08.04.2019 kuni Mir Arab oliy madrasasiga Qirgʻiziston Respublikasidan Qurʼon tarjimoni shayx Alouddin Mansur ( bu kishi Qurʼoni Karimni Oʻzbek tiliga eng birinchi bor tarjima qilgan olim hisoblanadi) tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida talabalar bilan suhbat tashkil etildi. Suhbatda yurtimizda boʻlayotgan islohotlar, shu bilan bir qatorda diniy sohaga berilayotgan eʼtibor haqida soʻz yuritdilar.
Suhbat davomida shayx talabalar bilan, taʼlim olish yoʻlidagi oʻz tajribalarini ulashdilar. Shuningdek, Oʻzimizni mazhabni yaxshilab oʻrganib, mujtahid ulamolarni tanish, ixtilofli masalalarda nizolashmay, eng chiroyli tarzda yechim topish, ilmni manhaj - uslub bilan bosqichma bosqich oʻrganish, fatvo berishga jurʼatli boʻlmaslik, oʻzidan koʻra ilmliroq ulamolar bilan maslahat qilish, Moturidiya aqidasida mustahkam turish va ushbu aqidaviy mazhabni dalillari bilan aqidada shubha uygʻotuvchilarga munosib raddiya bera olish darajasida oʻrganish va xalqimizga ushbu sof aqidani toʻlaligicha va musaffoligicha xalqchil tilda yetkazish kabi mavzularda suhbat qildilar. Bundan tashqari talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, asosli va qoniqarli javob oldilar.
Kelajakda ham u kishini ilmlaridan va tajribalaridan talabalar yanada koʻproq manfaat olishlari uchun, ilmiy suhbatlar oʻtkazish taklif qilindi.
Suhbat soʻngida xayrli duolar qilindi.
Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
