OLIY MADRASASIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAZRATLARINING IJODINI OʻRGANISHGA BAGʻISHLANGAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI
Muallif: . .
Sana: 13.02.2023
616

Mir Arab oliy madrasasida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540-yilligiga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur (1483-1530) millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.

Tadbirda Mir Arab oliy madrasasining oʻqituvchi va talabalari, Buxoro davlat universiteti “Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori H.Eshonqulov hamda kafedra oʻqituvchisi A.Hamidov ishtirok etdi.

Tadbirda Buxoro davlat universitetidan tashrif buyurgan adabiyotshunos, olim H.Eshonqulov maʼruza qilib, Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayoti, ijodi, qoldirgan ilmiy merosi, asarlaridagi yaxshilik, goʻzallikka targʻib masalalari toʻgʻrisidagi fikrlarni bildirdi.

Tadbir davomida talabalar H.Eshonqulovga Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti hamda ijodiga doir savollar berib, mutaxassis bilan oʻzaro fikr almashdilar. Tadbir davomida, buyuk sarkarda haqida mashhurlar keltirgan faktlar aytib oʻtildi. Jumladan:

- «Saxovati va mardligi, isteʼdodi, ilm-fan, sanʼatga muhabbati va ular bilan muvaffaqiyatli shugʻullanishi jihatidan Osiyodagi podshohlar orasida Boburga teng keladigan birorta podshoh topilmaydi». Ingliz olimi Uilyam Erskin

- Bobur Hindistonga kelgandan keyin katga siljishlar yuz berdi va yangi ragʻbatlantirishlar hayotga, sanʼatga, arxitekturaga toza havo baxsh etdi, madaniyatning boshqa sohalari esa bir-birlariga tutashib ketdi. Javaharlal Neru, jamoat arbobi

- Bobur feʼl-atvoriga koʻra sezarga qaraganda sevishga arzigulikdir. Uning manglayiga yuksak fazilatli inson deb bitib qoʻyilgan. Eduard Holden, tarixchi olim

- Mirzo Boburning Hindistondagi qudrati uning bosib olgan yerlari bilan emas, u hind xalqining koʻnglida uygʻota olgan hurmat-ehtirom bilan oʻlchanadi. Qamar Rais, jamoat arbobi va adabiyotshunos

- Boburning hind xalqiga qilgan eng katta xizmati shuki – u xalqimizning ruhiy-maʼnaviy olamini kengaytirib, ularni oʻz kulbalaridan tashqariga qarashga, dunyoning naqadar katta ekanini anglashga majbur qildi. Bobur sanʼat va, ayniqsa, adabiyotni sevardi. Javoharlal Neru, jamoat arbobi

Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonga tashakkur bildirilib, Buxoro davlat universitetiga oʻzaro hamkorlik uchun minnatdorchilik xati yuborildi.

Mir Arab oliy madrasasi matbuot xizmati

OLIY MADRASASIDA ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR HAZRATLARINING IJODINI OʻRGANISHGA BAGʻISHLANGAN MAʼNAVIY-MAʼRIFIY TADBIR OʻTKAZILDI

2023-yil 13-fevral kuni Mir Arab oliy madrasasida Buxoro davlat universiteti bilan hamkorlikda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud kuniga bagʻishlangan maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

Tadbirda Mir Arab oliy madrasasining oʻqituvchi va talabalari, Buxoro davlat universiteti “Oʻzbek adabiyoti” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori H.Eshonqulov hamda kafedra oʻqituvchisi A.Hamidov ishtirok etdi.

Tadbirda Buxoro davlat universitetidan tashrif buyurgan adabiyotshunos, olim H.Eshonqulov maʼruza qilib, Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlarining hayoti, ijodi, qoldirgan ilmiy merosi, asarlaridagi yaxshilik, goʻzallikka targʻib masalalari toʻgʻrisidagi fikrlarni bildirdi.

Tadbir davomida talabalar H.Eshonqulovga Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti hamda ijodiga doir savollar berib, mutaxassis bilan oʻzaro fikr almashdilar.

Tadbir yakunida tashrif buyurgan mehmonga tashakkur bildirilib, Buxoro davlat universitetiga oʻzaro hamkorlik uchun minnatdorchilik xati yuborildi.

Mir Arab oliy madrasasi matbuot xizmati

. .