HANAFIY MAZHABI TAʼLIMOTI
Muallif: . .
Sana: 23.01.2023
804

Imom Abu Hanifa imomlarning peshvosi, faqihlarning ustozi, Imom Shofeiy taʼbiri bilan aytganda, barcha odamlar fiqhda uning boqimandalari boʻlgan zot edi. Alloh taolo unga noyob zakovat, yetuk aql, oʻtkir fikr ato etgan boʻlib, har bir ishni chuqur tahlil qilar, hech qanday shak-shubhaga oʻrin qolmaydigan darajadagi aniq hujjat va dalillar asosida hukm chiqarar edi. Uning ilmi butun olamga yoyilib, olimlar ham, omma xalq ham taʼlimotini zoʻr eʼtibor va ochiq koʻngillik bilan oʻrganib kelmoqdalar.

Imom Abu Hanifa (rahmatulloh alayh) oʻz mazhabini bino qilishda islom shariatining asosi deb eʼtirof etgan manbalarga - Qurʼoni karim, sunnati nabaviya, ijmoʼ, qiyos va sahobalarning qavllari hamda urfga suyandi: “Men, avvalo, hukmni Allohning kitobidan olaman, undan topmasam, Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam)ning sunnatlaridan olaman. Agar Allohning kitobidan ham, paygʻambarning sunnatlaridan ham topa olmasam, sahobalarning gapidan olaman, agarda bular ixtilof qilgan boʻlsalar, ularning soʻzidan Qurʼon va hadisga yaqinrogʻini olaman, ularning gapidan boshqanikini olmayman. Agarda sahobalarning soʻzidan ham topa olmasam va gap tobeinlarga yetib kelsa, oʻzim ularga oʻxshab ijtihod qilaman”, dedi.

Manbalar asosida tayyorlandi
Eshmatov Ahmadjon,
Pop tumani Saidjalol hoʻja jome masjidi imom-xatibi

Manba muslim.uz

. .