Bir mazhabga amal qilish
Muallif: . .
Sana: 15.12.2022
324

Mahmud Ali Kadariy “Najh ul-farodis” [1] (Jannatlarning ochiq yo’li) asarining ikkinchi bob o’ninchi faslida Imom Ahmad ibn Hanbal r.a. ning fazilati bayonida quydagi misralarni keltiradi.



[1] XIV asrda turkiy tilda bitilgan, noyob adabiy manba.


Qachonkim, imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh dunyodin naqil qildi ersa[1], azizlardan biri Muhammad ibn Harb otlig` kimarsa[2] aytur: “Imomni tushimda ko`rdim, taqi[3] aydim: “Ya imom, Haq taborak va ta’olo sizing birla na muomilat qildi?” tep sual qildim ersa imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh ayti: “Haq taborak va ta’olo manga rahmat qildi taqi buyurdi farishtalarigakim, “Bashing`a ujmah[4] tojlaridin bir toj kiydurgil. Taqi adaqing’a[5] ujmah na’laynlaridin bir na’layn[6] kiydurung” tep buyurdi ersa andog` qildilar. Andin so`ng Haq taborak va ta’olo manga xitob qildi taqi aydi: “Ya Ahmad Man sanga rahmat qildim. Taqi sandin xushnud bo`ldum. Ul ma’ni uchunkim, menim kalomimni maxluq temading[7]” aydi[8]. “Dunyoda manga sano dua aytur erding. Ul sanolaringni taqi ul duolaringni manga ayg`il[9]” tedi. Bilgil, ogoh bo`lg`il qayu mo`min va muvahhid Tangri taoloni birlasa taqi Muhammad Rasulullohni haq payg`ambar desa, taqi xulofai roshidinni suvsa[10] taqi payg`ambar alayhissalomning ahli baytini suvsa, taqi to`rt imomnung qayu birining mazhabi birla o`lar bo`lsa, aning o`rni Ujmah[11] bo`lg`ay, aning uchunkim, Payg`ambar alayhissalom andog` xabar beru yarliqar: “Ixtilafu ummati rohmati” manisi ul bo`lurkim: “Manim ummatim biri biringa ixtilof qilmoqi ummatimg`a rahmat turur[12]” tep aytur. Taqi agarkim, ijtihat qilsa, Haq taoloning kalomidin yo taqi Payg`ambar alayhissalom hadisidin yo taqi sahoba so`zidin bir masalaga javob aysa[13] agar aning javobi Haq taoloning hazratinda rost tushsa ul mujtahidga Haq taolo ikki savob bergay va agar aning javobi Haq taolo hazratinda xato tushsa bir savob bergay, e’tiqodi rostliqi uchun. Haq taolo hazratinda yo`l bir turur, javob bir turur ikki ermazkim. Kim qayu bir imomning mazhabini ixtiyor qilmish bo`lsa aning e’tiqodi andog` kerakkim (bo’lishi kerak), bu mazhabum rost mazhab turur va lekin ehtimoli borkim, xato bo`lsa. Taqi uning mazhabi xato turur va lekin ehtimoli borkim rost bo`lsa.

Shayx ul-Harom Abul Abbos Musa rohmatullohi alayh aytur: “Bu to`rt imom mazhabi Ka’baning to`rt tominga mangzayur[14]. Ka’baning qayu bir toming`a tavajjuh qilib namoz qilsang, namozing maqbul turur. To`rt imomnung, taqi qayu birining mazhabi uza namoz qilsang (namoz o’qisang), taqi toat va ibodat qilsang maqbul bo`lur. Andog` ersa bu to`rt imomni kerakkim e’tiqod birla suvsang[15], taqi ati chiqmishta rahmat ida bersang taqi ta’assub qilmasang Haq taborak va ta’olo jumla yazuqlaningni[16] yarliqag`ay[17]. Taqi tamug`[18]din sani qurtg`org`oy taqi sanga ujmah[19] ro`zi qilg`ay.

Demak, bir mazhabga ergashish va unga ko’ra amal qilish, Alloh taoloning roziligiga olib boradigan yo’l ekani , har-bir musulmon uchun bitta mahabga amal qilish zarurligi ma’lum bo’di. Alloh taolo qilayotgan ibodatlarimizni roziligiga muvofiq bo’lishini nasib qilsin.

Mir Arab oliy madrasasi o'qituvchisi, Kogon shahar "Shom" jome masjidi imom xatibi
NABIJONOV Muhammad Muso



[1] So’ngra

[2] Kishi

[3] Va

[4] Jannat

[5] Oyog’i

[6] Kovush

[7] Demanding

[8] Aytdi

[9] Aytgin

[10] Sevsa

[11] Jannat

[12] Bo’lur

[13] Bersa

[14] O’xshaydi

[15] Sevsang

[16] Xatolar

[17] Kechirgay

[18] Jahannam azobi

[19] Jannat

. .