OLIY MADRASANING ILK QALDIRG’OCHLARIGA YUTUQLAR MUBORAK!
Muallif: . .
Sana: 16.09.2021
751

Inson bir niholni asrab, parvarishlab katta daraxt holiga keltirsa, kun kelib, o’sha daraxt meva bera boshlasa, o’zi yetishtirgan ushbu niholning mevasidanda totli narsa bo’lmaydi.

Bizning ham bugun quvochimiz cheksiz! Sababi Mir Arab oliy madrasasi ilk qaldirg’ochlarining bir nechasi yurtimizning turli nufuzli universitetlarining magistratura bosqichiga qabul imtihonlarida ishtirok etib, faxrli o’rinlarda qabul qilindilar.

Bitiruvchilarimiz erishgan natijalar:



1) Rizayev G’ayratjon davlat granti asosida 1-o’rinda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (arab tili) yo’nalishiga;

2) Nabijonov Muhammadmuso davlat granti asosida 1-o’rinda Buxoro davlat universitetining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (o’zbek tili) yo’nalishiga;

3) Odinayev Mahmud davlat granti asosida 2-o’rinda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (fors tili) yo’nalishiga;

4) Raximov Xolmurod davlat granti asosida 2-o’rinda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (arab tili) yo’nalishiga;

5) Avloqulov Husniddin davlat granti asosida 2-o’rinda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasining “Islomshunoslik” yo’nalishiga;

6) Abdullayev Abdulhamid to’lov-kantrakt asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (arab tili) yo’nalishiga;

7) Abdullayev Aliakbar to’lov-kantrakt asosida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetinining “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” (arab tili) yo’nalishiga;

8) Nabiyev Ibrohimjon to’lov-kantrakt asosida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasining “Islomshunoslik” yo’nalishiga;

9) Qosimov Sirojiddin to’lov-kantrakt asosida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasining “Islomshunoslik” yo’nalishiga o’qishga qabul qilindilar.

Yanada quvonarlisi shundaki, nafaqat talabalarimiz, balki, Mir Arab oliy madrasasining quyidagi o’qituvchilari ham magistraturaga faxrli o’rinlarda qabul qilindilar:

1) Temirov Ibrohimjon domla davlat granti asosida 3-o’rinda O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasining “Islomshunoslik” yo’nalishiga;

2) Mahmudov Asrorxon domla to’lov-kantrakt asosida O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistraturasining “Islomshunoslik” yo’nalishiga o’qishga qabul qilindilar.

Barcha magistrant bo’lgan ustoz va talabalarimizga kelajakda ulkan muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

Yuksak orzu-umidlar ila Prezidentimiz tashabbuslari bilan tashkil etilgan Oliy madrasaga yutuqlar muborak!

MUHAMMAD YUNUS MUHAMMAD MUSO O’G’LI

Mir Arab oliy madrasasi xodimi

. .