ABUL QOSIM HAKIM SAMARQANDIY
Muallif: . .
Sana: 23.03.2023
265

Is’hoq ibn Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn Zayd Hakim Samarqandiy. (257-342)

Bu kishi Afg’onistonning Balx viloyatida hijriy 257- yilda tug’ilgan. Zamonasida Balx mashoyixlaridan ko’plab shariat va tasavvuf ilmlarini olgan. Samarqandga uzoq yillar mobaynida qozilik qilganligi uchun qozi, hikmatli voqealarda ko’plab misol keltirilganligi uchun hakim laqablarini olgan.

Eng ulug’ ustozlaridan Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar Varroq Termiziydir, Ahmad ibn Abbos ibn Husayn ibn Jabalata ibn G’olib ibn Jobir ibn Navfal ibn Iyoz ibn Yahyo ibn Qays ibn Sa’d ibn Uboda Ansoriy Xozrajiy Samarqandiy va Amr ibn Osim ibn Shoh ibn Xozim Abu Osim Marvaziylardir.

Hakim Samarqandiyningulug’ ustozi Shayx Abu Bakr Muhammad ibn Umar Varroq Termiziy, bu zot to’g’risida shunday degan: “Agar Mustafo sollallohu alayhi vasallamdan keyin Nabiy kelganida edi, u, ilm-u hikmati, adolati va xalqqa shafqati tufayli Abu Bakr Varroq bo’lar edi”.

Shogirdlari, Abdulkarim ibn Muhammad ibn Muso Buxoriy, Abu Fazl Abdulkarim ibn Muhammad ibn Muso Buxoriylardir.

Kalaboziy Hanafiy aytadi: “U meros, hadis, fiqh, kalom, lug’at, Qur’on ilmlarini o’zida jamlagan fazilat egalaridandir. Buni yozgan kitoblari ko’rsatib turibdi”.

Abu Abbos Nasaviy aytadi: Unda nafs va amallar ofati, muamilot va zohiriy imlardan chuqur saviyasi bor edi. Shuning uchun ham umrining oxirigacha qozilik qilgan.

Zamondoshlari Hakim Samarqandiyni shunday vasf qiladilar: “Qozilik ishida uning ko’zi mansab yoki obro’ni emas, faqat Allohni ko’rar edi. Xalq bilan ularning haqlari borasida gaplashar edi, o’zining xaqqida emas

Bu zot muharram oyining o’ninchi kunida hijriy 342-yil, Samarqandda vafot etgan. Maqbarasi “Chokardiza” qabristonida.

G’iyosov Dilshod

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .