arab tilidagi «abu tekka»
so‘zining bir oz buzilgan ko‘rinishidir. Bu so‘z «har xil narsa sotiladigan do‘kon» degan ma’noni anglatadi. Avvallari dori-darmonlar attorlik do‘konlariga o‘xshash har xil mayda-chuyda narsalar sotiladigan do‘konlarda sotilgan ekan. Keyinchalik, musulmonlar harakati bilan, dorishunoslik rivojlanib, aptekalar alohida bo‘lgan.
Aynan ajnabiy g’arbliklar dorishunoslik ilmi va kasbiga birinchi bo‘lib musulmonlar asos solganlarini e’tirof qlishgan.
Dorishunoslikni - farmakologiyani birinchi bo‘lib tashkil etgan olim Sobir ibn Saxl bo‘lib, u kishi hijriy 560 sanada vafot etgan.
Dori ichishni osonlashtirish uchun uni shirinlik qo’shilgan va suyuq holda tayorlash ham birinchi bo’lib musulmonlarni aqillariga kelgan. Ular bunday dorilarni “sharob” deganlar. G‘arbliklar o‘sha nomni biroz o‘zgartirib “sirob” deb atashgan.
Dorishunoslik bo‘yicha birinchi o‘quv yurtini tashkil qilganlar ham musulmonlardir.
Dorixonalarni birinchi ochganlar ham musulmonlar. Yer yuzidagi birinchi to‘liq ma’nodagi dorixona Bag‘dod shahrida tashkil etilgan. Solishtirish uchun aytadigan bo‘lsak, Yevropadagi birinchi dorixona undan besh yuz yil keyin ochilgan.
Musulmonlar dorishunoslik bo‘yicha dunyodagi eng mashhur kitoblarni ta’lif qilganlar. Mazkur kitoblar ichida eng mashhurlaridan biri buyuk vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning “Saydana” kitobidir. Shuningdek, bu sohadagi dunyoga mashhur kitoblar qatorida Roziyning “al-Hoviy”, Ibn al-Baytorning “al-Jome’ li mufradotil adviya val ag‘ziya”, Dovud al-Antokiyning “Tazkira”, Beruniyning “Kitobul Aqoqiyr” kitobi va boshqalarni zikr qilishimiz mumkin.
Musulmonlar dori olish uchun bemorga tibbiy qog‘oz yozib berishni ham birinchi bo‘lib muomilaga kiritganlar. Tabiblar xastalik tashxisini va unga zarur bo‘lgan dorilarni o‘sha tibbiy qog‘ozga yozib berar edilar. Dorishunoslar unga karab, dori berar yoki tayyori bo‘lmasa, tayyorlab berar edilar.
Musulmonlar dunyoda birinchi bo‘lib dorishunoslarni imtihondan o‘tkazib, qo‘llariga hujjat
berishni va ismlarini umumiy ro‘yxatga yozib qo‘yishni yo‘lga qo‘ydilar. Shuningdek, ular dorishunosning tabibning ishiga aralashishini man qildilar va tabibga xususiy dorixona ochishni
man kildilar.
Bu narsalarni zikr qilishdan maqsadimiz, buyuk tariximizni o‘rganish, ulug‘ ajdodlarimizdan o‘rnak olish va eng muhimi, o‘zimiz ular kabi jahon xalqlarining oldingi safiga o‘tishga harakat qilishimiz zarurligini anglab yetish va shu yo‘lda kerakli choralarni ko‘rishdir.
Mehribon Robbimiz kelajakda bizlarni ichlarimizdan dunyo xalqlarining oldinga safiga o’tib, har sohadabutun jaxonga ustoz bo’ladigan zotlar chiqishni nasib qilsin!
Qosimov Ubaydulloh
Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi
Eng ko'p o'qilgan Talaba minbari
