
Inson uchun beriladigan neʼmatlarning eng ulugʻlaridan biri bu farzand neʼmatidur. Chunki farzandsiz odam hech qachon oʻzini toʻlaqonli baxtli hisoblamaydi. Va shak-shubhasiz farzandni Alloh taolo hoxlaganidek va xoxlagan bandasiga beradi. Bu haqida oʻzining kalomi Qurʼoni karimda shunday marhamat qilgan: “Osmonlar va yerning hukumronligi Allohga (xos)dir. (U) xohlagan narsani yaratur. Xohlagan kishisiga qizlarni hadya etur va xohlagan kishisiga oʻgʻillarni hadya etur. Yoki ularga oʻgʻillar va qizlarni qoʻshib berur va xohlagan kishisini farzand koʻrmaydigan qilib qoʻygan. Albatta, U (buning hikmatini) biluvchi va (oʻzi xohlagan narsani yaratishga) qodirdur”. (Shoʻro, 49-50).
Ushbu oyatni haqiqatini hayotda koʻrib turibmiz, kimlarda faqat oʻgʻil farzandlar bor, kimlarda esa faqat qiz farzandlar bor, yana kimlarda oʻgʻil ham qiz ham yoʻq, bitta farzandga zor boʻlib yashamoqda. Alloh taolo kimga farzand bersa unga dunyo nematlaridan eng ulugʻi berilgan boʻladi. Ota va ona degan sharfli nomga loyiq boʻlgan boʻladi. Ota- onalardan farzandlari oldidagi vazifalarini bajarishlari talab qilinadi. Yani farzandiga chiroyli ism qoʻyib, odob- axloqini goʻzal qilib, el- yurtni koriga yaraydigan qilib, Vataniga, xalqiga sodiq va diyonatli qilib tarbiyalashi kerak. Va albatta farzandni Alloh taoloning nemati deb bilib, uni chiroyli tarbiyalagan insonlar farzandlarini kamolini koʻrib ularni ortidan el-yurt oldida gʻururlanib yuribdi. Aksincha farzandining tarbiyasiga loqayd boʻlgan insonlar, farzandining qilmishidan bosh egib, yuzi qora boʻlmoqda.
Aslida farzandlar ota – onaga Allohtaoloning omonatlaridur. Omonatga xiyonat qilmasdan ota-ona farzandlarini goʻzal xulqlik va goʻzal odoblik qilib tarbiyalashligi kerak. Chunkim Paygʻanbarimiz s.a.v hadislarining birida: “Har bir tugʻilguvchi fitratda (sof, pokiza tabiatlik) tugʻiladi, bas uning ota-onasi uni yaxudiy, nasroniy yoki majusiy qiladi” deganlar. Yuqoridagi hadislardan maʼlum boʻladiki farzandni tarbiyasiga ota-ona masʼul va uni oddiyroq qilib aytganimizda oʻgʻri yoki toʻgʻri boʻlishi ota-onasiga bogʻliq, Xalqimizda ham farzand tarbiyasida ishlatiladigan bir qancha maqollar bor, “Qush uyasida koʻrganini qiladi”, “Farzand odobi bilan aziz” kabi. Ota-onani farzandida haqqi boʻlganidek, farzandlarni ham ota-onada haqlari bor. Hazrati Umar r.a davrlarida u kishining xuzurida bir kishi oʻgʻlini yetaklab kelib oʻgʻlidan shikoyat qildi va oʻgʻlini oq qilmoqchi ekanini aytadi. Shunda Xazrat Umar r.a xaligi bolaga-otangga oq boʻlishda Allohdan qoʻrqmaysanmi?
Otangni senda unday-bunday xaqlari bor deb sanadi. Buni eshitgan oʻgʻil: “ Ey Amiyral moʻminiyn! Farzandni ham otasida haqqi boʻladimi? Dedi. Amiyral moʻminiyn Umar r.a: “Xa bolaning otadagi haqqi, unga ona tanlashda yaxshi ayol tanlashi, toki bola undan or qilmasin. Chiroylik ism qoʻyishi, va unga kitobiy taʼlim berishi” dedi. Shunda xaligi yigit: Allohga qasamki onam yaxshi ayol emas edi, otam uni 400 dirxamga sotib olgan. Ismimni ham chiroylik qoʻymagan mening ismimni Joʻl (Qoʻngʻiz) deb nomlagan, va menga Allohning kitobidan biror oyat oʻrgatmagan dedi. Buni eshitgan Xazrati Umar r.a otaga yuzlanib, oʻgʻlimni oq qilaman deysan vaxolanki sen unga oq boʻlibsan tur xuzurimdan chiqib ket” degan ekanlar.
Dar haqiqat farzandlarimiz bizlarni haqqimizni ado qilsin degan har-bir ota-ona avval farzandlari haqqini ado qilishligi lozim.
Alloh taolo farzandlarimizni salohiyatlik qilsin!
Toʻraqulov Ubaydulloh
Mir Arab oliy madrasasi 3-bosqich talabasi
Eng ko'p o'qilgan Talaba minbari
