BADR G‘AZOTI
Muallif: . .
Sana: 11.11.2024
316

Islom tarixini o‘rganish boshqa ilmlar singari muhim hisoblanadi. Nega deganda bizlarga bu pok dinimizni Nabiyimiz sollollohu alayhi vasallamdan to bizgacha yetib kelishini o'rganib chiqadigan bo‘lsak bizlarga nechog‘lik ulug‘ ne’mat ato qilinganiga yana bir bor amin bo‘lamiz. Ma’lumki Islom dini bizga qadar osonlikcha yetib kelmagan. Bu yo‘lda avvalo habibimiz sallollohu alayhi vasallam tengsiz matonat, sabr , g‘ayrat , shijoat hamda go‘zal xulqlari bilan yo‘lboshchilik qilganlar. So‘ngra U zotga sahobai kiromlar bu urushda jonlari va mollarini bilan yordamchi bo‘ldilar. Islom tarixidagi Badr g‘azoti muhim hodisalardan biri hisoblanadi. Badr to‘lin oy degan ma’noni anglatadi bu joy Madinai Munavvaradan 150 kilometr janubda, Makkai Mukarramadan 300-330 kilometr uzoqlikda joylashgan. Qadimda Makkadan Shomga boradigan karvon to‘xtab o‘tadigan joy bo‘lgan Makka mushriklari payg‘ambarimiz boshliq Muhojirlarni o‘z yurtlaridan hijrat qilishga majbur qilib quvib mollarini tortib olganlar. Payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam Hijriy ikkinchi sanada mo‘min musulmonlarning molini qaytarib olish niyatida Makkadan Shomga yo‘lga chiqqan Abu sufyon boshliq karvonni tutib mol mulklarini qaytarib olmoqchi bo‘lganlar. Lekin ular Badrga kirib ketib bo‘lgan edilar. Biroq karvon qaytishda yana badrga to‘xtab o‘tishi xabari keldi. Shunda Rasulimiz sollallohu alayhi vasallam hijriy ikkinchi sanasi ramazon oyining o‘n ikkinchi kunida Madinai Munavvaradan Badr tomon yo‘lga tushdilar. U zot bilan 300 dan ziyod sahobalar bor edi. Ularning aksar qismini Ansorlar tashkil qilar edi. Zul O‘sayra degan joyga kelishganda u zot o‘zlari bilan bo‘lgan kishilarni saraladilar, Baro ibn Ozib va Abdulloh ibn Umar kabi voyaga yetmagan sahobai roziyollohu anhumolarni ortga qaytarib yubordilar. Ulardan anashu yetmishda tuyani uch kishi, uch kishi bo‘lib almashlab minib kelganlari rivoyat qilingan. Madinadan chiqqan qo‘shin haqida Abu Sufyon xabar topadi, so‘ngra karvonni sohil orqali Badrga tushmasdan to‘g‘ri makka tomon burib yuboradi va Makkaga bu hodisa haqida hamda mol-mulklarini himoya qilib olishlari haqida maktub yo‘llaydi. Natijada Makkada Abu Jahl boshliq 1300 nafar odam to‘planadi. Ularda 200 ta otliq va 100 tuya bor edi. Abu Sufyon karvon Jahfa degan joyga yetganda xavf xatar ortda qolganligi va ortga qaytsangizlar ham bo‘ladi degan mazmunda maktub yozadi biroq Abu jahl ortga qaytishdan bosh tortadi. Uning niyati musulmonlarni butunlay tor mor qilish edi bu ish bilan boshqa arab qabilalariga o‘zining qabilasini kuch qudratini ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Lekin 300 nafar jangchi Abu Jahlning fikriga qo‘shilmaydi va ortga qaytadi. 2 tomon qo‘shini Badrga kelib tushadi

Bugungi kunda “masjidul arish” deb yuritiladigan joyda payg‘ambarimiz sollollohu alayhi vasallam uchun qarorgoh barpo qilinadi, rivoyatlarda u zotni ana shu joyda janda g‘alaba qozonishlari bashorati berilgan bo‘lishiga qaramay bandalikni ifodasi o‘laroq kechasi bilan duoyu tazarru qilib chiqqanlari keladi. Sayyidimiz Makka mushriklari katta tayyorgarlik bilan ko‘p sonli qo‘shin bo‘lib kelganlaridan xabar topgach, sahobalar bilan jang qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida kengash qiladilar. Hazrati Abu Bakr va Umar roziyallohu anhumolar jang qilish fikrini yoqlaydilar ba’zilar u zotning ixtiyoriga topshirdilar. Sa'd ibn Muoz roziyallohu anhu ansorlar nomidan har qanday holda u zotga ergashishlarini va sodiq ekanliklarini bayon qildilar. Jang tongdan boshlandi musulmonlar 313-317 kishi atrofida edi. Mushriklar 1000 atrofida bo‘lgan, lekin bu jangda Alloh taoloning irodasi bilan 5000 farishta musulmonlarga yordamga tushgan natijada mushriklarning ko‘ziga raqib juda ko‘p ko‘ringan. O‘sha davr odatiga muvofiq ikkala tomondan uchtadan muborazaga uchala mushrik ustidan musulmonlarning qo‘li baland keladi. Jangda Muhojirlardan 6 kishi, Ansorlardan 8 kishi shahid bo‘lgan. Shu jangda shahid bo‘lgan 8 ta buyuk zotlarning ismlari hozirgi kunda Badrda yozib qo‘yilgan. Badr g‘azoti haqida Qur’oni karimda “Oli Imron” va “Anfol” suralarida bayon etilgan. Bu jangda mushriklardan 70 kishi halok bo‘lgan. Bu jangdagi g‘alaba eng birinchi va eng muhim g‘alaba hisoblanadi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak bizlarga bu pok din juda ko‘p mashaqqatlar va sa’y harakatlar orqali yetib kelgan. Bizlarga o‘z dinimizni to‘g‘ri va mustahkam o‘rganishimiz lozim hamda o‘zimizdan keyingi avlodlarga qanday olgan bo‘lsak shunday yetkazishimiz kerak bo‘ladi. Juda ko‘p mashaqqatlar va sa’y harakatlar orqali yetib kelgan. Bizlarga o‘z dinimizni to‘g‘ri va mustahkam o‘rganishimiz lozim hamda o‘zimizdan keyingi avlodlarga qanday olgan bo‘lsak shunday yetkazishimiz kerak bo‘ladi.

Abdurahmonov Mustafo,
Mir Arab oliy madrasasi talabasi

. .