Eng yomon illat
Muallif: . .
Sana: 07.04.2018
10550

Insoniyat baxt-saodati – o'z faoliyati va hayoti davomida Olloh taolo ko'rsatgan qonun-qoidalar asosida yashashdir. Inson islom ta'limoti asosida yashar ekan, bundagi keltirilgan ko'rsatmalar har qachon uni hayoti davomida faoliyatini yo'lga solish va go'zal holatda tartibga solishga da'vat etadi. Afsuslar bo'lsinki, bu ilohiy ta'limotga yetarlicha amal qilinib, unga to'liq ravishda javob bera olinmadi. Bunday holat o'z o'rnida jamiyatni rivojlanishiga, taraqqiy topishiga futur yetkazadi. Biz bu yerda inson hayoti go'zal bo'lishiga katta to'siq bo'ladigan illat borasida so'z yuritmoqchimiz.

Qanchadan-qancha odamlarni balolarga giriftor qilgan illatlar-dan biri aroqxo'rlik, giyohvand va nashavandlik bo'lib, bu illatdan ko'p jamiyatlar zarar ko'rmoqda. Tarixda bu illatdan qutilish uchun har bir jamiyat turli xil urinishlar olib borgan. Qancha urinishmasin islom ta'limotidan uzoq bo'lganligi sababidan, bu urunishlar o'z samarasini bermayapti. Har bir jamiyatning maqsadi bitta, u ham bo'lsa jamiyatni rivojlantirish va taraqqiy toptirishdir. Mazkur illatlardan xalos bolish uchun bularni daf qilishlikda islom qoidalari asosida ish ko'rish va bularga tish-tirnog'i bilan qarshi turishdir. Ma'lumki, islom kelguniga qadar Arabiston yarimorolida va boshqa ko'plab yerlarda ichkilikka qattiq ruju' qo'yilgan. Natijada jamiyat ko'plab talofatlar ko'rgan, bundan qutilish uchun har qancha urinishmasin odamlarni ichkilikdan tiya olmagan. Bu illatga har bir ishga qodir zot Alloh o'zi chek qo'ymaguncha davom etavergan. Alloh taolo insonga aql-idrok, fahm-farosat berish ila mukarram qilgan, insonni hayvondan farqli tarafi ham shundadir. Yuqorida sanab o'tgan illatlarimiz insonning mukarramlik sifatiga va sog'li-g'iga zarar yetkazadi. Inson Allohning bandasidir, shunday ekan unga nima foydayu-nima zarar, nima keragu nima kerak emas ekanligini juda yaxshi biladi. Shuning uchun ham mast qiluvchi narsalarni iste'mol qilishni harom qilgandir. Bunday mast qiluvchi ichimliklar sirasiga uzum, asal, hurmo, arpa, sut va boshqa narsalardan tayyorlanilgan narsalar ham kiradi. Bularning hammasi bir so'z bilan “hamr” deb ataladi. “Hamr – bu aql-idrokni, tafakkurni to'suvchi narsadir”, - deganlar hazrati Umar roziyallohu anhu.

Ichkilikbozlik misoli insondagi paydo bo'lgan o'simta kabidir, agar uni vaqtida kesib tashlab oldi olinmasa, butun jasadga, ya'ni jamiyatga tarqab tanazzulga olib boradi. Inson Alloh taolo harom qilgan narsani iste'mol qilishi yoki bir amalni qilishi bilan hech qachon yaxshilikka yetisha olmaydi, natijasi esa xorlikka yuz tutishdir. Hozirgi vaqtda aroqning kasofatini jamiyatda ko'plab ko'rishimiz mumkin. Buning isbotini oilaning buzilishi, do'stlarning bir-biriga adovati, turli xil urush-janjallar misolida ko'rish mumkin. Bekorga Rasululloh sollollohu alayhi vasallam “Hamr iste'mol qilish – iflosliklarning onasidir” demaganlar. Jamiyatimizda kelib chiqa-yotgan turli hil kelishmovchilik va kasalliklarning sababi ham ayni Alloh va Rosulini buyruqlariga amal qilmasligimizdir. Shunday ekan har birimiz jamiyatga manfaat yetkizish va uni turli xil illat va iflosliklardan tozalashga harakat qilishimiz va bundan qayta-rishligimiz lozim. Zero, Payg'ambarimiz sollollohu alayhi vasallam “Agar bir munkar ishni ko'rsangiz, qo'lingiz bilan qaytaring, unday bo'lmasa tilingiz bilan, u ham bo'lmasa iymonning zaifligiga dalolat qiladigan qalbingiz bilan qaytaring” deganlar. Ushbu hadisga amalni boshlasak, jamiyatimizni tanazzuliga sabab bo'layotgan razillik-lardan halos qilishga hissa qo'shgan bo'lamiz.

Buxoro Mir Arab oliy madrasasi 1-b kurs talabasi Teshaboyev Sherzodbek.

. .