HAQIQIY TAVBA QILGAN INSON QISSASI
Muallif: . .
Sana: 23.03.2023
396

Rivoyat qilinishicha, Muso alayhissalom davrida Bani Isroilga qahatchilik keldi. Odamlar Muso alayhissalom oldiga borib: "Ey kalimulloh, Robbingiz bizga yomgir yog'dirishini soʻrab duo qiling", deyishdi. Birga, borib sahroga chiqishdi. Ular yetmish ming yoki undan koʻproq odam edi. Muso alayhissalom dedilar: "Allohim, bizga yomgir tushir, rahmatingni yogʻdir, chaqaloqlari bor onalar, oʻtloqdagi chorva hayvonlari, munkaygan keksalar tufayli bizlarga rahm qil". Osmon yanada bulutsiz bolib, quyosh battar qizdirdi. Muso alayhissalom: "Allohim, agar huzuringda mening hurmatim yoʼq bolsa, oxiri zamonda yuboradiganing ummiy nabiy Muhammad sollallohu alayhi vassalam hurmati (bizga yomgʻir yogʻdir), dedi. Shunda Alloh unga shunday vahiy yubordi: "Huzurimda sening hurmatining yoq emas, sen ham huzurimda arzirlisan. Lekin ichingizda 40 yildan beri menga gunoh bilan roʻbaro boʻladigan odam bor. Odamlarga nido qil, u ichingizdan chiqib tursin, u tufayli sizlar yomgʻirdan man qilinmoqdasiz". Muso alayhissalom aytdi: "Allohim, men zaif bandaman, ovozim ham zaif. Ular 70 mingdan ziyod boʻlsa qanday yetib borishi mumkin?". Alloh unga vahiy yubordi: "Chaqirish sendan yetkazish mendan". Muso alayhissalom turib: "Allohga qirq yildan beri gunohkor holda roʻbaro boʻladigan osiy banda. Bizning oramizdan chiq, sen tufayli biz yomgʻirdan man qilindik", dedilar. U gunohkor kishi turdi ungi va soʻliga qaradi. Hech kimning chiqqanini koʻrmadi va soʻralayotgan odam oʻzi ekanini bildi. Ichida: "Agar men xaloyiq ichidan chiqsam Bani Isroil ichida fosh bo'laman, chiqmasdan o'tiraversam, ular men tufayli yomg'irdan man qilinadilar, - dedi va afsus chekkan holida keyimiga o'ranib oldi va Allohim, men senga qirq yildan beri osiy bo'laman, sen menga muhlat berding men boʻyin sunib keldim, bas, meni qabul qil - deb aytdi. U so'zini tugatmasdan oq bulut kotarilib yomg'ir chelaklab quya boshladi. Shunda Muso alayhissalom so’radi Allohim nima sababdan bizga yomg'ir berding axir ichimizdan hech kim chiqmadi-ku? "Ey Muso, sizlar man qilingan kishi tufayli sizlarga yomgʻir yogʻdirdim",- dedi. Muso alayhissalom: "Bu itoatkor bandani menga koʻrsat", dedilar. Alloh taolo:"Ey Muso,U Menga osiylik qilganida uni fosh qilmadim, Menga itoat qilayotganda fosh qilamanmi? Ey Muso men chaqimchilarni yomon koʻraman, Oʻzim chaqimchi boʻlayinmi?"- dedi. Rivoyatdagi inson kabi biz xatokorlar ham Alloh taologa osiylik yoʻlidan itoat yoʻliga qaytsak, albatta, Robbimiz bizga ulugʻ fazllar qiladi, gunohlarimizni avf etib, oliy darajalariga koʻtaradi, inshaalloh.

G'aniev Olim

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .