
2023-yil 16-mart kuni Xorazm viloyatidagi “Imom Faxriddin ar-Roziy” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasila boʻlib oʻtgan “Jaholatga qarshi maʼrifat” intellektual bellashuvida talabalar “Tanishtiruv”, “Savol-javob”, “Ijodiy yondashuv” va “Sarhisob”dan iborat toʻrt shart asosida boʻlib oʻtdi.
Ushbu shartlarda munosib ishtirok etib, intellektual bellashuvda faxrli oʻrinni egallab, gʻoliblikni qoʻlga kiritgan jamoalar hamda turli nominatsiyalar boʻyicha jamoalarni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho sovgʻalar va faxriy yorliqlar topshirildi.
Xususan:
Faxrli 1-oʻrinni egallagan “Xadichai Kubro” ayol-qizlar oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi jamoasiga birinchi darajali diplom va Zamonaviy smart doska (65 hajmda);
2-oʻrinni egallagan Imom Buxoriy nomli Toshkent islom instituti jamoasiga ikkinchi darajali diplom va Muzlatgich;
3-oʻrinni egallagan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom taʼlim muassasasi jamoasi uchinchi darajali diplom va Kir yuvush mashinasi (avtomat)ga ega boʻldilar.
Shuningdek, faxrli oʻrinni egallay olmagan ishtirokchi jamoalar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi va “Vaqf” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining faxriy yorligʻi, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining Xorazm viloyatidagi vakilligi hamda homiylar tomonidan tayyorlangan maxsus sovgʻalar bilan taqdirlanadi.
Manba www.muslimuz
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
