Ixtilof dinimizga zarardir
Muallif: . .
Sana: 09.03.2023
411

O’zining qiyomatgacha boqiy kitobi bo;lmish qur;oni karimda mo’min bandalariga xitob qilib: “ o’zaro nizo qilmang aks xolda tushkunlikka uchraysiz va kuch quvvatingiz ketadi ” degan Alloh taologa hamdu sanolar bo’lsin. O’z ummatlariga qarata : “ ixtilof qilmanglar yana qalbingiz ixtilofli bo’lib qollmasin”, deya ta’kidlagan nabiyimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi va sallamga salavotu salomlar bo’lsin.

Ba’zi johil, ilmsiz kishilarni uchratamiz hayoli, butun fikri-yu zikri faqat ixtilofda, musulmonlar necha asrlardan beri toyilmay amal qilib kelayotgan ishlarda fitna chiqarish bilan ovora bo’ladilar. Chunki o’zlari haqli bo’lmasdan turib, dalillar borasida aqillari yetmasdan turib kirishib olganlar endilikda ularga to’g’ri yo’l ko’rsatilsa ham anglamaydilar.

Alloh taolo Anfol surasining 46-oyatida ixtilofni, o’zaro tortishuvni zararlarini bayon qiladi.

وَأَطِيعُوا اللَّهَ وَرَسُولَهُ وَلَا تَنَازَعُوا فَتَفْشَلُوا وَتَذْهَبَ رِيحُكُمْ ۖ وَاصْبِرُوا ۚ إِنَّ اللَّهَ مَعَ الصَّابِرِينَ

Allohga va uning Rasuliga itoat qiling. O’zaro nizo qilmang, u holda tushkunlikka uchraysiz va kuch-quvvatingiz ketadir. Va sabr qiling. Albatta, Alloh sabr qiluvchilar bilandir.

Demak, zaiflashish va kuch-quvvatning ketishiga asosiy sabab o’zaro tortishish, ixtiloflarga berilish va bundan kelib chiqadigan parokandalik turar ekan.

Ibn Masud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Bir kishining bir oyatni o’qiganini eshitdim, men Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan bundan boshqacha o’qiganlarini eshitgan edim. Shunda uni Nabiy sollallohi alayhi vasallamning oldilariga olib kelib, u zotga bor gapni aytdim. U zotning yuzlaridan yoqtirmaganlarini payqadim. Shunda u zot: “Ikkingiz ham to’g’ri qilgansiz. Ixtilof qilmanglar, chunki sizlardan avvalgilar ixtilof qilishdi va halok bo’lishdi”, dedilar”.

Xulosa o’rnida aytish mumkinki, hozirgi kunda ba’zi hukmlar borasida ixtilofga tushib qolinsa arab tilini bilmaydigan, madrasa ko’rmagan bo’lsak Shayx Muhammad Sodiq Muhammad yusuf hazratning kitoblariga murojat qilishimiz mumkin. Hatto u kishi xalqimiz orasida tushunmovchilikka sabab bo’lgan masalalarni jamlab “Ixtiloflar: sabablar, yechimlar” deb alohida kitob ham ta’lif etganlar. Yoki bo’lmasa Diniy idora qoshida fatvo bo’lim mavjud bo’lib, o’sha joyga xoh internet orqali xoh telefon orqali savollarimizni berib, o’sha zaxoti ulamolardan batafsil va ilmli javoblarni olishimiz va oramizdagi ixtiloflarni bartaraf etishimiz mumkin.

Mir Arab oliy madrasasitalabaasi

Mamadaliyev Mahmudxon


. .