HADIS ILMINING MARTABASI
Muallif: . .
Sana: 10.03.2023
367

Hadis ilmining ikki martabasi mavjud:

1. Fazilat eʼtiboridan hadis ilmining martabasi;

2. Taʼlim eʼtiboridan hadis ilmining martabasi.

Fazilat eʼtiboridan ilm ikki qismdan iborat:

  1. Tafsir ilmi. Chunki, shariatning toʻrt asoslari ichida Qurʼoni karim birinchi oʻrinda turadi;
  2. Nabiy sollallohu alayhi vasallamning hadislari ilmi.

Tafsir ilmining mavzusi Qurʼoni Karimning lafzlari boʻlib, UAlloh taoloning “Kalom” sifatining tajalliysi natijasidir. Alloh taoloning sifati esa, barcha mavzulardan afzaldir. Baʼzilar eng afzal ilm hadis ilmidir, deyishadi. Ularning fikriga koʻra tafsir ilmining mavzusi lafziy kalom boʻlgan Qurʼoni Karim boʻlib, Alloh taoloning sifati lafziy kalom emas, balki kalomning oʻzidir. Hadis ilmining mavzusi esa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdirlar. Vositaviy ilmlar orkali talabalarda hadis ilmlarini tushunish koʻnikmasi paydo buladi. Shuningdek, vositaviy ilmlar hadis rivoyat qilishda xatoga tushib qolish xavfidan asraydi. Chunki, xato qilinsa, quyidagi hadisi sharif tahtiga kirib qolish extimoli bor:

عن عبد الله بن عمرو * عن النبي ﷺ قال: بلغوا عني ولو آية وحدثوا عن بني

إسرائيل ولا خرج ومن كذب علي متعمدا فليتبوأ مقعده من النار . رواه البخاري والترمذي.

Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat kilinadi: “Paygʻambar sollallohu alayhi vasallam: “Mendan bir oyat boʻlsa ham yetkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yoʻq. Kim menga qasddan yolgʻon toʻqisa, doʻzaxdagi oʻrindigʻiga joylashaversin”, dedilar” (Buxoriy va Termiziy rivoyatlari).

Imom Asmaʼiy rahmatullohi alayh bu haqda shunday deydi:

قال أبو داود السنجي: سمعت الأصمعي يقول: إن أخوف ما أخاف على طالب

العلم إذا لم يعرف النّحو أن يدخل في جملة قوله – عليه الصلاة والسلام -: من كذب

علي، فليتبوأ مقعده من النار.

Abu Dovud Sinjiy rahmatullohi alayx: “Asmaʼiy rahmatullohi alayhning «Men koʻproq nahv ilmini bilmaydigan tolibi ilmlar Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga qasddan yolgʻon toʻqisa, doʻzaxdagi oʻrindigiga joylashaversin”, degan soʻzlari qatiga kirib qolishlaridan qoʻrqaman», deganlarini eshitganman» dedi. Mana shu eʼtibordan hadis ilmi doim boshka ilmlardan keyin oʻqitib kelinadi.

Shu oʻrinda, tafsir ilmi nima uchun hadis ilmidan avval oʻqitiladi, degan savol paydo buladi. Unga quyidagicha javob berish mumkin: “Chunki, Qurʼoni Karim matn, hadisi sharif esa uning sharxidir. Qoidaga muvofiq avval matn tafsir vositasida oʻrgatilib, undan keyin sharx va izohlar oʻqitiladi. Shuning uchun tafsirning taʼlimi hadisdan muqaddam turadi”.

Shavkatov Afzal

Mir Arab oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .