OʻZBEKISTON MUSULMONLARI IDORASI HAJ ZIYORATCHILARI UCHUN NIMCHA VA SUMKA TAYYORLAB BERUVCHI KORXONA HAMDA TASHKILOTLAR OʻRTASIDA TANLOV EʼLON QILADI
Muallif: . .
Sana: 15.03.2023
32

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi 2023-yilgi haj ziyoratchilari uchun nimcha (kamzul) va sumka tayyorlab beruvchi korxona hamda tashkilotlar oʻrtasida mazkur mahsulotlarga alohida-alohida tanlov eʼlon qiladi.

Mahsulotlarga qoʻyilgan talablar

Erkaklar nimchasi

Oʻlchamlari 50-52-54-56-58 boʻlishi, tugmali, kiyimning orqa tomonida Oʻzbekiston bayrogʻining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi boʻlishi, ogʻirligi 190-220 gramm zichlikda boʻlib, rangi moviy boʻlishi lozim. Old tomonida uchta choʻntak boʻlib, yuqori chap choʻntak ustiga Oʻzbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi kerak.

Ayollar nimchasi

Oʻlchamlari 50-52-54-56-58. Tugmali, kiyimning orqa tomonida Oʻzbekiston bayrogʻining tasviri va UZBEKISTAN yozuvi boʻlishi, ogʻirligi 190-220 gramm zichlikda boʻlib, rangi moviy boʻlishi kerak. Old tomonida ikkita choʻntak boʻlib, yuqori chap qismida Oʻzbekiston musulmonlar idorasi huzuridagi “Haj” va “Umra” markazining logotipi tushirilishi lozim.

Sumka

Yorqin koʻk rangda boʻlib, ogʻirligi 250-280 gramm zichlikdagi matodan tikilishi, yon tomonida suv olib yurishga moʻljallangan choʻntak boʻlishi, old tomonida esa telefon uchun choʻntak va shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar uchun shaffof choʻntak joylashgan boʻlishi talab etiladi.

Tanlovda ishtirok etmoqchi boʻlgan korxona va tashkilotlar 2023-yil 30-mart kuniga qadar hujjatlarni Oʻzbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishi zarur.

Manzil: Toshkent shahri Olmazor tumani Qorasaroy koʻchasi, 47-uy. Telefonlar: 71-240-04-75.

Manba muslim.uz

. .