Ota-ona inson muvaffaqiyati omili
Muallif: . .
Sana: 15.01.2026
99

Ba’zan ijtimoiy tarmoqlarda farzand ulg‘aygandan keyin alohida yashashi, ota-ona qariganda o‘zini eplashi, bolalarga yedirib ichirganini minnat qilmasligi kerak degan g‘arbona g‘oyalar tarqalayotganini kuzatamiz. Aslida esa, aksincha ularga mehribonlik qilish ikki dunyosing ravnaq topishiga sabab bo‘ladi. Insoniylik jihatdan qaralsa ham farzand tug‘ilgungacha va dunyoga kelganidan kuchga to‘lgunga qadar ota-ona qancha mashaqqatni ko‘taradi.

Shuning uchunota-ona insonning dunyodagi eng bebaho ne’matlaridan. Ular farzand uchun hayot yo‘lini ko‘rsatadi, tarbiya beradi. Shu sababli ham islomda, ham milliy qadiryatlarimizda ota-onaga hurmat qilish, ularga yaxshilik qilish eng ulug‘ amallardan biri sanaladi. Alloh taolo Qur’oni karimning ko‘p joylarida ota onaga yaxshilik qilishga buyuradi. Masalan, Isro surasining 23-oyatida “Robbingiz, uning o‘zigagina ibodat qilishlaringizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi” deb marhamat qilgan. Bu oyatda Alloh ibodatdan keyingina zudlik bilan ota-ona haqini zikr qilganiularning martabasi naqadar ulug‘ ekanini ko‘rsatadi. Bizga barcha ishlarda yo‘lboshchi va o‘rnak bo‘lgan payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam juda ko‘p hadislarda ota-onaga yaxshilik bayon qilib berganlar.

بَهْزُ بْنُ حَكِيمٍ، قَالَ: حَدَّثَنِي أَبِي ، عَنْ جَدِّي قَالَ: «قُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ مَنْ أَبَرُّ؟ قَالَ: أُمَّكَ. قَالَ: قُلْتُ: ثُمَّ مَنْ؟» قَالَ: أُمَّكَ. قَالَ: قُلْتُ: ثُمَّ مَنْ؟ قَالَ: أُمَّكَ. قَالَ: قُلْتُ: ثُمَّ مَنْ؟ قَالَ: ثُمَّ أَبَاكَ، ثُمَّ الْأَقْرَبَ فَالْأَقْرَبَ

Bahz ibn Hakim otasidan u bobosidan rivoyat qilingan hadisda, aytadilar. Men Rasululloh sollollohu alayhi vasallamdan kimga yaxshilik qilayindeb so‘radim. Rasululloh sollollohu alayhi vasallam: Onanga yaxshilik qilgin dedilar, so‘ngra kimga yaxshilik qilayin deganimda onanga dedilar, so‘ngra kimga yaxshilik qilayin desamuchinchi marotaba ham onanga deb javob berdilar. To‘rtinchi marotaba kimga yaxshilik qilayin deganimda, otanga dedilar. so‘ngra boshqa yaqin yaqinlaringa deb aytdilar.

Ulamolar aytadi uch marotaba ham onanga yaxshilik qilgin deganlarining sababiuchta holat borki, ularda onaning o‘zigina mashaqqatini ko‘taradi. U holatlar, ona to‘qqiz oy qornida ko‘tarib yurishi, undan keyin tug‘ish mashaqqatini ko‘tarishi, oxirgisi esa, bolani emizish mashaqqatini ko‘tarish. Manashu uchta holatda ota sherik bo‘lmaydi, yolg‘iz onagina bu mashaqqatlarni tortadi. Shuning uchun uch marotabada ham Rosululloh sollollohu alayhi vassalam onanga yaxshilik qilgin deb aytyapdilar. So‘ngra otanga deb javob berdilar.

Shuningdek, ulamolar ehson, yaxshilik qilishda ona otadan ko‘ra muqaddam turadi. Lekin hurmat borasida bo‘lsa onadan ko‘ra ota haqliroq hisoblanadi deydilar. Hadisda Rosululloh sollolohu alayhi vasallam qolgan yaqin yaqinlaringa deganlari, aka -ukalar so‘ngraamaki ammalar, tog‘a holalar, undan keyin ularning farzandlari, so‘ngra qo‘shnilar va boshqa yaqinlar kiradi .

عَنِ ابْنِ مَسْعُودٍ، قَالَ: «سَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم فَقُلْتُ: يَا رَسُولَ اللهِ أَيُّ الْأَعْمَالِ أَفْضَلُ؟ قَالَ: الصَّلَاةُ لِمِيقَاتِهَا». قُلْتُ: ثُمَّ مَاذَا يَا رَسُولَ اللهِ؟ قَالَ: بِرُّ الْوَالِدَيْنِ.

Ibni Ma’sud roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiu kishi aytadilar. Men Rosululloh sollollohu alayhi vasalamdan qaysi amal afzal deb so‘radim. Shunda Rosululloh sollolohu alayhi vasallam:“Eng yaxshi amal o‘z vaqtida o‘qilgan namoz dedilar, ba’zi hadislarda esa avvalgi vaqtida o‘qilgan namoz deganlar. Yana qaysi amal afzal deb so‘radim. Rosululloh sollolohu alayhi vasallam ota-onaga yaxshilik qilmog‘ing” dedilar. E’tibor beradigan bo‘lsak Rasululloh sollollohu alayhi vasallam dinning ustuni va eng afzal ibodat bo‘lgan namozdan keyin ota-onaga yaxshilik qilishni zikr qilyapdilar. Bu ham ota-onaning xizmatini qilish qanchalik muhim ekanligini bildiradi. Yaxshikil qilish degani qisqacha qilib aytganda, ular bilan muloyim va chiroyli muomalada bo‘lish, keksayganda g‘amxo‘rlik qilish, ehtiyojlarini qondirish, qattiq gapirmaslik, duolarida ularni eslash, hayot bo‘lmasa ularning yaqinlari va do‘stlariga ham e’tibor ko‘rsatishlar kiradi.

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عَمْرٍو عَنِ النَّبِيِّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: رِضَى الرَّبِّ فِي رِضَى الْوَالِدِ

Abdulloh ibn amr roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rosululloh sollolohu alayhi vasallam aytilar.“Robning roziligi otaning roziligidadir”. Ulamolar aytadi, bu joyda ota zikr qilinayotgan bo‘lsa ham ona ham buning ichiga kiradi. Ya’ni ota -onaning roziligiAllohning roziligidir va Robning g‘azabi bo‘lsa ota-onaning g‘azabidadir deganlar. Buning sababi Alloh taolo ota-onaga itoat etishga Qur’oni karimda buyurgan. Shunday ekan ota-onaga itoat etib, ularning roziligini topsa o‘z-o‘zidan Allohning aytganini qilgan bo‘ladi hamda roziligini ham topadi. Aksincha ularga itoatsizlik qilib g‘azabini keltiradigan bo‘lsa, Allohning ham g‘azabini keltirgan bo‘ladi.

عَنْ عَبْدِ الرَّحْمَنِ بْنِ أَبِي بَكْرَةَ، عَنْ أَبِيهِ قَالَ قَالَ رَسُولُ اللهِ صلى الله عليه وسلم: «أَلَا أُحَدِّثُكُمْ بِأَكْبَرِ الْكَبَائِرِ؟ قَالُوا: بَلَى يَا رَسُولَ اللهِ، قَالَ: الْإِشْرَاكُ بِاللهِ،» وَعُقُوقُ الْوَالِدَيْنِ.

Rosululloh sollollohu alayhi vasallam aytdilar: “Men sizlarga eng katta gunohlarning xabarini beraymi” dedilar. Sahobalar albatta ya Rasulolloh dedilar. Shunda payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam: “Eng katta gunohlardan Allohga shirk keltirish va ota-onaga oq bo‘lish” dedilar. Ya’ni oq bo‘lish degani xoh so‘z bilan bo‘lsin, xoh biror amal bilan bo‘lsin ota -onaga aziyat berish degan ma’nodadir. Qolaversa, eng katta gunohlardan Allohga shirk keltirish deb ikkinchisi ota-onaga oq bo‘lish ya’niaziyat berishni zikr qilyapdilar.

Aslida ota-onaga qilgan yaxshilikfarzandning o‘ziga qaytadi. Chunki: Ularni duo qilsa, xizmatini qilsa o‘ziga baraka, rizq keladi. Ularning farzandiga qilgan duosi hamhayotda ham oxiratdab muvaffaqiyat keltiradi.Qolaversa o‘z farzandi ham kelajakda unga xuddi shunday muomala qiladi. Alloh taolo barchamizga o‘zini haqqini va bandalarini haqqini ado etishga tavfiq bersin.

Ibrohimjon Temirov
Mir Arab oliy madrasasi
o'qituvchisi

. .