KASHANDALIK - UMR ZAVOLI
Muallif: . .
Sana: 14.03.2023
591

Sizu bizni yoʻqdan bor qilgan, dunyo va oxiratimiz saodati uchun koʻrsatmalarni koʻrsatib qoʻygan Alloh Haq subhanahu va taologa beadad hamdu sanolar boʻlsin. Bizlarning hayotimizda zararli boʻlgan narsalarni haromligini bildirgan, oxiratimiz uchun foydali boʻlgan ishlarni oʻz amallari ila koʻrsatgan nasihatgoʻy Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga cheksiz durudu salovotlar boʻlsin.

Ilohiy, azaliy bir qoida mavjud: “Kim oʻzini bu dunyoning harom lazzatlaridan oʻzini tiysa, Alloh taolo unga bu dunyoda iymon halovatini, ibodat lazzatini va qolgan halol rohatlarni nasib qiladi va oxiratda esa unga abadiy lazzatlarni muyassar qiladi.

Bular zino, mast qiluvchi ichimliklar ichish, birovning ustidan masxaralab kulish, aqlni shoshiradigan va insonni boʻshashtiradigan moddalarni isteʼmol qilish. Bu ishlar insoniyatga zarar boʻlgani uchun Parvardigori olam bularni barchasini harom qilgan.

Sigaret va nos chekilishining sabablari:

  1. Taqlidan – har bir chekuvchi otaning aksariyat farzandlari chekuvchi boʻladi. Nima uchun? Chunki bola ota-onasini oʻzi uchun ideal shaxs, mukammal timsol, namunali shaxs deb biladi. Tezroq katta boʻlishi uchun farzand oʻz ota-onalarining qiladigan har bir ishlariga taqlid qiladi. Sigaret cheksa, sigaret chekadi, nos cheksa, nos chekadi, soʻksa, soʻkadi.

قال رسول الله صلعم : “ ما حَسَّنَ اللهُ خَلْقَ إمراءٍ و خُلقَهُ فلا تُطْعِمُهُ النارَ

«Alloh taolo kimning xalqini va xulqini, yaʼni suratini va siyratini goʻzal qilgan boʻlsa, uni doʻzax olovida yoqmaydi».

قال رسول الله صلي الله عليه و سلّم :" رحم الله والدَ أعان ولدَهُ على برّهِ

Yaxshilik qilishda oʻgʻliga yordam bergan otani Alloh taolo oʻz rahmatiga oladi”.

  1. Asabni tinchlantirish uchun – toʻgʻri nos va sigaret boʻshashtiruvchi xislati mavjud, ammo bu chekish mumkin degani emas. Musulmon nima narsa bilan tinchlanishini Xudoi taborak va taolo Qurʼonda zikr qilgan:

الَّذِينَ آَمَنُوا وَتَطْمَئِنُّ قُلُوبُهُمْ بِذِكْرِ اللَّهِ أَلَا بِذِكْرِ اللَّهِ تَطْمَئِنُّ الْقُلُوبُ

U moʻminlar, qalblari Allohning zikri bilan tinchlanadigan zotlardir. Bilingki, Allohni zikr etish bilan qalblar orom olur va taskin topar[1]

الَّذِينَ يَخْشَوْنَ رَبَّهُمْ ثُمَّ تَلِينُ جُلُودُهُمْ وَقُلُوبُهُمْ إِلَى ذِكْرِ اللَّهِ

Undan oʻqilganda Parvardigordan qoʻrqadigan zotlarning terilari titrab ketar, soʻngra terilari va dillari Allohning zikriga yumshar[2]

عَنْ سَهْلِ بْنِ مُعَاذِ بْنِ أَنَسٍ الْجُهَنِىِّ عَنْ أَبِيهِ عَنِ النَّبِىِّ -صلى الله عليه وسلم- قَالَ « مَنْ كَظَمَ غَيْظًا وَهُوَ يَسْتَطِيعُ أَنْ يُنَفِّذَهُ دَعَاهُ اللَّهُ يَوْمَ الْقِيَامَةِ عَلَى رُءُوسِ الْخَلاَئِقِ حَتَّى يُخَيِّرَهُ فِى أَىِّ الْحُورِ شَاءَ ».

Kim gʻazabini yutsa, vaholanki u oʻsha jazoni qoʻllab biladi, u shu ishga qodir boʻla turib, gʻazabini yutsa, Alloh uni qiyomat kuni xaloyiqning oldiga chaqirib, huru aʼynlarnidan istaganini tanlash ixtiyorini beradi

Alloh taolo Qurʼonni azimush shaʼnda marhamat qiladi:

خُذِ الْعَفْوَ وَأْمُرْ بِالْعُرْفِ وَأَعْرِضْ عَنِ الْجَاهِلِينَ

Kechirimli boʻl, yaxshilikka buyur va johillardan yuz oʻgir[3]

  1. Oʻrtoqlari orasidan ajralmaslik uchun – koʻpincha oʻspirinlar oʻzlarining atrofidagilarga yaxshi koʻrinshlari uchun, johil oshnalari uni ham oʻz davralariga qoʻshib olishlari uchun mana shunday qabih ishga qoʻl uradilar.

عَنْ عَبْدِ اللَّهِ عَنِ النَّبِىِّ - صلى الله عليه وسلم - أَنَّهُ قَالَالْمَرْءُ مَعَ مَنْ أَحَبَّ ” .

Kishi oʻzining yaxshi koʻrgani bilan birga boʻladi

Hazrati Maxtumqulining bir hajviy baytlari bor chilimkash haqida:

Qoʻlingni tort bunday nohaq taloshdan

Puling kuyar, iching yonar bu ishdan

Erta qorning toʻldirarlar otashdan

Zaxmi chiqmas, qolar jonda, chilimkash.

Ikki dunyo yaxshilik yoʻq egriga

Erkak boʻlsang, qadam qoʻygʻil toʻgʻriga

Benamozga, gʻiybatchiga, oʻgʻriga

Yoʻldosh boʻlar yovuz kunda chilimkash.

Maxtumquli, Mavlom jondan yaqindir

Chilim achchiq tutun, tan bir zamindir

Iymon bir qushdir-u, gavda bir indir

Qush turmagay buzuq inda, chilimkash

Musulmonchiligimiz bizlarni poklikka, toza-ozodalikka chaqiradi va birovga ozor bermaslikka undaydi. Xulosa oʻrnida quyidagi xadisi sharifni quyida keltiramiz:

عن عائشة ، قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : “ الإسلام نظيف فتنظفوا ، فإنه لا يدخل الجنة إلا نظيف

Pok boʻlinglar, zero Islom dini pokdir va faqat pok kishilar jannatga kirurlar

Roxat Muhammadshoyeva

Mir Arab Oliy madrasasi 3 bosqich talabasi

[1] Raʼd 28

[2] Zumar 23

[3] Aʼrof 199

. .