Oliy ta'lim o‘quv jarayonini tashkil etishda innovatsion texnologiyalarning roli kun sayin ortib bormoqda. Masofaviy texnologiyalardan foydalanish zamonaviy ta'limning imkoniyatlarini yanada kengaytirdi. Bugungi kunda
Yer kurrasining istalgan joyidan turib, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) imkoniyatidan foydalangan holda ta'lim olish mumkin. Zero, an'anaviy ta'lim o‘z mavqeini saqlab tursa ham, keyingi paytlarda masofaviy o‘qitish texnologiyalari kundan-kun ommaviylashib bormoqda.
Bugungi kunda mamlakatimizda yangi jahon axborot-ta'lim muhitiga integrallashishga yo‘naltirilgan ta'lim tizimi barpo etilmoqda. Bu ta'lim jarayonini tashkil etishda zamonaviy texnik imkoniyatlarga javob beradigan sezilarli o‘zgarishlar bilan kuzatilmoqda. Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta'lim sohasiga kirib kelishi ta'lim usullari va o‘qitish jarayonini yangicha yondashuv asosida tashkil etish shakllarini sifatli ravishda qulaylashtirib, o‘zgartirish imkonini bermoqda.
Mamlakatimizda ta'lim tizimini takomillashtirish va uni zamon talablariga moslashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalariga asoslangan, jahon andozalari darajasidagi tizimni yaratish umumdavlat siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biriga aylandi.
Shu bilan birga bu zamonaviy ta'lim tizimi diniy ta'limni rivojlantirishni ham chetlab o'tmadi. Misol qilib aytadigan bo'lsak, yurtimizda faoliyat yuritayotgan O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi diniy ta'lim muassasalariga, xususan, Buxoro viloyatidagi Mir Arab oliy madrasamizga ham ''Vaqf" xayriya jamoat fondi tomonidan ko'p funksiyani bajara oladigan zamonaviy qurilma - Elektron doska madrasa ustoz va talabalari ixtiyorlariga topshirildi.
O'ylaymizki, bu qurilma shu muassasada ta'lim berayotgan mudarris domlalarning dars o'tish samaradorligini oshirish va ta'lim olayotgan talabarning o'qishini yanada takomillashtirishga imkon beradi.
OMONOV OLLOYOR
Mir Arab oliy madrasasi 2-kurs talabasi
Mir Arab oliy madrasasida zamonaviy qurilma - Elektron doska bilan dars o'tish jarayoni


Eng ko'p o'qilgan Yangiliklar
