Islomdan emas
Muallif: . .
Sana: 09.03.2018
1877

Insonlarning aybi bo'lgan narsani islomga va musululmonlarga isnod qilinishi eng katta xatarlardan biridir. Islomdan xabari bo'lmaganlar islom shu bo'lsa kerak , degan noto'g'ri xulosaga borishi, musulmonlardan nafratlanishi ana shu targ'ibotning islom dushmanlari kutgan "samarasi"dir. Bugun umuminsoniy qadryiatlarni toptayotganlar, adolatni barbod qilayotganlar, or-nomusni toptayotganlar va islom shiorlarini yomonotliq qilayotganlar o'zlarini chin musulmon atab va qilayotgan qotilliklari-yu xunrezliklarini islom nomi bilan niqoblab ko'ngli tusagan ishni qilmoqda.

Botil ahllarning o'zlari-yu so'zlari va amallari islomdan emas. Buni islom ummati yaxshi biladi. Hatto musulmon bo'lmaganlar ham bularni kuzatib , bunday kimsalar islomdan emasligini ma'lum qilmoqda. Fransiyalik jurnalist yashirincha IsHID tarkibiga kirib, ularning qiladigan ishlarini kuzatdi va bu haqda shunday xulosa bildirdi:

“Menda eng katta taassurot qoldirgan jihat shu bo'ldiki, ularning xatti-harakatlarida hech qanday Islom dini belgilari ko'rinmasdi. Ularda yaxshilik qilishga intilish, dunyoni yaxshi tomonga o'zgartirish istagi yo'q edi. Shunchaki yo'ldan adashgan, g'amgin, umidsiz, o'zligini yo'qotgan, o'zini o'ldirishga moyil, oson boshqariladigan sarosimadagi yosh yigitlar”.

Ha, Islom bu emas. Musulmon ham bunday bo'lmaydi. Islom bunga buyurmaydi.

Mir Arab Oliy madrasasi 1-bosqich talabasi Solixov Dilshod tayyorladi

. .