XATTOTLIK SANʼATI VA BUXORO XATTOTLARI
Muallif: . .
Sana: 02.03.2023
1879

Xattotlik sanʼati Sharq mamlakatlarida oʻziga xos alohida yoʻnalish kasb etgan, maxsus ixtisos darajasiga koʻtarilgan qadimiy va bebaho sanʼatdir. Bu davrlarda yozuv va kitob koʻchirishga eʼtiborning ortishi tufayli ajdodlarimiz tasarrufida boʻlgan oʻlkada «Buxoro xattotlik maktabi», «Xorazm xattotlik maktabi», «Fargʻona (Qoʻqon) xattotlik maktabi», «Samarqand xattotlik maktabi», «Toshkent xattotlik maktabi» kabi bir necha yirik sanʼat markazlari vujudga keldi.

Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitoblarida taʼkidlanishicha, xunuk xat bilan yozilgan matn kishining koʻziga katta zarar yetkazadi. Shuning uchun husnixat bilan yozilgan kitoblar nihoyatda qadrlangan, eʼzozlangan hamda tabarruk sanalgan.

Husnixat sanʼatining asosiy uslublari. Har bir xalq va millat ilohiy bitiklardan oʻziga andoza va qolip qilib olib, xatlar turini xilma-xil uslub bilan ilohiy ilhom orqali ixtiro qila boshlaganlar. Mana shu ilohiy moʻjizalardan biri 28 harfdan iborat boʻlgan arab alifbosining dastlabki shakli maʼqaliy xatidir. Ikki dunyo saodati boʻlmish Kalomulloh ham mana shu xatda bitilgan. Hazrati Usmon r.a. boshchiliklarida Qurʼoni karim mukammal kitobat qilindi va u bir necha nusxada koʻchirtirildi. U zot Qurʼonni mana shu asl nusxadan koʻchirishni buyurdilar. Shulardan bir nusxasi Koʻfa shahriga yuborilgan. Keyinchalik Iroq, Xuroson, Urta Osiyo mana shu Kufa shahriga yuborilgan Qurʼondan nusxa koʻchirganlari uchun u “Kufi Qurʼon” va “Kufi xati” deb atala boshladi va shunday qilib, “kufi” atamasi xat olamiga kirib qoldi. Keyinchalik kufi xatiga nuqtalar, eʼroblar (zamma, fatha, kasra) qoʻyildi.

Kufi xati asosida arab xatining birinchi ixtirochisi bagʻdodlik Abu Ali ibn Muqla (vaf.hij. 338-y.) hisoblanadi. Ibn Muqla maʼqaliy (koʻfiy xati) asosida arab yozuvining etti xil asosiy turini ixtiro etgan. Bu kishidan keyin Shayx Jamoliddin Yoqut Jazoiriy (277 - 397/891 -1007J.) Ibn Muqla taʼlimoti asosida muhaqqaq va mashhur olti xatni mukammallashtiradi. Shuningdek, u nasx xatining ixtirochilaridan biridir. Manbalarda qayd qilinishicha, Shayx Jamoliddin Yoqut Qurʼoni karimni muhaqqaq (yoqut) xatida forsiy tarjimasi bilan birga ming adad koʻchirgan. Keyinchalik Ibn Bavvob (vaf.mil.1022y.) ham xat uslubining goʻzalligini mukammallashtiradi va 36 xil xat turining 17 xilini ixtiro qiladi. Buyuk xattot Yoqut (XIII asr) va boshqa ulugʻ xattotlar arab yozuviga sayqal berib, ularning yanada mukammal, jozibador boʻlishiga oʻzlarining bebaho hissalarini qoʻshganlar, xatdagi uslublarni oxiriga etkazib takomillashtirganlar.

Markaziy Osiyoda xatgotlik sanʼati Temur va temuriylar davrida keng taraqqiy etdi. Husnixat sanʼati dastlab Movarounnahr poytaxti Hirotda rivojlanib, u yerda Sulton Ali Mashhadiy boshliq yirik xattotlik maktabi tashkil topdi. Maktabning oʻziga xos tomoni XIV asrda Mir Ali Tabriziy yaratgan nastaʼliq xat uslubi bu yerda Sulton Ali tomonidan takomillashtirildi. Bu xat yirik va mayda nastaʼliq kitobat ishlarida keng qoʻllanib, badiiy va tarixiy asarlar faqat nastaʼliq uslubida koʻchirila boshladi. Koʻfiy, riqoʻ, suls va nasx xatlari esa koʻproq meʼmorchilik, naqqoshlik sanʼati va sharq qadimgi yozuvlarini oʻrganishda ishlatildi. XVI asrda temuriylar saltanati inqirozga yuz tutgandan keyin, siyosiy hukmronlik Shayboniylar qoʻliga oʻtishi bilan madaniy hayot maʼlum darajada Buxoroda taraqqiy etdi. Bir qism hirotlik xattot, rassom va madaniyat arboblari Buxoroda toʻplandi. U yerda Buxoroga xos boʻlgan yangicha kitobat va husnixat maktabi vujudga keldi. XVI—XVII ayerlarda yashab ijod etgan Buxoro xattotlari husnixatda oʻzlariga xos Buxoro xatgotlik maktabini yaratadilar.

Markaziy Osiyoning eng qadimiy madaniyat oʻchogʻlaridan boʻlmish Xorazmda xattotlik sanʼati XVIII asr boshlaridangina mustaqil maktab sifatida shakllandi. Ayniqsa, XIX asrda Muhammad Rahim I (1806— 1825) va Muhammad Rahim II (1844—1910) zamonida Xorazmda xatgotlik sanʼati keng taraqqiy etib, kitobat ishlari ham rivojlandi.

Qoʻqon ham husnixat sanʼatida oʻziga xos vakillarini yetkazib chiqardi. XVIII asr ikkinchi yarmi va XIX asrda Qoʻqon xonligida madaniy hayot, sanʼat va adabiyot ancha ravnaq topgan. Qoʻqonlik mashhur xattot Muhammad Sharif Dabir boshliq Fargʻona shaharlarida juda koʻp xattotlar yetishib chiqqan. Hirot, Buxoro, Xiva xatgotlik maktablaridagi kabi bu yerda ham nastaʼliq xati yetakchi oʻrinda boʻlgan. Markaziy Osiyo xattotlik maktablari orasida Qoʻqon xatgotlik maktabida nastaʼliq bilan bir qatorda badiiy asarlarni koʻchirishda shikastiy xati ham keng qoʻllanilgan.

XIX asr ikkinchi yarmiga kelib, maʼlum iqtisodiy va siyosiy sabablarga koʻra Toshkent ham ilm-fan va madaniyat markaziga aylana boshladi. Toshkentda maorif, sanʼat va adabiyotning rivojlanishi bu yerda ham husnixat bilan shugʻullanuvchi xattotlarning yetishib chiqishiga zamin tayyorlab berdi. Bular Toshkentdagi Shohmurod kotib boshliq Markaziy Osiyo xattotlarining beshinchi maktabini tashkil qildilar. Toshkent xattotlarining eng oxirgisi Shohmurod kotibning jiyani Abduqodir Murodov (qar.) boʻldi.

Yuqorida sanab oʻtilgan oltita husnixat maktabi jugʻrofiy tushuncha emas, balki XIV—XX ayerlarda Xuroson va Markaziy Osiyo tarixining muhim iqgisodiy-siyosiy va madaniy taraqqiyot bosqichlari bilan aniqlangan. Bu olti maktab orasida badiiy jihatdan yuksak taraqqiy bosqichiga koʻtarilgani Hirot, Buxoro va qisman Qoʻqon husnixat maktablaridir. Shuni ham taʼkidlash kerakki, Xiva va Toshkentda husnixat taraqqiyoti XIX asr oxiridan toshbosma uchun kitoblar koʻchirib berish bilan ham bogʻliq boʻlgan.

Xalqimizning ilm fan va madaniy hayotida muhim ahamiyatga ega boʻlgan, halqni ilm-maʼrifatdan bahramand qilishda va maʼnaviy-maʼrifiy yodgorliklarning bizgacha yetib kelishiga ulkan hissa qoʻshishga sababchi boʻlgan Markaziy Osiyo xattotlarining beqiyos xizmati har qancha hurmat va tahsinga sazovordir. Oltita husnixat maktabining ayrim yirik vakillari bilan tanishtirishni lozim topdik.

BUXORO XATTOTLARI

A.Murodovning “Oʻrta Osiyo xattotlik sanʼati tarixidan” kitobida 133 ta Buxorolik xattotlar nomi zikr qilinib, baʼzilari haqida maʼlumotlar berilgan. Shulardan;

Mir Ali Hiraviy

Koʻchirgan kitoblariga “Kotib Sultoniy” deb imzo qoʻygan. Hirotda tugʻilib, Mashhadda tarbiyalangan. 1538-yili Ubaydullohxon Abulgʻoziy (1534 —1539) zamoni¬da boʻlgan voqealar sababli olimlar, hunarmandlar va sanʼatkorlardan katta bir guruhini, shular qatori Mir Alini Hirotdan majburan Buxoroga olib kelgan. Buxoroda unga nisbatan har qancha hurmat koʻrsatilsa ham, maslakining qarama-qarshiligi uchun Ubaydullohni yoqtirmas edi. Biroq goʻzal xati tufayli xon Mir Alini qoʻldan chiqarmadi va nafis kitoblarni chiroyli va badiiy xat bilan koʻchirishni unga buyurardi.

Mir Ali Hiraviy oʻz zamonida dongdor xat ustasi boʻlib, xatning ravish va raftida yagona edi. U sheʼriyatda ham qobiliyatli boʻlgan. U 1559-yili vafot etgan va Shayx Yusufudsin Boxarziy yoniga qoʻyilgan. Oʻz ahvolini bayon etib, quyidagi misralarni yozgan:

(Men bechoraning xatim shu qonun (ravish)ga kelguncha, Mashq qilishdan umrim egildi, qaddim changdek bukildi. Meni jahonning barcha shohlari istasalar ham,

Buxoroda tirikchilik uchun jigar qon boʻldi.

Bu kun bu balo boshimga husnixat tufayli keldi,

Evohki, xat men majnunning oyogʻiga kishan boʻldi.

Gʻamdan ichim yonadi, nima qilay, qanday chora topay?

Bu shahardan tashqari chiqishga men uchun yoʻl yoʻq).

Yana bir qitʼasi:

Chihl sol umram ba xat shud talaf,

Sar zulfi xat na omad oson ba kaf,

3-mashqash dami harki forigʻ nishast,

Chu rangi xino raft xatash zi dast.

(Qirq yil umrim xat bilan tugadi, biroq xat kokilining uchi osonlik bilan qoʻlga kelmadi.

Kimki xat mashqidan bir nafas boʻsh oʻtirar ekan, xati xinaning rangidek qoʻldan oʻchib ketadi.)

Mir Alining sheʼriyati haqida Alisher Navoiy: “Tabʼi turkiy va forsiy nazmida yaxshi. Biroq hammadan ilgariroq sheʼrini oʻzi oʻqib, taʼriflaydi”, deb yozgan.

Mir Ali muammo yozishda ham mohir boʻlgan. “Gulistoni hunar” muallifi shunday degan: Mir Alining sheʼr va muammolari juda koʻp, barchasi “Tazkirat ush- shuaro”da keltirilgan. Baʼzi forsiy va turkiy sheʼr va muammolari “Gulistoni hunar” kitobida mavjud. Quyidagi uch bayt sheʼri diqqatga sazovardir:

Tabʼning diqqati, xat qoidalarini bilish, qoʻlning durust boʻlishi,

Xattotlik mehnatiga chidash, kitobat asboblarining toʻla-toʻkis boʻlishi.

(Xatda beshta narsa jamʼ boʻlmaguncha, xattot boʻlish aqlli kishilar nazarida mumkin emas:

Agar shu beshtasidan bittasi yetishmasa, yuz yil harakat qilish foyda bermaydi).

Mir Ali xattotlik qoidalari haqida “Midod ul- xutut” (Xatlar siyohi) degan risolasini yozgan. Uning yozilgan vaqti 929/1520-yildan keyin, yaʼni Sulton Ali Mashhadiy vafotiga toʻgʻri keladi. Risola Buxoroda yozilgan boʻlishi kerak. U qoʻldan qoʻlga oʻtib, mash¬hur boʻlgan va nashr ham etilgan.

Koʻpchilik fikricha, Mir Ali qoʻlining kuchliligi, xatining uslub va qoidalariga rioya qilishi, goʻzallik, tozalik, tekislik va tezlikda oʻz zamonasining yagonasi boʻlgan. Xatshunoslar Mir Ali xati bilan Sul¬ton Ali Mashhadiy xatini taqqoslaydilar, baʼzilari Sulton Ali xatini Mir Alinikidan, boshqalari Mir Alining xatini Sulton Alinikidan yuqori baholaydilar.

Mir Ali haqida juda koʻp kitoblarda yozilgan. “Tazkirai benom” kitobida Mir Alini nastaʼliq xatida “zamonaning ajablantiruvchisi”, “Habib us-siyar”da “komil suratda goʻzal yozuvchi”, “Qavoidi xunut”da “xat shevasi hozir Mir Ali bilan tugaydi”, “Miryoti olam” asarida esa “Mir Ali dunyoda goʻzal koʻchiruvchilarning daftari boʻldi, bu fanda tengsiz va yagonadir” deyilgan.

Eronning mashhur xattoti, nastaʼliqsa koʻpchilik tahsiniga sazovar boʻlgan Mir Imod kotib Mir Alining xati haqida shunday degan: “Mavlono Mir Ali komil, goʻzal koʻchiruvchilardan boʻlib, nasx qalamini ustozlar xatiga tortgan, xatni bir maqomiga yetkazgan. Agar zamon sahifalari uning xatini maqgashdan toʻlsa, hanuz mingdan biri tahrir etilmagan boʻlardi”.

Mir Ali Hiraviy haqida yana bir qancha olimlar, kotiblar asarlarida turli maʼlumotlar berilib, uning kotiblik mahorati yuksak baholangan.

Mir Ali Koʻchirgan xatlar qoʻlyozmalariga Ali, Faqir Mir Ali, Ali kotib, Ali Sultoniy, Ali Husay- niy kotib, Ali Hiraviy, Ali Husayniy Hiraviy, Faqir Mir Ali, Faqir Ali kotib, Ali kotibi Husayniy degan nomlarni yozib ketgan.

Mir Ali juda koʻp shogirdlarni tayyorlab qoldirgan. Ulardan 19 tasining nomi A.Murodov kitobida zikr qilingan (67-bet). Shular orasida uning oʻgʻli Mir Muhammad Boqir ham bor.

Qozi Nurulloh Shushtariy degan olimning yozishicha, Mir Ali farzandlari va ularning avlodlari Buxoroda, baʼzilari Hindistonda yashagan.

Mir Husayn Kulankiy Buxoriy

Bu ham Ubaydullohxon tarafidan 1533-yilgi shoʻrishlari natijasida Hirotdan Buxoroga majburiy olib kelingan. U Buxoroda Mir Ali qoʻlida tarbiyalangan, fazlu kamol topib, Ubaydullohxonning bir qancha kitoblarini koʻchirgan. Shulardan biri OʻzFA Sharqshunoslik institutida saqlanayotgan “Devoni Ubaydiy” (Ubaydullohxon devonidir, ashyoviy raqami 8931).

Muhammad Amin Buxoriy Halvoiy

Atoqli, nomdor xattot. Otasi Avaz Bad al halvochilik kasbi bilan shugʻullangani uchun, unga “Halvoiy” nisbasi berilgan. Yetgi qalam qoʻlyozma koʻchirgan. Oʻz zamonasida boshqalardan yuqori turgan, xalqqa mashhur koʻp qoʻlyozmalar koʻchirib qoldirgan. Mashhur Mir Ubayd kotib uning shogirdidir.

Mir Ubayd

Laqabi “Luʼlu” (Marvarid). Ustozi Halvoiy uning koʻchirgan kitoblariga ajablanar ekan. U ustozi ravishini oʻzgartirib, eng goʻzal usulda yoza boshladi. Mir Ubaydsan keyin barcha xattotlar uning yoʻlini tanladilar. Halvoiy usuli Buxoroda amaldan qoldi. Biroq bu usul Afgʻoniston va Hindistonda qolgan edi. Movarounnahrda barcha xattotlar Mir Ubaydga taqlid qildilar. 1500-yillarda uchta Mir mashhur edilar: xattotlik bobida — Mir Ubayd, ziynatli lavhalar chekishda Mir Shafiy, ipak qogʻoz yasashda Mir Ibrohim. Bularning har biri oʻz hunarida yagona boʻlgan. Mir Ubaydning Loʻlu laqab olishiga sabab Shayboniylar amiri Ubaydullohxon tomonidan kitobat xizmatiga marvarid ham hadya qilingan. Mir Ubaydni Loʻli va javohirraqam deb ataganlar. U juda koʻp shogirdlar tayyorlagan. 1601-yili vafot etgan.

Sayyid Abdulloh Buxoriy

“Darvish Abdiy” va “Mavlaviy” laqablari bilan shuhrat qozongan xattot. Taʼlim va tarbiyani Mir Imod Husayniydan olib, Istanbulga ketib, Bekkoʻz degan joyda hayot kechirgan. Istanbulga haqiqiy nastaʼliq xatida badiiy koʻchirishni shu xattot keltirgan. Istanbuldan qaytishda ustozi Mir Imodni koʻrish orzusida Isfahonda toʻxtaydi. U yerda ustozining vafot etganini eshitadi, uyiga borib, qarindoshlaridan ahvol soʻraydi. Keyin Buxoroga qaytadi. Sayyid Abdulloh Bek koʻzda turgan vaqglarida Muhammad podshoh buyrugʻi bilan “Shohnoma”ni koʻchirgan. Uning xarajatlari (six, surx, qogʻoz, oltin hal berish, miniatyura va jadvallash, ziynat berish va boshqalar) oʻn sakkiz kissa aqchaga yetib, muqova qilingach, kitobat xatnomasi uchun ming oltin hadya berildi. Abdullohsa haj qilish niyati boʻlgani uchun, unga Misr xazinasidan 40 pora kundalik maosh tayinlandi, shahar va qishloqlarda hurmatini saqdash uchun buyruq va maktublar yuborildi. Sayyid Abdulloh Buxoriy oxirgi umrini Hijozda oʻtkazib, 1647-yil vafot etgan.

Hoji Yodgor

Buxoro xoni Abdulazizxon davrining (XVII asr) xattoti. Nastaʼliqsa zamonida tengi yoʻq boʻlgan. U Buxoroda javohirraqam kotiblardan boʻlib, “Zarrin qalam” nomini olgan Mirhusayn Kashmiriyning shogirdi boʻlgan. Koʻproq qita yozish bilan shugʻullangan. Uni ikkinchi Mir Ali deb ham ataganlar. Xon Abdulaziz unga Hofiz Sheroziyning devonini koʻchirishni buyurgan. Bir kun xon: “Ey hoji, bu kitobdan bir kunda qancha koʻchirasiz?” deb soʻraganda, “Harakat qilsam, bir ikki bayt koʻchiraman”, deb javob bergan va shu baytni oʻqigan ekan:

Hoki mashriqi shanidamki, kunand,

Ba chihil sol kosai chiniy.

Chand roʻze kunand dar Bagʻdod,

Lo jurmi qiymatash hame pursi.

(Eshitishimcha, sharq tuprogʻini qirq yillab ishlash bilan chinni kosa yasar ekanlar.

Bagʻdodsa esa bir necha kunda tayyorlaydilar, shuning uchun ham uning bahosi soʻraganingchadir).

Xon: “Men sizni kitobatga buyurdim, bir kunda ikki bayt koʻchirilsa, bunda qanchalik goʻzal latofat bor ekanligi maʼlumdir. Endi agar hafsala qilsangiz, ikki bayt emas, bir misra koʻchirsalar ham mayli”, degan ekan.

Hoji Yodgor Hofiz devonini yetti yilda koʻchirgan ekan. Buxoro xoni Abdulazizxon Eron shohi Sulaymonga (1666—1694) koʻpgina qimmatli narsalar bilan bu devonni ham yuborgan ekan. Shoh Hofiz devonini koʻrib: “Bir necha mamlakat tuhfasiga teng bu xazinani menga yuboribdilar”, degan ekan.

Fozil Devona

Buxoroda Mozori Sharif darvozasining tashqarisi “Gulzor”da qalandarona hayot kechirgan, forsiy kitoblarni koʻchirgan kuchli xatgotlardan. Koʻpincha Mirzo Bedil asarlarini koʻchirish bilan shugʻullangan. 1803- yillarda bir savdogar Hindistondan Buxoroga kelgan va oʻzi bilan Bedilning bir dastxat (avtograf) asarlarini olib kelgan. Butun Buxoroda Bedilning “Uz qoʻli bilan yozgan qoʻlyozmasi bir savdogar qoʻlida emish” degan xabar tarqaladi. Amir kitobni koʻrish va mulkiga aylantirish havasiga tushadi. Lekin har qancha qimmat baho bersa ham, savdogar koʻnmaydi. Keyin shu nusxadan koʻchirtirib olmoqchi boʻldi. Savdogardan Buxoroda qancha turishini soʻradilar, u bir oy turishini aytdi, uni 40 kun turishiga majbur qildilar. Amir jarchilari: “Qaysi kotib shu nusxadan 40 kunda koʻchirib bersa, ming tillo pul, yana qoʻshimcha inʼom va hadyalar beriladi” deb shahar va qishloqlarda xabar tarqatadilar. Bu katta ishni oz muddatda bajarish qiyinligi uchun xattotlardan sado chiqmadi. Birdan Fozil Devona paydo boʻlib, bu ishni bajarishni zimmasiga olib, shartlarni bajardi. Tengdoshlari uni devonaga chiqardilar.

Fozil Devona “Gulzorga” borib, hujrasining eshigini yopib, kitobatga kirishdi. U koʻrsatilgan muddat ichida ikki nusxa koʻchirgan—birini amir uchun, ikkinchisini oʻzi uchun. U nusxalarning har biri ikki varaqli qogʻozga koʻchirilgan boʻlib, taxminan 500 juzʼga yaqin boʻlar edi.

Amir iltifot qilib, bir ming oltin, bosh-oyoq kiyimliklar, turli hadyalar bergan ekan. Fozil Devona u pullarga suv labida bir bino qurgan ekan. Hozir xarobaga aylangan.

Mirzo Abdulvaxhob

Labihovuzlik, kotiblar boshligʻi boʻlgan. Arabiy va forsiy qoʻlyozmalarni nihoyatda chiroyli koʻchirgan. Xaggi shikasta bilan “Masnaviyi nozim” va boshqalarni koʻchirgan. Koʻchirgan qoʻlyozmalarining koʻp joylariga foydali tahlillar va ilovalar yozib qoʻygan. U 100 ga yaqin qoʻlyozma koʻchirgan. 1860—1870-yillarda Kitob shahrida vafot etgan.

Ahmad Donish

Yuqorida maʼlumot berganimiz mashhur mutafakkir, yozuvchi, shoir, astronom va ajoyib xattot, lavvoh ham muzahhib (zarhal beruvchi) boʻlgan. Koʻchirgan qoʻlyozmalariga oʻzi zarhal berib, sarlavhalar, miniatyuralar ishlagan.

Toʻqqiz yoshida maktabga kiradi, uch yildan soʻng otasi uni madrasaga berdi. U ahvolini tuzatish uchun qoʻlyozmalar koʻchirish bilan shugʻullanadi. Bir oyda 24 juzʼdan 30 juzʼagacha (bir juzʼ 16 betdan 24 betgacha)

hajmli Bedil devonini koʻchirib, uni 20 tangadan 30 tangagacha sotar ekan. Kitobat pulining koʻprogʻini ehtiyoji uchun, bir ozini tiriklik uchun sarflar ekan.

Koʻchirgan qoʻlyozma va qitalariga nastaʼliq xati bilan yirik qalamda “Ahmad al-kotib, al-musavvir, al-muhandis, al-munajjim, al-Hanafiy al-Buxoriy” deb, oʻz asarlariga esa “Ahmad al-kotib, al-Buxoriy al-Hanafiy” va “Roqimuhu Ahmad ibn Nosir siddiq al-Hanafiy Buxoriy” deb turlicha imzolar chekkan. 1857-yil Bu¬xoro amiri Ahmad donishni Rusiyaga yuboriladigan vakillarga mirzo qilib Peterburgga yuboradi, 1869-yili yana mirzo qilib Rusiyaga yuboriladi. Podshoh Aleksandr II uning oʻgʻli va boshqa amaldorlar bilan suhbatlashadi. Ahmad Donish 1873—1874-yillari uchinchi marta rus podshosi qizi Mariyaning toʻyida qatnashish uchun Peter-burgga boradi (Delegatsiya 1873-yil dekabrida joʻnab, 1874-yil may oyida qaytib kelgan).

Ahmad Donish Rusiyada koʻrgan bilganlarini “Nodir voqealar” va “Buxoro amirlarining tarjimayi hollari” asarlarida bayon etgan.

Muhammad Sharif Sadr Ziyo

Sharif nomi bilan shuhrat qozonib, taxallusi Ziyo boʻlgan. U qozi Abdushukurning oʻgʻli, shoir musiqashunos va nomdor xattotlardan biridir. 1921-yil Buxoroda uchta eng yirik shaxsiy kutubxona boʻlgani aniqlangan: biri Burhonuddin Sadr qozi kalon kutubxonasi; ikkinchisi Sidsiqxon Xishmat kutubxonasi; uchinchisi Muhammad Sharif Ziyo kutubxonasidir. S.Ayniy “Esdalilari”da: “Sharifxon Maxdumning kutubxonasi Buxorodagi eng yaxshi va boy shaxsiy kutubxonalarning biridir”,- deb yozgan.

Muhammad Sharif til, adabiyot, sheʼriyat, tarix, xattotlik, geografiya, hisob, fasohat, tahrir, insho kabi fanlarni ham yaxshi egallagan. U XIX asr oxiri va asr boshlarida Buxoroda yashagan yetuk ilm va maʼrifat kishilaridan boʻlib, fan va madaniyat manfaati uchun xizmat qilgan. Ziyo 1900-yil oʻzining sheʼr bilan yozilgan “Tazkirai ashyor” tazkirasini yozib tugatgan. U qoʻlyozma kitoblarni nihoyatda sevgan, qimmatli, nodir, mashhur kotiblar koʻchirgan qoʻlyozmalarni pulni ayamay sotib ola bergan. Bu haqda oʻzi shunday yozgan. «Har qachon birovning qoʻlida yaxshi qoʻlyozma koʻrsam yoki qayerda nodir nusxa borligini eshitsam, imkon boricha qanday boʻlmasin uni sotib olishga harakat qilardim. Agar sotishga unamasa, vositachilik bilan ham qoʻlga kiritardim .

Muhammad Sharif kutubxonasi qoʻlyozmalaridan 300 ga yaqini hozir OʻzFA Sharqshunoslik instituti qoʻlyozmalar xazinasida, bir qismi Tojikiston FA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqsa. Ularning bir nechasi nodir kitoblardir. Masalan, Oʻrta Osiyo tarixidan qimmatbaho manba boʻlmish hofiz Tanish ibn Mir Muhammad Buxoriyning “Sharafnomai shohiy” yoki “Abdullanoma” asari qoʻlyozmasi, Abu Ali ibn Sinoning “Majmuai risolai hukamo”, Abdurahmon Jomiyning bezaklar bilan ajoyib badiiy koʻchirilgan, “Haft avrang”, Alisher Navoiyga kelgan maktublar toʻplami “Majmuai murosaloti Navoiy” yoki “Navoiy albomi” asarlarining qoʻlyozmalari. Ulugʻbekning “Ziji Ulugbek” asarining, Xusrav Dehlaviyning Hofiz Sheroziy koʻchir¬gan “Xamsa”si qoʻlyozma nusxalari kabilar.

Roxat Mamadshoyeva

Mir Arab Oliy madrasasi 4-bosqich talabasi

. .