“VAQF” XAYRIYA JAMOAT FONDI RAISI VAZIFASINI BAJARUVCHI TAYINLANDI
Muallif: . .
Sana: 18.01.2023
280

Bugun, 18-yanvar kuni Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi “Vaqf” xayriya jamoat fondi Vasiylik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda tashkiliy masala koʻrildi, Toshkent shahridagi “Boʻta buva” jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Mirsodiqov “Vaqf” xayriya jamoat fondi raisi vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin domla hazratlari “Vaqf” fondi haqiqiy nomiga munosib faoliyat olib borishi, diniy soha xodimlarini qoʻllab-quvvatlashi, ijtimoiy loyihalarni keng jabhada amalga oshirishi va xayriya ishlarini uyushtirishini alohida taʼkidladilar.

Maʼlumot oʻrnida, Ziyovuddin domla Mirsodiqov koʻp yillardan buyon diniy sohada faoliyat olib borgan. U Toshkent viloyatidagi “Tursunmat qori”, “Eski Toshkent”, Andijon viloyatidagi “Jiddai Muborak”, Toshkent shahridagi “Yunusobod-Oq tepa” kabi jome masjidlarda imom-xatib vazifalarida ishlagan. Shuningdek, “Sayyid Muhyiddin Maxdum” va “Koʻkaldosh” madrasalari mudiri vazifalarida mehnat qilgan.

Ziyovuddin domla Mirsodiqovning kelgusidagi sharafli va masʼuliyatli ishlariga Alloh taolodan muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

. .