Dunyo yaralibdiki ilm va ilm ahlining fazilati doim maqtalib, tilga olinadi. Men sizga shu fazilatga erishganlarni uch bosqichli holatini bayon qilmoqchiman.
Arshini kuchli farishtalar ko‘tarib turuvchi, atrofida son-sanoqsiz mavjudotlari unga tinimsiz hamd va sano aytib tursada, g‘ayb va shahodatni biluvchi Zot bir mavjudotni yeryuzida O‘zing halifasi - o‘rinbosari o‘laroq yaratishini farishtalariga e’lon qildi. Shunda farishtalar: Yer yuzida buzg‘unchilik qiladigan va bir-birlarini qonini to‘kadigan kimsani yaratasanmi? Holbuki, biz Senga tasbih, hamd aytib va Seni ulug‘lab turibmiz - dedilar. Shunda Odamni sizlar aytgan kamchiliklarini bartaraf qiladigan aql va ilm sifat bilan yarataman degandek U: Men siz bilmaganni bilaman – dedi.
Alloh taolo odamga ilm o‘rgatish bilan kifoyalanmadi balki, bu maxluqoti boshqalardan o‘zgacha yanio‘rganib, boshqalarga ham o‘rgata olish qobiliyati borligini butun farishtalari ichida uni maqtab, U ustun ekanligini amalda ko‘rsatib qo‘yishni iroda qildi. Hamda bu ilm musobaqasida Odam uni iqtidorini hisobga olmagan farishtalardan g‘olib bo‘ldi. Ushbi ilmiy g‘alabani mukofati o‘laroq hamma farishtalar jamlanib, Odamga sajda qildilar. Bu hol ilm ahlia berilgan birinchi mukofat taqdirlash marosimi edi. Ana, limning sharafini ko‘ring, ilmni avval butun olamlar Robbisidan o‘rganishi birinchi fazl bo‘lsa, shu ilm bilan boshqalardan – farishtalardan ham g‘olib kelish yana bir fazl edi.
Ilm ana shunday! Fazl ustiga fazl. Mukofat ustiga mukofatdir.
Shu davrdan boshlab Odam va uning bolalari qachon ilmga e’tibor bersa, ulug‘langan. Agar limning qadrini bilmasalar xorlangan. Ibrat oling! ILm oddiy qora balchiqni qanday yuksaklarga ko‘tardi.
Dunyo shu zaylda davom etdi. Inson ilmdan yana uzoqlashdi, yana zulmat ichida qoldi. Nahot endi inson Odam kabi ulug‘lanmasa, farishtalar olqishiga sazovor bo‘la olmasa.
Yuq unday emas! Robbisi unga yana bir imkon berdi. Bu qanday imkon...
Dunyo jaholat botqog‘iga botgan. Yana bir Zot bu jaholatni yoritishni istab Rahmat tog‘i Hiro g‘orida jaholat qorong‘uli kabi tun qorong‘usida odamga ilm berib, sharafli etgan Zot uning nasldan bo‘lgan, o‘qish yozishni o‘rganmagan, muborak Zotga sollallohu alayhi vasallam yana ilmga, yana o‘qishga, yana Otasi kabi yuksalishi uchun “iqro” o‘qing! Deb vahiy qildi. Shu kundan boshlab ilm nuri jaholat zulmatiga qarshi turdi. Manashu kundan boshlab, insoniyat otasi Odamkabi ilmni qadrini bila boshladi. Manashu ilm ularga Robbilari but-sanam emas, Robbilari Alloh ekanini o‘rgatdi. Shu ilm farishtalar aytgan buzg‘unchilikdan, bir-birini qonini to‘kishdan qaytardi. Shu ilm insonni otasi kabi farishtalarni olqishiga sazovar bo‘lishni yana bir bor o‘rgat.
Bu ilmni Rosulullohdan olgan sahobalar insoniyat uchun na’muna, yo‘lchi yulduz darajasiga erishdilar.
Bu ilmni olgan boshqa insonlar yer yuziga yinchlik, osudalik, halollik, mehribonlik, rahm-shafqat, odob-axloq va butun yaxshilikni taqdim etdilar.
Ushbu ilmni o‘ziga singdirgan arab ham, a’jam ham, oqtanli, qoratanli ham, boy ham, kambag‘al ham, erkak ham, ayol ham, birdek qadr topdilar. Oralaridan qiyomat kunigacha yodga olinib, ortlaridan duo qilinadigan ulug‘zotlar tarqaldi… Abu Hanifa, Imom Shafe’I, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Shayx Naqshbandiy aytsam tilimni, yozsam qo‘limni xoritadigan ulug‘lar.
Ilm nuri va jaholat zulmati yana kurashdi. Jaholat bir qancha o‘z hukmini o‘tkazib yana bir nur ko‘rindi.
Bu yurtimizda esgan mustaqillik shaboddasi edi. Yana bir bor yurtimizda nur taraldi. Yana yurtimizga o‘zligimiz, dinimiz, ajdodlarimizning ilmiy meroslari qaytdi. Olimlarimiz qayta bo‘y cho‘zdi: Shayx Abdulaziz Mansur, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf va yana bir qancha ulug‘larimiz.
Biz yana ilmni ulug‘lash, qadrlash yana bir uyg‘onish asrida yashayabmiz. Shu uyg‘onishning bir qismi o‘laroq Yurtboshimiz tashabbusi ila ta’sis etilgan, biz u bilan faxrlanadigan “Mir Arab oliy madrasa”sidir. Bu ham ilm ahlini ulug‘lash emasmi?! Yoki o‘tgan ulug‘larimizni eslab, yurtboshimiz Shayx Ziyovuddinxon ibn Eshonxon va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini oliy darajali “Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofatlashi ilm va ilm ahlini ulug‘lash emasmi?!
Bu ishlarning barchasi biz yana otamiz Odamga loyiq inson farzandi ekanimizni namoyon qildik.
O‘qing! Deb buyurilgan buyruqqa, labbay deb javob qildik.
InshaaAlloh, ajdodlarimizni meroslarini to‘liq olsak, yoshlarimizga beraolsak, yana yuksalamiz. Yana ajdodlarimiz kabi dunyoga ustoz bo‘lamiz. Hamda dunyo va oxirat mukofatlariga erishamiz.
Ilm – Odam bolasi Robbisidan qabul qilib olgan buyuk ne’mat.
Ilm – Odamni yaratilishini asosiy omili.
Ilm – farishtalarni ham olqishiga erishtiruvchi sabab.
Ilm – Payg‘ambarlarga, xossatan, Rosulullohga berilgan omonat.
Ilm – dunyoda qon to‘kilmasligi va buzg‘unchilikka qarshi vosita-qurol.
Ilm – ajdodlarimizning merosi. Eng loyiq merosxo‘r biz-talabalar.
Ilm – yurt obodligi va dunyo farovonligi kafolati.
Turg‘unov Xurshid
Mir Arab oliy madrasasi talabasi