
Kuni kecha Davlatimiz Rahbarining Mir Arab oliy madrasasiga tashrifi boʻlib oʻtgan edi. Bugun Buxoro viloyat hokimi Botir Zaripov Mir Arab oliy madrasasiga tashrif buyurib, Oliy madrasaning yangi binosi toʻliq foydalanishga topshirilgani bilan barchani tabrikladi.
Shuningdek, B.Zaripov kechagi tashrifda Oliy madrasada Prezidentimiz bilan birgalikda jamoaviy rasmga tushilgani, Davlatimiz Rahbari ushbu rasmlarni imzolab, ularni egalariga yetkazish boʻyicha alohida topshiriq berganlarini taʼkidladi hamda esdalik rasmlarni oʻqituvchi va talabalarga tantanali ravishda topshirdi.
Tadbir soʻngida Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir domla Elov soʻzga chiqib, Prezidentimiz rahbarligida diniy sohada olib borilayotgan islohotlarini alohida eʼtirof etdi hamda xalqimiz farvonligi, yurtimiz tinch-osoyishtaligi bardavom boʻlishini tilab duoyi xayrlar qildi.
Mir Arab oliy madrasasi matbuot xizmati
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
