
Olamlar Robbisi mehribon va rahimli Alloh taologa o’zining qudrati barobar hamdu sanolar bo’lsin. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga biz tamonimizdan salovot va salomlar bo‘lsin. Uning ahli (oila a’zolari) va sahobalariga ham.
Payg‘ambarimiz Rosuli akram sollallohu alayhi vasallam Jabroil hadisi orqali islom va iymon tushunchalari o‘rtasini farqlaganlar. Umar ibn Xattob roziyallohu anhu dedilar:
عن عمر بن الخطاب رضي الله عنه قال:
بينما نحن جلوس عند رسول الله ﷺ ذات يوم، إذ طلع علينا رجل شديد بياض الثياب، شديد سواد الشعر، لا يُرى عليه أثر السفر، ولا يعرفه منا أحد، حتى جلس إلى النبي ﷺ، فأسند ركبتيه إلى ركبتيه، ووضع كفيه على فخذيه، وقال: يا محمد، أخبرني عن الإسلام.
فقال رسول الله ﷺ:
«الإسلام أن تشهد أن لا إله إلا الله، وأن محمدًا رسول الله، وتُقيم الصلاة، وتُؤتي الزكاة، وتصوم رمضان، وتحج البيت إن استطعت إليه سبيلًا».
قال: صدقت.
فعجبنا له يسأله ويصدقه!
قال: فأخبرني عن الإيمان.
قال ﷺ:
.«أن تؤمن بالله، وملائكته، وكتبه، ورسله، واليوم الآخر، وتؤمن بالقدر خيره وشره»
قال: صدقت.
قال: فأخبرني عن الإحسان.
قال ﷺ:
.«أن تعبد الله كأنك تراه، فإن لم تكن تراه فإنه يراك»
قال: فأخبرني عن الساعة.
قال ﷺ:
.«ما المسؤول عنها بأعلم من السائل»
قال: فأخبرني عن أماراتها.
قال ﷺ:
.«أن تلد الأمة ربتها، وأن ترى الحفاة العراة العالة رعاء الشاء يتطاولون في البنيان»
ثم انطلق، فلبثت مليًا، ثم قال ﷺ:
«يا عمر، أتدري من السائل؟»
قلت: الله ورسوله أعلم.
قال ﷺ:
.«فإنه جبريل أتاكم يعلمكم دينكم»
Bir kuni biz Rasululloh ﷺ huzurlarida o‘tirgan edik, shu payt bizga bir kishi keldi. Uning kiyimlari oppoq, sochlari qop-qora edi. Unda safardan kelgan kishining alomatlari ko‘rinmasdi va bizdan hech kim uni tanimasdi. U kelib, Payg‘ambar ﷺ oldilariga o‘tirdi, tizzalarini Payg‘ambar ﷺ tizzalariga yaqin olib bordi va kaftlarini o‘zining oyoqlari ustiga qo‘ydi-da, shunday dedi:
— Ey Muhammad, menga Islom haqida ayting.
Rasululloh ﷺ dedilar:
— Islom shuki: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q, Muhammad Uning rasuli” deb shahodat berishing, namozni ado qilishing, zakot berishing, Ramazon oyida ro‘za tutishing va agar yo‘lga qodir bo’lsang, Baytullohni haj qilishingdir.
U kishi dedi:
— To‘g‘ri aytding.
Biz esa bunga hayron bo‘ldik — o‘zi savol berayapti, o‘zi to‘g‘riligini tasdiqlayapti!
Keyin u so‘radi:
— Iymon haqida ayting.
Payg‘ambar ﷺ dedilar:
— Iymon — Allohga, Uning farishtalariga, kitoblariga, payg‘ambarlariga, oxirat kuniga va taqdirga — yaxshisi-yomoniga iymon keltirishdir.
U yana:
— To‘g‘ri aytding, — dedi.
So‘ngra so‘radi:
— Ihson (ya’ni, eng go‘zal ibodat) haqida ayting.
Rasululloh ﷺ dedilar:
— Ihson shuki: Sen Allohga Uni ko‘rib turgandek ibodat qilgin. Agar sen Uni ko‘rmasang ham, U seni ko‘rib turibdi.
U yana so‘radi:
— Qiyomat haqida ayting.
Rasululloh ﷺ dedilar:
— Bu masalada so‘ralayotgan (ya’ni men) so‘rovchidan ko‘ra ko‘proq bilmaydi.
U so‘radi:
— Uning alomatlari haqida ayting.
Rasululloh ﷺ dedilar:
— (Qiyomatning alomatlaridan biri shuki:) cho‘ri o‘zining egasini tug‘adi; yalangoyoq, yechim, faqir qo‘y boqib yuradigan odamlar baland binolar qurishda bir-birlari bilan bellashishadi.
So‘ng u kishi ketdi. Men (ya’ni Umar ibn Xattob r.a.) bir muddat joyimda qoldim.
Keyin Rasululloh ﷺ aytdilar:
— Ey Umar, savol bergan kishining kimligini bilasanmi?
Men dedim:
— Alloh va Uning Rasuli yaxshiroq biladilar.
Shunda Rasululloh ﷺ dedilar:
— U — Jibril edi. Sizlarga dindingizni o‘rgatgani kelgan edi.
Bu hadisni Imom Muslim rivoyat qilgan.
Shunday qilib, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam dinni uch darajaga bo‘lganlar: eng yuqori darajasi — ihson, undan keyingisi — iymon, undan pastrog‘i — Islom.
Ba'zi ulamolar Islomni so‘z (kalima), iymonni esa amal deb izohlashgan. Boshqa ulamolar esa bu ikki tushunchani bir narsa deb hisoblashgan.
Imom Navaviy shunday degan: Xattobiy aytgan: "To‘g‘ri fikr shuki, bu masalada gapni mutlaq aytmaslik, balki tafsilot bilan cheklash kerak. Chunki musulmon kishi ba'zida mo‘min bo‘lishi mumkin, ba'zida bo‘lmasligi mumkin. Ammo mo‘min har doim musulmondir. Har bir mo‘min — musulmondir, lekin har bir musulmon — mo‘min bo‘lavermaydi.
Iymonning asosi — tasdiqlash, Islomning asosi esa — bo‘ysunish va taslim bo‘lishdir.
Inson ba’zida tashqi tomondan bo‘ysunadi, ammo ichki tomondan bo‘ysunmagan bo‘ladi. Yoki ichki tomondan chin iymonli bo‘lib, lekin tashqi jihatdan bo‘ysunmaydi."
Bag‘aviy aytadi: "Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam Islomni — amallar ko‘rinishidagi narsa deb ataganlar, iymonni esa — ichki e’tiqodga nisbatan ishlatganlar. Bu esa, amallar iymondan emas, qalbdagi tasdiq Islomdan emas degani emas. Aksincha, bu tafsilot bo‘lib, bu ikkisi aslida bir butun bo‘lib, ularning jamlanmasi dindir.
Tasdiq (iymon) va amal (Islom) har ikkisi ham 'Islom' va 'iymon' degan nomlar bilan ataladi. Bunga Alloh taoloning quyidagi oyati dalildir: ﴿إِنَّ الدِّينَ عِندَ اللَّهِ الْإِسْلَامُ﴾
"Albatta, Alloh huzuridagi din — bu Islomdir" (Oli Imron: 19),
﴿وَمَن يَبْتَغِ غَيْرَ الْإِسْلَامِ دِينًا فَلَن يُقْبَلَ مِنْهُ﴾
“Kimki Islomdan boshqa bir din izlaydigan bo‘lsa, undan aslo qabul qilinmaydi”.(OliImron:85).
Alloh taolo o‘z bandalaridan faqat Islomni din sifatida qabul qiladi. Ammo bu din, ya’ni Islom, faqatgina tasdiq (iymon) bilan amal birgalikda bo‘lsa, qabul qilinadi."
Shunga ko‘ra, Islom birinchi bo‘ladi, undan so‘ng esa u bilan birga iymon bo‘lishi kerakki, u din Alloh huzurida qabul qilinadigan bo‘lsin.
Ibn Kasir aytadi: "Islom — undan keyin ko‘tariladigan bir darajadir, bu daraja — iymondir."
Abdulatif Baxtiyorjon o'g'li,
Mir Arab oliy madrasasi o'qituvchisi
Eng ko'p o'qilgan Mudarris minbari
