Vatanga muhabbat
Muallif: . .
Sana: 11.04.2018
2542

Vatanparvarlik so’zi aslida odamlarga nisbatat qo’llanadi. Ulardan boshqalarga "vatanparvar" so’zini shartli ravishda ishlatiladi. Biroq, dunyoda shunday hashoratlar, shunday qushlar borki, o’z inlari oshyonlariga bo’lgan hurmati, mehri va sadoqatini ko’rib hayratga tushasan kishi. Quyida ana o’sha qahramon: chumoli haqida biroz so’z yuritamiz. Chumoli o’zi mitti hashorat bo’lsada insonlarning undan o’rganadiganlari juda ko’p. Vatanparvarlikda chumoliga yetadigani bo’lmaydi. Bu holatni boshqa hashoratlarda uchratmaysiz. Chumolining vatanparvarligi qilayotgan ishlarida yaqqol ko’rinadi. Chumolilar tabiatan eng tartibli, orasta, bir-birini yaxshi tushunadigan, topganini birgalikda baham ko’radigan hamda jamoaviy sharoitda hayot kechiradigan hashorat hisoblanadi. Jamoada milliongacha chumoli bo’lishi mumkin. Chumolilar oilasi to’rtlikdan tashkil topadi: bitta malika (ona), erkak, ishchi va qo’riqchi chumolilardan. Har birining o’zi xos bajaradigan vazifasi bor. Ona chumoli jussasi kattaroq bo’lib, inidan chiqmaydi. U tuxum qo’yib, nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar boqadi. Chumolilar o’z inlari – Vatanlari chegarasi daxlsizligi, tinchligi va osoyishtaligiga alohida e’tibor qiladilar. Xatar paydo bo’ldi deguncha jipslashib, iniga hech narsani yo’latmaydilar. Hatto, bu yo’lda kerak bo’lsa o’zini qurbon qilishga tayyor turadilar. Bu chumolilardagi eng chiroyli sifatlaridan biridir. Bu vazifa qo’riqchi chumolilar zimmasida. Oziq yig’ish, tozalik va boshqa vazifalar ishchi chumolilar zimmasida. Uyga kirmoqchi bo’lgan ishchi chumolilar mo’ylovlarini qo’riqchi chumolilar boshiga tekkizadi. Undan keyin ichkariga kirishga ruxsat beriladi. Erkak chumolilar urug’lantirish – ko’payish davrida yashaydi xalos. Bu mittivoylar hayratga soladigan darajada eng tartibli, intizomli hayot kechiradigan hashorat hisoblanadi.

Soliyev Elyorbek Mir Arab oliy madrasa talabasi

. .