Rosululloh sollallohu alayhi vasallamni insoniyatning eng sharaflisi, eng qadrlisi va eng mukammali ekanliklarigabutun ummat ittifoq qilgandir. Shu sababli u zotga cheksiz madhu maqtovlar yog’iladi. Xuddi shuningdek, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlari eng afzal zot bo’ganlaridek, so’zlari ham so’zlarning eng sharaflisi, hikmatlarni jamlovchirog’i, eng afzali va mukammalidir. Qanday ham bunday bo’lmasin?! Axir Alloh taolo tomonidan U zotga javomi’ul kalim (qisqa iboralar bilan ko’p ma’nolarni ifodalash) berilgan bo’lsa! Shunday ekan, Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning so’zlari Alloh taoloning kalomidan keyingi eng afzal kalomdir.
Naqllarda “Podshohlaring so’zlari so’zlarning ham podshohidir”, deb qanday ham chiroyli aytilgan. Shunday ekan, hadis ilmi ham ilmlarning sharaflisi ekanligida shubha yo’qdir. Chunki hadisni o’rganish Rosululloh sollallohu alayhi vasallam bilan aloqa bog’lash, U zotning oliy sifatlari, chiroyli holatlariva go’zal shamoillarini bilishdir. Qolaversa, hadis ilmi Allohni kalomidan keyingi ilm, shar’iy dalillarning ikkinchisi vabizlar uchunto’g’rimezondir. Chunki islom aqidasiva shar’iy hukmlar hammasi faqatgina Rosululloh sollallohu alayhi vasallamningbayon qilishlari bilan bo’ladi.
Sufyonu As-Savriy rohimahulloh: “Men Alloh taoloning roziligini xohlagan kishiga hadis ilmidan ko’ra afzalroq ilmni bilmayaman”, deb aytganlar. Chunki insonlar doimiy hoh u taomlanishlarida bo’lsin, hoh ichimlik ichishlarida bo’lsin - barcha-barchasida U zotning ko’rsatmalariga muhtojdirlar. Shuningdek, hadisni o’rganish nafl namoz va nafl ro’zadan-da afzalroqdir. Sababi hadisni o’rganish farzi kifoyadir. Imom Qastaloniy ham “Irshodus soriy”ningmuqaddimasida xuddi shunday deganlar. Hadis ilmi va uning ahlining sharafliligi borasida juda ko’p rivoyatlar kelgan.
Shu rivoyatlardan: Ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Mening so’zimni eshitib, uni yod olib, uni ado qilgan kishining yuzini Alloh taolo nurli qilsin” deb aytganlar. Gohida shar’iy ilmni tashuvchi o’zidan ko’ra faqihrog’iga yetkazadi. Abu Sa’id al-Xuzriy roziyallohu anhu Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qiladilar, U zot hajjatul vadoda “Alloh mening so’zimni eshitib, uni yodlagan kishining yuzini nurli qilsin, ba’zi shar’iy ilmni tashuvchilar faqih emasdir”, deb marhamat qildilar. Mulla Aliy al-Qoriy aytadilar: “Bu hadis hadis ilmini sharafi, fazli va uni o’rganuvchilarning darajasi ulug’ ekanligiga dalolat qiladi. ChunkiPayg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ularni ummatlaridan boshqalarni sherik qilmasdan hadis o’rganuchlarnigina muborak duolari bilan xosladilar. Hadis talab qilish, uni yod olish va yetkazishda farazan bu duoning barаkotidan boshqa foyda bo’lmaganida ham shu duoning o’zi foyda, mukofot va ikki dunyoda ko’p nasibalarga erishishiga kifoya qiladi.
TEMIROV IBROHIMJON
Mir Arab oliy madrasasi o‘qituvchisi
