
825 yili Imom al-Buxoriy onasi va akasi Ahmad bilan Makkai Mukarramaga yetib kelib, haj ibodatini ado etgandan keyin onasi va akasini Buxoroga qaytarib yuborib, o‘zi Makkada qoldi. Makkai Mukarramada bir qancha muddat yashagandan keyin imom al-Buxoriy Madinai-munavvara tomon yo‘l oladi. Jumlai jahondan ilm toliblari (Payg‘ambarimiz sollalohu alayhi vasallam haqidagi) nabaviy ilmlarni o‘rganish uchun bu mo‘tabar shaharga oqib kelardilar. Imom al-Buxoriy 827 yilda, o‘n sakkiz yoshida Payg‘ambar alayhissalomning ravzai muboraklari qo‘yilgan muqaddas shahar Madinai munavvaraga yetib keldi. Qator tarixchilarning takidlashicha, imom al-Buxoriyning Hijozga ya’ni Makka, Madina, Toif, Jiddaga qilgan bu rihlati olti yil davom etgan. Shu bilan birga bu muddat uzluksiz davom etmay, imom al-Buxoriy shu asnoda boshqa mamlakatlarga ham safar qilganligi qayd qilinadi. Shundan keyin al-Buxoriy Basra (Iroq) shahriga qarab yo‘l oladi. Shu paytda Basra ham Sharqning e‘tiborli ilmiy markazlaridan biri bo‘lib, ilm-ma‘rifat taraqqiy etib, xususan hadislarni o‘rganish keng quloch yoygan shaharlardan biri hisoblanardi. Shu asnoda hammasi bo‘lib imom al-Buxoriy Basraga to‘rt marta borib keldi. Uning o‘zi doimo "Basraga to‘rt marta safar qilganman", deb ta‘kidlardi. Shundan so‘ngra u Kufaga safar qildi va bu shaharda ham bir necha bor bo‘ldi. Shuningdek, safari davomida Bag‘dodni ham bir necha marta ziyorat qiladi. Imom al-Buxoriyning Kufa va Bag‘dodga qilgan safarlari xususida kotibi al-Varroq uning quyidagi so‘zlarini keltiradi. "Kufa va Bag‘dodga muhaddislar bilan uchrashishga necha marta borganimning hisobini ham bilmayman". Imom Abu Ali al-G‘assoniy "Taqyid al-muhmal" nomli asarida "Imom al-Buxoriy oxirgi marta (hammasi bo‘lib u Bag‘dodda sakkiz marta bo‘lgandi) deyilgan. Imom al-Buxoriy Shomda ham bo‘lib (o`rta asrlarda Shom deb hozrgi Suriya, Iordaniya va Falastin mamlakatlari egallagan hududga aytilgan)
Shundan so‘ng u Misrga borib bir qancha olimlardan dars eshitib keyin Xurosan va uning Marv, Balx, Hirot, Nishopur, Ray, Jibol kabi shaharlarida ham necha martalab bo‘lib, bu shaharlardagi olimlardan saboqlar oldi.
XV asrda yashagan yirik tarixchi Sharafuddin Ali Yazdiy o‘zining "Zafarnoma" nomli mashhur asarida Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy Keshda ham ancha muddat yashaganligi haqida yozadi.
Ibragimov Habibulloh
Mir Arab oliy madrasasi talabasi
Eng ko'p o'qilgan Talaba minbari
