9-AVGUST KUNI 5-HUDUD (BUXORO VILOYATI)NI TANLAGAN ABITURIYENTLAR UCHUN KIRISH TEST SINOVLARI BO‘LIB O‘TADI!
Muallif: . .
Sana: 08.08.2026
14
O'zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o'rta maxsus diniy ta'lim muassasalariga kirish test sinovlari oxirgi hududi (Buxoro viloyati) bo'yicha joriy yil 9-avgust kuni Buxoro viloyati, Buxoro shahridagi Mir Arab oliy madrasasi binosida tashkil etilmoqda.
Abituriyent test sinovlariga shaxsini tasdiqlovchi hujjat - pasporti yoki ID kartasi hamda imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi.Mazkur hujjatlardan biri bo‘lmagan taqdirda hamda oʻz vaqtida kelmagan abituriyent test sinovlariga kiritilmaydi.
Diqqat! Abituriyentlardan imtihon ruxsatnomasida ko‘rsatilgan vaqtdan 30 daqiqa oldin imtihon hududiga yetib kelishlari so‘raladi.
OGOHLANTIRISH!
Hurmatli abituriyentlar!
Test davomida mobil telefon, aqlli soat, quloqchin, kalkulyator, lug‘at, kitob, shpargalka hamda har qanday elektron va xotira qurilmalaridan foydalanish taqiqlanadi va bu imtihondan chetlatishga asos bo‘ladi.
Boshqalardan ko‘chirish, yordam berish, suhbatlashish, xalaqit berish yoki imtihon platformasida boshqa abituriyentning kabinetiga kirishga urinish qat’iyan man etiladi va bu ham imtihondan chetlatishga asos bo‘ladi.
????JOYLASHUV: Buxoro vil. Buxoro shahri Abu Hafs Kabir ko'chasi 3-uy
???? Murojaat uchun: +998997080440
. .
Eng ko'p o'qilgan Abiturientlar uchun
Абитуриентлар учун
3519
