
Bu yil Shimoliy qutbga yaqin mamlakatlarda roʻza 18 soatgacha davom etadi. Janubiy qutbga yaqin mamlakatlarda 12 soatgacha.
23-mart kuni musulmonlarning muqaddas Ramazon oyi boshlanadi. Tong otishidan quyosh botishigacha boʻlgan roʻza yashash manziliga qarab 12 dan 18 soatgacha davom etadi. Islom arkonlariga koʻra, roʻzador kishi kunduzi ovqatlanish, ichish, chekish va jinsiy yaqinlikdan saqlanishi lozim.
Nega Ramazon har yili har xil kunda boshlanadi?
Har yili Ramazon avvalgiga qaraganda 10-12 kun oldin boshlanadi. Chunki Islom taqvimi hijriy qamariy taqvimga asoslangan va oylar 29 yoki 30 kundan iborat. Bu yil Makkada roʻzaning birinchi kuni 23-mart, payshanba kuni boʻladi.
Qamariy yil quyosh yilidan 11 kunga qisqa boʻlgani uchun Ramazon oyi 2030-yilda ikki marta, avvaliga 5-yanvarda, keyin esa 25-dekabrda boshlanadi.

Keyingi safar Ramazon 33 yildan keyin, 2056-yilda 23-martda boshlanadi.
Dunyo boʻylab roʻza tutish vaqtlari
Roʻza tutish soatlarining miqdori butun dunyo boʻylab farq qiladi.
Chili yoki Yangi Zelandiya kabi dunyoning eng janubiy mamlakatlarida yashovchi musulmonlar bu yil oʻrtacha 12 soat, Islandiya yoki Grenlandiya kabi shimoliy mamlakatlarda yashovchilar esa 17 soatdan ortiq roʻza tutishadi.

Shimoliy yarimsharda yashovchi musulmonlar uchun bu yil roʻza tutish soatlari biroz qisqaradi va 2031-yilgacha, yaʼni Ramazon eng qisqa kunni qamrab olgunga qadar kamayib boradi. Ekvatordan janubda yashovchi musulmonlar uchun esa buning aksi boʻladi.
20-apreldan 22-avgustgacha quyosh botmaydigan Norvegiyaning Longyir kabi shimoliy shaharlarda Makka, Saudiya Arabistoni yoki eng yaqin musulmon mamlakati vaqti boʻyicha roʻza tutiladi.
Quyida dunyo shaharlarida roʻza tutish soatlarining oʻrtacha miqdori keltirilgan. Haqiqiy miqdori hisoblash usullariga qarab oʻzgarib turadi.

Qaysi shaharlarda roʻza tutish vaqti eng uzun?
– Nuuk, Grenlandiya: 17 soat
– Reykyavik, Islandiya: 17 soat
– Helsinki, Finlyandiya: 17 soat
– Stokholm, Shvetsiya: 17 soat
– Glazgo, Shotlandiya: 17 soat
– Amsterdam, Niderlandiya: 16 soat
– Varshava, Polsha: 16 soat
– London, Buyuk Britaniya: 16 soat
– Ostona, Qozogʻiston: 16 soat
– Bryussel, Belgiya: 16 soat
– Parij, Fransiya: 15 soat
– Syurix, Shveysariya: 15 soat
– Buxarest, Ruminiya: 15 soat
- Ottava, Kanada: 15 soat
– Sofiya, Bolgariya: 15 soat
– Rim, Italiya: 15 soat
– Madrid, Ispaniya: 15 soat
– Sarayevo, Bosniya va Gersegovina: 15 soat
– Lissabon, Portugaliya: 14 soat
– Afina, Gretsiya: 14 soat
– Pekin, Xitoy: 14 soat
– Vashington, AQSH: 14 soat
– Pxenyan, Shimoliy Koreya: 14 soat
– Anqara, Turkiya: 14 soat
– Rabot, Marokash: 14 soat
– Tokio, Yaponiya: 14 soat
– Islomobod, Pokiston: 14 soat
– Kobul, Afgʻoniston: 14 soat
– Tehron, Eron: 14 soat
– Bagʻdod, Iroq: 14 soat
– Bayrut, Livan: 14 soat
– Damashq, Suriya: 14 soat
– Qohira, Misr: 14 soat
– Quddus: 14 soat
– Kuvayt, Kuvayt: 14 soat
– Gʻazo, Falastin: 14 soat
– Dehli, Hindiston: 14 soat
– Honkong: 14 soat
– Dakka, Bangladesh: 14 soat
– Maskat, Ummon: 14 soat
– Ar-Riyoz, Saudiya Arabistoni: 14 soat
– Doha, Qatar: 14 soat
– Dubay, BAA: 14 soat
– Adan, Yaman: 14 soat
– Addis-Abeba, Efiopiya: 13 soat
– Dakar, Senegal: 13 soat
– Abuja, Nigeriya: 13 soat
– Kolombo, Shri-Lanka: 13 soat
– Bangkok, Tailand: 13 soat
– Xartum, Sudan: 13 soat
– Kuala-Lumpur, Malayziya: 13 soat
– Singapur: 13 soat
– Nayrobi, Keniya: 13 soat
– Luanda, Angola: 13 soat
– Jakarta, Indoneziya: 13 soat
– Brazilia, Braziliya: 13 soat
– Harare, Zimbabve: 13 soat
– Yohannesburg, Janubiy Afrika: 13 soat

– Buenos-Ayres, Argentina: 12 soat
– Syudad del Este, Paragvay: 12 soat
– Keyptaun, Janubiy Afrika: 12 soat
– Montevideo, Urugvay: 12 soat
– Kanberra, Avstraliya: 12 soat
– Puerto Mont, Chili: 12 soat
– Krayscherch, Yangi Zelandiya: 12 soat
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
